Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari)
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlar.
O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari).
“Xususiy sarmoya” bo‘limida ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak. Majburiyatlar. “Majburiyatlar” bo‘limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar bo‘yicha axborotlar alohida oshkor etilishi lozim. Uzoq muddatli majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bo‘linmalarga uzoq muddatli qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari ko‘rsatilishi kerak. Foiz stavkalari, so‘ndirish shartlari, shartnoma majburiyatlari, so‘ndirish navbatliligi, muomala shartlarini umumlashtirish hamda mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansi qismida tushuntirish xatida ko‘rsatilishi lozim. 34 Joriy majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida bo‘linmalarga qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetdan soliqlarga oid qarzlar, sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi. Shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so‘zi na faqat tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga molik muhim buxgalteriya hisobi xujjati sifatida ham talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi. BXMSga ko‘ra buxgalteriya balansi qo‘yidagi shaklda tuziladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling