Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


 Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va qo‘llash tartibi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

1.7. Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va qo‘llash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi 1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ning 3-punktiga 
muvofiq, hisob siyosati deganda, korxona rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha qabul qilingan tamoyillar va tartiblar majmuasi tushuniladi. 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha korxonaning o‘ziga xos rejasi 
hisoblanadi. Bu reja, odatda, rasmiy hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. U korxonaning bosh 
hisobchisi tomonidan yilning oxirida kelgusi yil uchun ishlab chiqiladi va korxona rahbari 
tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi. 
Hisob siyosati 1-son BHMSning 56- punktiga muvofiq taqvim yili maboynida doimiy 
xarakterga ega bo‘lishi lozim. Uni yil ichida sababsiz o‘zgartirish mumkin emas.
1-son BHMSning 56- punktiga muvofiq tasdiqlangan va foydalaniyotgan hisob siyosati yil 
ichida qo‘yidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin: 

Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o‘zgartirilganda; 

Mulk egalari o‘zgarganda; 

Davlat qonunlari o‘zgarganda; 

Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda. 
Hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar asoslangan bo‘lishi, shuningdek korxona 
rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 


25 
BXMS № 1 ning 62-punktiga muvofiq hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida moliviy hisobot 
bilan birgalikda majburiy tarzda qo‘yidagi tashkilotlarga taqdim etiladi: 

yuqori tashkilotga; 

soliq idorasiga; 

davlat statistika organlariga

qonunda ko‘zda tutilgan boshqa organlarga. 
Talab va so‘rovlarga ko‘ra hisob siyosati prokuratura, sud va arbitrajga, investorlarga, 
aksionerlarga, kreditorlarga, auditorlik firmalariga va boshqa qiziquvchilarga ham taqdim etilishi 
mumkin. Korxonaning o‘z xodimlari uchun hisob siyosati ochiq bo‘lishi lozim. 
Korxonaning hisob siyosatidan har bir qiziquvchi o‘z maqsadlarida foydalanadilar. Masalan, 
soliq idorasi uchun ushbu hujjat korxonada soliqlar hisob-kitoblarini to‘g‘riligini tekshirish, hisobni 
to‘g‘ri yuritilganligini nazorat qilish maqsadida zarur. Auditorlik tashkilotlari hisob siyosatini 
o‘rganish asosida uni to‘g‘ri tuzilganligi to‘g‘risida xulosa qiladilar, shuningdek unga qanchalik 
amal qilinayotganligiga baho beradilar. Investorlar, aksionerlar, kreditorlar uchun hisob siyosati o‘z 
mablag‘larini ushbu korxonaga qo‘yish yoki qo‘ymaslik bo‘yicha qaror qabul qilishda asos bo‘lib 
hisoblanadi. 
Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma’lum shakl va tarkibga ega bo‘lishi kerak. 1-son 
BHMSning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo‘yidagi tarkibiy elementlar o‘z aksini albatta 
topishi lozim: 

korxona aktivlarini baholash turlari va usullari; 

amortizasiyani hisoblash usullari; 

rezervlarni tashkil qilish

tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari; 

tadqiqot va rivojlanishga sarflangan xarajatlarni tan olish va hisobga olish; 

tannarxni kalkulyasiya qilishning usullari; 

moliyaviy hisobotni konsolidasiya qilish tartibi; 

pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish usullari; 

buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi. 
Hisob siyosatida yuqorida keltirilgan ma’lumotlar alohida boblar, paragraflar ko‘rinishida 
ifodalangan bo‘lishi lozim. Korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishda muhim ahamiyat kasb 
etadigan boshqa hollar va tartiblar ham hisob siyosatida aks ettirilishi mumkin. 
Korxonada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatiga to‘liq amal qilinishi lozim. 
Buning uchun korxonada tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Jumladan, xodimlar 
o‘rtasida bajariladigan ishlar aniq taqsimlangan bo‘lishi kerak. Bunday taqsimotni bosh hisobchi 


26 
amalga oshiradi. U har bir hisobchiga yuritiladigan buxgalteriya hisobi schetlarini, hisob 
registrlarini ochish, yuritish, yopish tartiblari va muddatlarini belgilab beradi. 
Bosh hisobchi korxonaning buxgalteriyasi, uning bo‘limlari to‘g‘risida Nizomni ishlab 
chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta’minlashi kerak. Nizomda har bir bo‘lim 
xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. 
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlaridan biri bo‘lib korxonada hujjatlar 
aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday grafiklarni
jadval yoki tarmoqli grafik ko‘rinishida ifodalash mumkin. 
Hisob siyosatiga amal qilishning yana bir muhim shartlaridan biri bo‘lib hisob xodimlari 
faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga baho berish yoki reyting 
tizimiga amal qilish hisobchilarni rag‘batlantirish (yutuqlar uchun), yoki ularga nisbatan jazo 
choralarini ko‘rish (xato-kamchiliklar uchun) orqali amalga oshirilishi lozim. Hisobchilar ishiga 
baho berish reyting tizimini mavjudligi va uni doimiy tarzda hisobchilar o‘rtasida e’lon qilib borish 
buxgalteriya ishini doimiy yaxshilanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati subyekt tomonidan moliyaviy 
hisobotni tayyorlash va tuzishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos qoidalar va amaliy yondoshuvlarni 
ifodalaydi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish 
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMA asoslarida takdim etiladigan moliyaviy 
hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Hisob yuritish siyosati shunday tashkil qilinishi 
kerakki, unda moliyaviy hisobot barcha uchun qulay bo‘lgan BHMA asosida tuzilishi mumkin 
bo‘lsin. 
-Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati quyidagicha bo‘lishi lozim: 
-foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyatli; 
-ishonchli bo‘lishi; 
-aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy hisobotlarini 
taqqoslash imkoniyatini berishi; 
- tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. 
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi 
bo‘yicha subyektning hisob yuritish siyosati shakllantirili-shida O‘zbekiston Respublikasining 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun hujjatlarini qo‘llash lozim. 
Korxonanining hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir 
etadi; 
-mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl; 
-faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysunuvi; 


27 
-ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishlovchi xodimlarning soni; 
-soliq solish tizimi bilan munosabat (har xil soliqlardan ozod bo‘lish, soliq stavkalari
soliq solish bo‘yicha imtiyozlar); 
-bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi; 
-moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi (uzoq kelajakda korxonaning 
iqtisodiy rivojlanish masalalari va maqsadlari, sarmoyalarning kutilayotgan yo‘nalishlari, 
kelajakdagi masalalarni yechishdagi taktik yondoshuvlar); 
-boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi; 
-korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimining mavjudligi; 
-buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi,
talabchanligi hamda tadbirkorligi; 
-korxona ishi samarasidan moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy 
javobgarlik tizimi. 
Quyidagi hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosatida o‘zgarishlar 
bo‘lishi mumkin: 
-subyekt qayta tashkil etilganida; 
-mulkdorlar o‘zgarganida; 
-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya 
hisobotini meyoriy tartibga solish tizimida o‘zgarishlar bo‘lganida; 
-buxgalteriya hisobining yangi omillarini ishlab chiqishda. 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob siyosatidagi 
o‘zgarishlarning oqibatlari buxgalteriya hisobi yuritishda o‘zgartirilgan omillarning qo‘llanilish 
kuni (oyning birinchi sanasi)dan subyekt tomonidan tekshirilgan qiymat ko‘rinishida baholanishi 
kerak.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling