Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Tuzatilgan sinov balansi -


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Tuzatilgan sinov balansi - mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‘ng, lekinda vaqtinchalik 
schetlar yopilmasdan tuzilgan balans. 
Yakuniy balans – bu vaqtinchalik schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobot va taqsimlanmagan fayda to‘g‘risidagi hisobotlarning ma’lumotlari e’tiborga olinib tuzilgan 
balans.
Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan. 
Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto tuzilishi
mumkin. 
Balans- brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini
shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib 
tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi. 
Balans-netto – bu aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini, 
shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib 
tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi. 
Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi. Ham tenglik, ham xujjat sifatida e’tirof 
etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya’ni chap va o‘ng tomonli, jadval ko‘rinishiga ega 
bo‘ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‘ng tomoni esa – «Passiv» nomi bilan ataladi. 
Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‘jalik aktivlari ularning turlari bo‘yicha, jadvalning
«Passiv» tomonida esa xo‘jalik aktivlari ularning tashkil topish manbalari bo‘yicha aks ettiriladi. 
«Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‘rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari 
summalarining yig‘indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik «balans» deyiladi. 


37 
Jadval ko‘rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo‘limlardan, bo‘limlar esa- 
alohida moddalardan iborat bo‘ladi. 
Balans bo‘limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi 
moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o‘z 
navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham 
balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schetlarning tartib 
raqamlari ko‘rsatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» tomoni
xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga
asoslangan: 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling