Ishlab chiqarishda boshqaruv
Mintaqaviy bloklar ko’rsatkichlari
Download 190.57 Kb.
|
K 1 19 I guruh talabasi Jumanazarov Otabek Ulug'bek o'g'li kurs (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- aholi jon boshiga YaIM A’zo mamlakatlar
- Manba
- Yirik integratsion uyushmalarning jahon savdosidagi ishtiroki (mlrd. AQSh doll.)
Manba: World Economic Outlook Database (IМF). 1.4. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon markazlari - G’arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 20 dan ortiq xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalar (uyushmalar) mavjud. Jahon xo’jaligining YaIMsi va investitsiyalarning asosiy qismi, tovar aylanmaning 2/3 qismi ana shu birlashmalar hissasiga to’g’ri keladi. Bugungi kunda yirik integratsion uyushmalarning jahon savdosidagi ishtiroki ham tobora kengayib bormoqda. (4-jadval) Jahon iqtisodiyotida uchta asosiy integratsion markazlarni (G’arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi) alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 4-jadval. Yirik integratsion uyushmalarning jahon savdosidagi ishtiroki (mlrd. AQSh doll.)
Jahon iqtisodiyotida 50 - yillardan so’ng G’arbiy Yevropada ikkita yirik integratsion guruhni - Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YeIH) va Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasini (YeESA) vujudga kelishi natijasida integratsion jarayonlar ushbu mintaqada katta tezlikda rivojlanib bordi. 90 – yillarning o’rtalariga kelib YeIH (1993 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi (YeI) deb atala boshlandi) davlatlari tashkiloti deyarli YeESAni tugashiga sabab bo’ldi (YeESA o’z tarkibida Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shvetsariya davlatlarini saqlab qoldi xalos). Jahon iqtisodiyotida YeESA o’zining faoliyatida bojxona ittifoqini (BI) yaratishdan nariga o’tmadi, uning tuzilmasi millatlararo yirik zamonaviy tashkilotlar va uyushmalar bilan mustahkamlanmadi. YeI 1990 yilda va YeESAga a’zo davlatlar Yevropa iqtisodiy makonini yaratish to’g’risida kelishib olishdi. Ushbu makon doirasida EESAsi a’zolarining ishlab chiqaruvchilari YeI a’zolari kompaniyalari bilan bir qatorda preferensial (imtiyoz, rag’batlantirish) bojxona rejimidan foydalanishdi. Tarixan integratsion jarayonlar G'arbiy Yevropada integratsiyaning o'ziga xos modellari “ laboratoriyasi” sifatida yaqqol namoyon bo'ldi. Bunda Yevropa Ittifoqi (YeI) o'zining yetuk shakllarini oldi. Yevropa Ittifoqida shakllanayotgan mintaqaviy xo'jalik kompleksi jahon xo'jaligida integratsiya nazariyalarini amalga oshirishning klassik misoli hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi - AQSH va Yaponiya bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti global tizimining markazlaridan birini tashkil etuvchi, noyob yetakchi integratsion birlashmadir. YEI 27 mamlakati aholisi 496 mln. kishidan ortiq, YeI a'zosi bo'lgan 15 ta G'arbiy Yevropa mamlakatlarining Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) YaIM dagi ulushi 38%dan yuqori, ularning jahon savdosidagi ulushi tahminan 40% ni (60% dan yuqorisi mintaqa ichidagi tovar aylanishiga to'g'ri keladi) tashkil etadi. Yevropa Ittifoqi umumiy iqtisodiy siyosatining turli jihatlari tovar va xizmatlar, kapital va ishchi kuchi milliy bozorlarning o'zaro qo'shilib, birlashib ketishi jarayonlarining rivojlanishi uchun qulay muhitni yaratishga qaratilgan. Integrasion birlikni tashkil qilgan davlatlar o'z mustaqilligi va suverinetitini saqlaydilar. Shu bilan birga o'zlarining ba'zi suveren va alohida huquqlarini Hamjamiyat tomonidan olib borishga topshiradilar va natijada “Yagona Yevropa” yuzaga keladi. Mamlakatlarning o'zaro aloqadorligining va markazga intilish tendensiyalarining kuchayishi natijasida integratsion jarayonlarga yangi ishtirokchilarni tortish ro'y beradi. 1973- 2008 yillar davomida Yevropa Ittifoqining o'z tarkibini 6 marta kengaytirganligi bunga yaqqol dalil bo'ladi 2004 yil 1 mayda YeI tarkibiga Yevropaning 10 ta davlati, 2007 yil 1 yanvarda esa yana 2 ta davlat qo’shildi. 2004 yilning mayiga qadar YeI davlatlari aholisi 453 mln. kishidan ortiq bo’lib, Yevropaning 25 mamlakatini o’z tarkibiga birlashtirgan edi. (5-7 jadvallar). G'arbiy Yevropada yagona xo'jalik makonini vujudga kelishi juda tez sur'atlarda rivojlanmoqda. Birlamchi G'arbiy Yevropaning 6 mamlakati o'rtasida huquqiy – sharnomaviy asosda kelishib olingan munosabatlar, 2008 yilga kelib, yagona ichki bozorga, turli sohalardagi yagona yoki muvofiqlashtirilgan siyosatga, boshqaruvning milliy organlardan ustun organlariga ega 5-jadval Yevropa Ittifoqining kengayishi
Manba: Mualliflar tomonidan tuzilgan. 6-jadval YeI kengayishining ko'rsatkichlari
7-jadval
Download 190.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling