Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
16.5. Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hollarda aksiyalarning nominal yoki bozor bahosini ushlab turish yoki iqtisodiy obruga putur yetkazmaslik uchun subyektlar ilgari sotilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarni emitent (aksiyadorlik jamiyati) tomonidan keyinchalik qayta sotish yoki hisobdan chiqarish (bekor qilish) maqsadida sotib olishi mumkin. Ushbu sotib olingan o‘z aksiyalarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi: 8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarida yuritiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar (ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar va shunga o‘xshaganlar) 8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlaridan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan tartibga muvofiq boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun ustav kapitaliga qo‘ygan ulushini hisobga olish uchun qo‘llanadilar. O‘zining aksiyalarini sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar 8510- "Ustav kapitali"ni hisobga oluvchi schyotlarga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib aksiyadorlar jamiyatining aksiyadorlik kapitalining kamayishini ko‘rsatadi va balansda ko‘rsatiladigan ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa hisoblanadi. Sotib olingan o‘zining aksiyalari ularning qayta sotilishi vaqtigacha hech qanday huquqga ega emaslar; - ovoz berish, mulk, dividendlar olish va subyektni tugatish vaqtida aksiyadorlar jamiyati aktivning ulushi huquqiga ega emaslar. Agarda aksiyalar nominal qiymatda yoki undan yuqori bahoda sotilib keyinchalik emitent (jamiyat) tomonidan qayta sotib olingan bo‘lsa boshlang‘ich emissiya jarayoniga zid ravishda nominal qiymatidan past bahoda sotilishi mumkin. Emitent (jamiyat) tomonidan sotib olingan o‘zining aksiyalarining qiymati 8610-"Sotib olingan o‘zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarining debeti tomonida nominal qiymatda yeki sotishning boshlang‘ich bahosida emas, balki haqiqiy sotib olish bahosida qayd qilinadi. Emitentlar sotib olingan o‘zining aksiyalarini sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotsalar ushbu muomalalar natijasidagi sotib olish va qayta sotish baholarining o‘rtasidagi farq summani 9590- "Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar" schyotining krediti tomonidan aks ettiradilar. Agarda ushbu aksiyalar sotib olish bahosidan kam bahoga 342 sotilsa ushbu muomaladagi baholar o‘rtasidagi farq zarar sifatida 9690-"Moliyaviy faoliyat yuzasidan ko‘rilgan sarflar"schyotining debeti tomonida ko‘rsatiladi. Agarda emitentlar uzining aksiyalarini bekor qilish maqsadida ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olsalar, qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq summasi 9690- "Moliyaviy faoliyat yuzasidan ko‘rilgan sarflar" schyotining debeti tomonida ko‘rsatadilar. O‘zining aksiyalarini hisobdan chiqarish (bekor qilish) uchun ularni nominal qiymatdan past bahoda sotib olsalar, nominal qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq summasi 9590- "Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar" schyotining kredit tomonida kayd kilinadi. 8610-"O‘zining aksiyalarini sotib olish" schyotlari bo‘yicha analitik hisob aksiyaning har bir turi va aksiya egalari bo‘yicha ayrim olgan holda yuritiladi. 8600-O‘zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi. 8610-"Sotib olingan uzining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o‘zining imtiyozli aksiyalari". Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling