Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi
Download 223.44 Kb.
|
KI Javlonbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning vazifalari
- Kurs ishining tarkibi
- I BOB. KAPITAL EKSPORTINING IQTISODIY AXAMIYATI VA SHAKILLARI 1.1. Globallashuv sharoitida kapital eksportining iqtisodiy moxiyati va xususiyatlari
Kurs ishning maqsadi: Global iqtisodiy integratsiya sharoitida davlatlar o’rtasida kapital migratsiyasi oʻziga xos xususiyatlarini va ularning xarakatlarini jahon darajasida oʻrganish. Rivojlangan davlatlar va rivojlanayotgan davlatlarda capital xarakatini ijobiy taraflarini va muammolarini taxlil qilish. Dunyo kapital bozorlarini tadbiq etib, ular haqidagi ma’lumotlarni dunyo va Oʻzbekiston darajasida tadbiq etish.
Kurs ishning vazifalari; Globallashuv sharoitida kapital xarkatini iqtisodiy moxiyatini o’rganish; Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kapital olib chiqish shakillarini tadbiq etish; Global iqtisodiyotda rivojlangan davlatlar kapital resuslari xarakatini va ularni imkoniyatlarini o’rganish; Rivojlanayotgan davlatlar hamda O’zbekiston iqtisodiyotiga kapital resuslari harakati qonun qoidalarini oʻrganib chiqish. Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi 2 ta bob va har bir bob 3 tadan boʻlimdan iborat. Kirish mavzuning dolzarbligini asoslaydi, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilaydi. Birinchi bobda Global iqtisodiyotda capital eksportining axamiyati va shakillari xos xususiyatlari va nazariy asoslari, ikkinchisida esa Kapital olib chiqish imkoniyatlari va muamolari koʻrib chiqiladi. Xulosa qilib, tadqiqot natijalari umumlashtiriladi. I BOB. KAPITAL EKSPORTINING IQTISODIY AXAMIYATI VA SHAKILLARI 1.1. Globallashuv sharoitida kapital eksportining iqtisodiy moxiyati va xususiyatlari Kapital (lotincha: capitalis — bosh, asosiy), sarmoya keng ma'noda oʻz egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega boʻlgan jami vositalar va mablag‘lar yangi qiymat keltiruvchi, oʻzini oʻzi koʻpaytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda ishlab chiqarish vositalari koʻrinishidagi ishga qoʻyilgan, ishlab turgan daromad manbai ashyoviy kapital. Kapitalning paydo boʻlishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Kapital koʻp sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va toʻliq sarflanadigan aylanma kapitalga boʻlinadi. Pul kapitali sarmoya ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga sariflanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning koʻpayishi inson mehnati ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari xom ashyo, mashina, stanoklar birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapital singari koʻrinishlari mavjud. Kapital asosan uch xil boʻladi, xususiy kapital, qarz kapitali va aylanma kapil. Qarz kapitali - Kompaniya kredit olish orqali pul olishi mumkin. Bu davlat yoki xususiy sektordan kelishi mumkin boʻlgan qarz kapitali. Koʻpincha, bu banklar yoki turli xil kredit tashkilotlaridan qarz olish yoki allaqachon ishlayotgan biznes uchun obligatsiyalarni sotishni hisoblanadi. Qarz kapitali muntazam ravishda foizlar bilan qaytarilishi kerak. Xususiy kapital - bu qimmatli qogʻozlar turi va fond birjasida ochiq sotilmaydigan operatsion kompaniyalardagi qimmatli qogʻozlar va qarzlardan iborat aktivlar sinflaridan biri hisoblanadi. Aylanma kapital - bu korxonaning kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun qoʻlida boʻlgan pul mablag‘lari. Aylanma kapital bu hozir egalik qilayotgan narsangiz va qarzingiz oʻrtasidagi farq. Agar korxonaning qarzlari aktivlardan koʻp boʻlsa, uning aylanma mablag‘lari tugashi mumkin, aylanma mablag‘larni boshqarish samarali amalga oshirilishi kerak, aks holda kompaniya qisqa muddatli pul oqimlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin. Shunday qilib, kompaniyalar favqulodda vaziyatlarga duch kelish uchun ortiqcha qisqa muddatli mablag‘larni ta'minlashi kerak. Kapitalni eksport qilish – bu ma’lum bir mamlakatda kapitalning bir qismini milliy momiladan chiqarish va uni tovar yoki pul shaklida boshqa davlatning ishlab chiqarish jarayoniga oʻtkazish hisoblanadi. Kapitalning xalqaro harakati - kapitalni chet elga eksport qilish, kapital eksportining mohiyati bir mamlakatdagi milliy aylanma jarayonidan kapitalning bir qismini olib qoʻyish va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga yoki boshqa muomalaga kiritilishidan kelib chiqadi kapitalni eksport qilish sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital jamgʻarish sezilarli darajada boʻlganida va uning nisbiy ortiqchaligi shakllanganda yuzaga keladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi kapital jamgʻarish miqdori va uni oʻsha mamlakatlarda qoʻllash imkoniyatlari oʻrtasidagi bu ortiqchalik yoki nomuvofiqlik kapital eksportini zaruratga aylantiradi. Kapitalni eksport qilish sababi ma'lum bir mamlakatda kapitalning nisbatan koʻpligi, uning ortiqcha toʻplanishidir. Kapital eksport qilishning eng muxum sabablari: jahon iqtisodiyotining turli qismlarida kapitalga boʻlgan talab va uning taklifi oʻrtasidagi nomuvofiqlik; mahalliy tovar bozorlarini rivojlantirish imkoniyati; kapital eksport qilinadigan mamlakatlarda arzonroq xom ashyo va ish kuchining mavjudligi; qabul qiluvchi davlatdagi barqaror siyosiy muhit va umuman qulay investitsiya muhiti, maxsus iqtisodiy zonalarda imtiyozli investitsiya rejimi; kapital qabul qiluvchi davlatda kapital eksport qiluvchi davlatga nisbatan pastroq ekologik standartlar; u yoki bu xalqaro korporatsiya mahsulotlariga yuqori tarif yoki tarifsiz cheklovlar oʻrnatgan uchinchi mamlakatlar bozorlariga aylanma yoʻl bilan kirib borish istagi; Kapital eksportiga yordam beruvchi va uni rag‘batlantiruvchi omillar milliy xoʻjaliklarning oʻzaro bog‘liqligi va oʻzaro integratsiya kuchayotgani; xalqaro sanoat kooperatsiyasi; sanoati rivojlangan mamlakatlarning xorij kapitalini jalb qilish orqali ularning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli turtki berishga intilayotgan iqtisodiy siyosati; kapital oqimini boshqaradigan va tartibga soluvchi xalqaro moliya tashkilotlari muhim stimulyatorlardir; mamlakatlar oʻrtasida daromad va kapitalga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻg‘risidagi xalqaro shartnoma savdo, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Kapital ishlab chiqarishning eng muhim omilidir; moddiy va nomoddiy ne'matlarni yaratish uchun zarur boʻlgan mablag‘lar zaxirasi; foiz, dividend, foyda shaklida daromad keltiruvchi qiymat. Boshqa mamlakatlarga berilgan qaytarilmaydigan va foizsiz mablag‘lar, qat'iy aytganda, kapital emas, chunki ular egalariga daromad keltirmaydi. Zamonaviy sharoitda kapital eksporti bir qator xususiyatlarga ega; milliy iqtisodiyotlarning notekis rivojlanishi: kapital turg‘un iqtisodlarni tark etadi va yuqori oʻsish sur'atlari va yuqori daromadli barqaror iqtisodiyotlarga jalb qilinadi. joriy toʻlov balansining nomutanosibligi kapitalning profitsitga ega boʻlgan mamlakatlardan joriy hisob-kitoblarga koʻra defitsit balansiga ega mamlakatlarga oʻtishiga sabab boʻladi; mamlakatlar oʻrtasida kapital migratsiyasi milliy kapital bozorlarini liberallashtirish orqali rag‘batlantiriladi, ya'ni. xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi, faoliyati va eksportiga cheklovlarni olib tashlash; -kapitalning xalqaro migratsiyasi transmilliy korporatsiyalar va banklar faoliyatini jonlantirish bilan chambarchas bog‘liq; nobank va nomoliyaviy tashkilotlarning moliyaviy faoliyatiga kiritish bilan; institutsional va individual investorlar soni va resurslarining ortishi bilan; chet el kapitalini jalb etuvchi mamlakatlarning iqtisodiy siyosati, unga ichki investitsiyalar kiritish, davlatning tashqi va ichki qarzlariga xizmat koʻrsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Kapitalning xalqaro harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi oʻrinni egallaydi, jahon iqtisodiyotiga katta taʼsir koʻrsatadi: jahon iqtisodiyotining oʻsishiga hissa qoʻshadi, xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtiradi, mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan, oraliq mahsulotlarni, xalqaro korporatsiyalar filiallari oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmini oshiradi, jahon savdosining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Download 223.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling