Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Hisob siyosati deyilganda
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Hisob siyosati deyilganda, buxgalteriya hisobini yuritishning usullari yig‘indisi tushuniladi,
ya’ni korxona faoliyati xususiyatlari va o‘rnatilgan qoidalar asosida ushbu korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilishning konkret usullari, shakllari, yuritish texnikasi har tomonlama ishlab chiqiladi. Bunda korxona ishlab chiqarish texnologiya jarayonining xususiyatlari, buxgalteriyada mehnat qiluvchi xodimlarning soni, ularni malakasi, buxgalteriyani texnika vositalari bilan ta’minlanish darajasi va boshqalar hisobga olingan holda hisob siyosati ishlab chiqiladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi usullariga mol-mulkni va majburiyatlarni guruhlash va baholash usullari, hujjat aylanishini tashkil qilish, inventarizasiya o‘tkazish muddatlari va boshqa usullar kiradi. Hisob siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi va korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 28 Korxona buxgalteriya hisobini yuritishning harakatdagi umumiy qoidalari asosida quyidagilarni mustaqil ravishda aniqlashi mumkin: 1. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish hisoblash tartibini aniqlashi; 2. Mahsulot tannarxiga asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni o‘tkazish, tartibini aniqlashi; 3. Asosiy vositalarga guruhiga kiritiladigan buyumlar qiymat chegarasini aniqlash; 4. Ishlab chiqarish zaxiralari sintetik hisobi variantini tanlashi; 5. Ishlab chiqarish xarajatlarini guruhlash va tannarxga o‘tkazish usulini tanlashi; 6. Ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash usulini aniqlashi; 7. Hisob va kalkulyasiya ayrim obyektlari o‘rtasida egri xarajatlarni taqsimlash usulini tanlashi; 8. Ishlab chikarish xarajatlari va maxsulot tannarxini kalkulyasiyalash usulini tanlashi; 9. Ishlab chikarish xarajatlarining umumiy hisobi variantini aniqlashi; 10. Maxsulot realizasiyasidan olinadigan mablag‘ni aniqlash usulini tanlashi va boshqalar. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling