"Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti o’quv-uslubiy Kengash
Download 50.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqBayonnomalarBudjet hisobitogrisi (2)
Farg‘ona politexnika instituti “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti o’quv-uslubiy Kengash № bayonidan KO‘ChIRMА Farg‘ona shahri _______________ Qatnashdilar: o’quv-uslubiy Kengash raisi va aʼzolari KUN TАRTIBI “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti K.Kunduzova va kafedra assistenti U.E.Mexmonaliyevlar tomonidan “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma muhokamasi Kun tartibidagi masala yuzasidan fakultet uslubiy Kengashi raisi dots. M.Аshurov so‘zga chiqib, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti K.I.Kunduzova va kafedra assistenti U.E.Mexmonaliyevlar tomonidan 3-bosqich “Buxgalteriya hisobi va audit” 76-20 Elita ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha ingliz tilida uslubiy ko‘rsatma “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi uslubiy seminar yig‘ilishida ko‘rib chiqilganligini hamda fakultet o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilishga taqdim qilinganligini maʼlum qildi va uslubiy ko‘rsatma to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qildi. Ushbu uslubiy ko’rsatma bugungi davr talablari bo‘yicha “Budjet hisobi” faniga oid bilimlarni egallashda muhim o‘rin tutadi. Maʼruza va amaliyot darslarida talabalarni mustaqil izlanishga, nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma ingliz tilida na’munaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi boʻyicha byudjet hisobini tashkiliy - uslubiy jihatlari, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromad va xarajatlari qismining ijrosi hisobi, byudjetlararo munosabatlar hisobi, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari ijrosi natijalari hisobi va hisobotlari, byudjet tashkilotlarida byudjet hisobini tashkiliy-uslubiy jixatlari, byudjet tashkilotlarida smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish. tasdiqlash va taqdim etish tartibi, byudjet tashkilotlarida nomoliyaviy aktivlar va moliyaviy aktivlar hisobi, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibi va ularni mazmun-mohiyati bilan tanishtirishini aytib oʻtdi. Ushbu ma’ruzalar kursi va mashqlar to’plami syllabus va o’quv rejasiga asosan mustaqil ta’lim olish uchun, hamda mustaqil tarzda tarzda “Budjet hisobi” fanidan ma;ruzalar kursi va mashqlar to’plami VM ning 10.10.2018y. dagi 816-qarori 4-ilovasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 01.03.2017y.dagi 107-qarori talablariga javob berishi hamda ichki va tashqi taqrizlar berilganligi aytildi. “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha ingliz tilida uslubiy ko‘rsatma talabalarni mustaqil ishlashga, hisoblash ishlarini amalga oshirishga, har bir tahlil jarayoni bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu uslubiy ko‘rsatma institut o’quv-uslubiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilishni taklif etdi. Shundan so‘ng fakultet o’quv-uslubiy Kengashi aʼzolari dots. M.Аshurov fikrini maʼqulladilar va uslubiy ko‘rsatmani institut uslubiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qildilar. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling