Ishlab chiqarishda boshqaruv
Kurs ishni bajarish grafigi
Download 190.57 Kb.
|
K 1 19 I guruh talabasi Jumanazarov Otabek Ulug'bek o'g'li kurs (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy integratsiya
- 1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni
- Jahon xo’jaligining iqtisodiy ko’rsatkichlarida yetakchi integratsion birlashmalarning ulushi (%)
4.Kurs ishni bajarish grafigi
Topshiriq berilgan sana: “____”_________________2020 yil Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: “____”_______________2020 yil Kurs ishi rahbari: _____________________________________________ (imzo)
Topshiriqni oldim: ________________________________________ (imzo) “______”______________2020y Kafedramudiri______________ iq.fan.nom. Mo`minova E. TAQRIZ “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti K5-19 guruh talabasi Pirimqulov Qahramon Ilhomjon o‘g ‘li kurs ishi mavzusi: Xalqaro integratsiya mohiyati, turilari va obyektiv asoslari 1. Kurs ishi mazmu-ni______________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 2. Kurs ishining ijobiy tomonlari ____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 3. Kurs ishining salbiy tomonlari ____________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 4. Tushuntirish qismi______________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 5. Xulosa _________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Taqrizchi : ____________________________________________ (familiyasi, ismi, lavozimi, imzo) Reja:
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni 2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari. 3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari. KIRISH
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. I.i. asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida I.i yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra I.i. tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal I.i. yuz beradi. Vertikal I.i.ga agrosanoat majmui misol boʻladi, u q.x., oziq-ovqat, q.x. mashinasozligi, kimyo sanoati va b.ni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo I.i. yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro I.i. eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi. 1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni Xo’jalik hayotida integratsiyalashuv jarayonlari kundan – kunga chuqurlashib bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy – axborot, tovar ayiraboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishini nazarda tutadi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya o’z mazmuni va mohiyati bilan, birinchidan, jahon mamlakatlarida ro’y berayotgan chuqur xo’jalik va ijtimoiy-siyosiy, madaniy birlashuv sohasidagi jarayonlarni borishini, ikkinchidan, mustahkam iqtisodiy o’zaro aloqadorlikni, uchinchidan, milliy xo’jaliklardagi mehnat taqsimotini, to’rtinchidan, ishlab chiqarishda turli daraja va shaklda ro’y berayotgan o’zaro iqtisodiy hamkorliklarni aks ettiradi. Integratsion jarayonlar asosan bir-biriga yaqin bo’lgan hududlarda joylashgan davlatlarning o’zaro iqtisodiy shartnomalarida, xorijiy mamlakatlarda o’z bo’limlarini tashkil etishda, xo’jalik subyektlari (firmalar, korxonalar) o’rtasidagi kapitalni o’zaro aloqadorligida namoyon bo’ladi. Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Subyektlar o’rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi asosan davlatlararo ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning erkin harakati va xizmatlar sohasida, kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasida, davlatlararo iqtisodiy kelishuvlarda, ilmiy-texnik, texnologik va axborot sohalarida, moliya-kredit sohalarida, tashqi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda, shuningdek mudofaa siyosatida hamda xo’jalik hayotining ko’plab boshqa sohalarida namoyon bo’ladi. Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar natijasida butun bir valyuta birligiga (dollar, evro, rubl, so’m va x.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruv tizimiga asoslangan mintaqaviy tashkilotlar tashkil topadi (YeI, NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kabi). Buday tashkilotlar jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega.(2-jadval) Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy ko’rinishlaridan biri, xalqaro savdo sohasida erkin iqtisodiy hududlarini tashkil topishi bo’lsa, iqtisodiy integratsiyaning murakkab ko’rinishlaridan biri tashqi savdo tariflari kelishuvi sohasida muhim rol o’ynayotgan bojxona ittifoqining vujudga kelishidir. Jahon bozorlarida hukmronlik qilishda dunyo mamlakatlari o’rtasida kuchli qarama-qarshiliklar yuz bermoqda. Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida turli 2-jadval
Jahon xo’jaligining iqtisodiy ko’rsatkichlarida yetakchi integratsion birlashmalarning ulushi (%)
Manba: World trade Report the WTO 2005 P.19 xalqaro savdo uyushmalar, birlashmalar, tashkilotlar tashkil topib, ular o’zaro savdo munosabatini kengaytirib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida savdo-iqtisodiy tashkilotlarni tashkil topishini dastlabki ko’rinishini biz mintaqaviy va hududiy erkin savdo hududlarni tashkil topishida ko’rishimiz mumkin. Jahon bankining ma’lumotiga qaraganda jahon savdosi bilan bog’liq bo’lgan faoliyatning 42-43 %i erkin savdo hududlari orqali amalga oshirilar ekan. Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimidagi erkin savdo hududlardan eng muhimi va mashhuri Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA), Yevropa Ittifoqi (YeI), Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA), Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (APEC) va boshqalardir. Dunyo mamlakatlari bo’yicha 9 ta yirik xalqaro savdo uyushmalari va tashkilotlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Yevropa Ittifoqi (YeI) . A’zolari – Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, Shvetsiya, Finlandiya, Avstriya, Chexiya Respublikasi, Poslha, Vengriya, Sloveniya, Ruminiya, Slovakiya, Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Malta, Kipr davlatlari hisoblanadi. Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA). A’zolari – AQSh, Kanada, Meksika davlatlari hisoblanadi. Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA). A’zolari – Islandiya, Norvegiya, Shveystariya, Lixtenshteyn kabi davlatlar hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (APEC) tashkiloti. A’zolari - Avstraliya, Bruney, Malayziya, Singapur, Tayland, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Indoneziya, Filippin, Tayvan, Gongkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Kanada, AQSh, Meksika, Chili, Rossiya, Vyetnam, Peru kabi davlatlar hisoblanadi. Janubiy Afrika mamlakatlari rivojlanish uyushmasi (SADK). A’zolari – Angola, Botsvana, Lesoto, Malavi, Mozambik, Mavrikiya, Nambiya, JAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabva kabi davlatlar kiradi. G’arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi (YuEMOA) uyushmasi. A’zolari – Kot-d-Ivuar, Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali kabi davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assostiyasi (SAARK) . A’zolari – Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldivlar, Butan, Nepal kabi davlatlar hisoblanadi. And pakti. A’zolari – Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya kabi davlatlar hisoblanadi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida bunday mintaqaviy savdo uyushmalarning (tashkilotlarning) tashkil topish jarayoni obyektiv siyosiy, iqtisodiy, tarixiy xarakterga ega bo’lib, bir tomondan bunday mintaqaviy tashkilotlar xalqaro savdoni jonlantirsa, ikkinchi tomondan xalqaro savdo faoliyatini olib borish uchun barcha shart-sharoitni yaratib beradi, uchinchi tomondan esa a’zo davlatlar uchun jahon bozorlarida yuz berayotgan ziddiyatlarni hisobga olib real qarorlarni ishlab chiqib, ushbu qarorlar asosida to’g’ri yo’lni tanlab olish imkonini beradi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqadorlikni ta’minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirib, ular birinchidan, xo’jalik subyektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko’plab resurslar bilan (inson resurslari, texnik-texnologik va axborot vositalari) ta’minlaydi, ikkinchidan, jahon bozorlariga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi, uchinchidan, integratsiya jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi, to’rtinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini borishi iqtisodiy rivojlanishdan orqada qolayotgan mintaqalarni, hududlarni rivojlanishiga, xalqaro mehnat bozoridagi holatni yaxshilanishiga, iqtisodiy kam ta’minlangan aholini esa ijtimoiy ta’minotini yaxshilanishiga imkon tug’diradi. Mavjud integratsion bloklar turli ko’rsatkichlarga ega bo’lsalarda, ular jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida o’z o’rni va ahamiyatga ega. Bu integratsion bloklarda kechayotgan jarayonlar, ular erishayotgan natijalar jahon iqtisodiyoti va XIM tizimiga o’zinig bevosita ta’sirini o’tkazadi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida integratsion bloklarni ko’rsatkichlar bo’yicha taqqoslash mumkin. 3-jadval
Download 190.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling