"Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti o’quv-uslubiy Kengash


Download 50.5 Kb.
bet2/2
Sana06.09.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1673348
1   2
Bog'liq
BayonnomalarBudjet hisobitogrisi (2)

Qaror qilindi

1. “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti K.Kunduzova va kafedra assistenti U.E.Mexmonaliyevlar tomonidan “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma maʼqullansin.


2. Ushbu ma’ruzalar kursi FarPI uslubiy Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilsin.
Fakultet uslubiy Kengash raisi: dots. M.Аshurov
Fargʻona politexnika instituti
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi yigʻilishining
6-sonli bayonnomasidan
KOʻCHIRMA
25 yanvar 2023 yil Fargʻona sh.
Yigʻilish raisi: i.f.d., prof. I.N.Ismanov
Qatnashdilar: kafedraning barcha professor-
oʻqituvchilari.
KUN TARTIBI:


Turli masalalar.
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti K.Kunduzova va kafedra assistenti U.E.Mexmonaliyevlar tomonidan “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma muhokamasi
ESHITILDI: Kun tartibidagi masala boʻyicha “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor I.N.Ismanov soʻzga chiqib, kafedrasi dotsenti K.Kunduzova va kafedra assistenti U.E.Mexmonaliyevlar tomonidan 3-bosqich “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tayyorlanganligi hamda ma’ruzalar kursi mazmuni toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot berdi.
Shundan soʻng, kafedra dotsenti O.Nurmatov soʻzga chiqib uslubiy ko‘rsatma bilan tanishib chiqqanligini, uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining DTS, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 568-son buyrugʻi va Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2020 yil 30 oktyabrdagi 6-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan “Budjet hisobi” fan dasturiga muvofiq ishlab chiqilganligini, shuningdek, uslubiy ko‘rsatmada davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi bo’yicha budjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari yuritish, davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari ijrosi hisobini hujjatlashtirish, davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi natijalari hisobi va hisobotlar, budjet tashkilotlarida qoʻllaniladigan hisobvaraqlar, ularni tayinlanishi va tuzilishi, budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish, buxgalteriya balansini tuzish tartibi, moliyaviy hisobotning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida hisob ishlarini barcha bo‘limlarining vazifalarini talabaga tushunarli bo‘lishiga erishish maqsadida saralab olingan. Har bir bo‘limning ishlarini bajarilishi bo’yicha topshiriqlar va ko’rsatmalar berilgan. Bularni o’rganilishi o’z navbatida hisob jarayonining ketma-ketlikda uzluksiz bajariladigan ishlarini, ya’ni uni birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan boshlab yillik hisobotlarni tuzishgacha bo’lgan davr oralig’iga tegishli bo’lgan amallarni to’g’ri bajarilishiga yordam berishini aytib oʻtdi.
Kafedra dotsenti M.Karabayev ham uslubiy ko‘rsatma boʻyicha oʻzining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirdi va uslubiy ko‘rsatmani “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti uslubiy kengashiga muhokama va tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kafedra yigʻilishi

Qaror qiladi:


1. “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti K.Kunduzova va kafedra assistenti U.E.Mexmonaliyevlar tomonidan “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma ma’qullansin.
2. Mazkur uslubiy ko‘rsatmani “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti o‘quv-uslubiy kengashiga muhokama va tasdiqlash uchun tavsiya etilsin.

Yigʻilish raisi: I.N.Ismanov




Yigʻilish kotibi: Sh.Rasulova
Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling