Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (2.2.1-jadval)
XO‘JALIK FAOLIYATI YURITILISHINI TA’MINLOVCHI AKTIVLARNING TAVSIFI O‘z faoliyatini yuritish uchun har qanday korxona xo‘jalik aktivlariga ega bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda 475 –tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asos»ga muvofiq (39-modda) aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning baholash qiymatiga ega bo‘lgan va o‘z ichiga pul mablag‘lari va debitorlik qarzlarni olgan moddiy, shuningdek nomoddiy mulki tushuniladi. Aktiv deb tan olish uchun moddiy va nomoddiy mulk quyidagi talablarga javob berishi kerak: Qiymatga ega bo‘lishi va bu qiymat baholanadigan bo‘lishi kerak. Egalik qilish huquqiga asosan qaysi korxona balansiga kiritilgan bo‘lsa, shu korxona tomonidan nazorat qilinishi lozim. Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak, jumladan korxonaning pul mablag‘larini kirimini ko‘payishiga bevosita va bilvosita hissa qo‘shishi kerak. Yuz bergan xo‘jalik operasiyalari natijasi hisoblanishi kerak, masalan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining natijasidir. Aktivlarning xarakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Jismoniy ko‘rinishga (shaklga) ega bo‘lishi ham, ega bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, bino yoki stanok aniq shaklga ega, lekinda patent, lisenziya, savdo belgisi, mualliflik huquqi moddiy shaklga ega emas. Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Xо‘jalik jarayonida bajarilayotgan funksional roliga qarab mablag‘larning turkumlanishi. Ishlab chiqarish fazasidagi mablag‘lar Muomala fazasidagi mablag‘lar Korxona ayla- nishidan chetla- tilgan mablag‘lar 39 Korxonada yuz berayotgan jarayonlarda moddiy asos yoki ularning natijasi hisoblanishi mumkin. Masalan, xom-ashyo ishlab chiqarishga moddiy asos, tayyor mahsulot esa ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. Boshqa aktivlarga almashtirilishi mumkin. Qarzlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin. Qisqa yoki uzoq vaqt maboynida foydalanishda bo‘lishligi mumkin. Aylanmada va aylanmadan tashqarida bo‘lishligi mumkin. Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan asosiy aktivlariga quyidagilar kiradi(2.2.1-jadval): Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling