Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining o‘rni va sohadagi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

 
1.4.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining o‘rni va sohadagi 
islohotlarning ahamiyati 


19 
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor iqtisodiyoti talablari va buxgalteriya hisobini xalqaro 
andozalarga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma – bosqich isloh 
qilib kelinmoqda. 
Bozor munosabatlarini shakllanishi va davlat mulkini xususiylashtirilishi xo‘jalik yuritishni 
mazmuni va tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida buxgalteriya 
hisobida tub o‘zgarishlarni talab qiladi. Buning uchun bir qancha ustivor vazifalar aniqlandi va 
qonuniy bazalar yaratildi hamda ular takomillashtirilmoqda. 
Mamlakatimizda xalqaro buxgalteriya hisobi andozalari talablariga javob beradigan xalqaro 
tamoyillar va qoidalarga mos keladigan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy 
asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi. 
Shu maqsadda 1996 yil 30 avgustda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi O‘zbekiston 
Respublikasining qonuni» qabul qilindi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, 
buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizasiya qilish va baholashning 
asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga 
qo‘yilgan vazifalar, maqsad va talablarni belgilab beradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi 
Qonun ko‘rsatmalari va moddalari asosida Buxgalteriya hisobining milliy andozalari 
(BHMA)tasdiqlandi. Hozir ularning soni 24 ta bo‘lib 21 – BHMA – Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
moliyaviy – xo‘jalik faoliyatinin buxgalteriya hisobi schyotlarirejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
yo‘riqnomadir. 
Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 – son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida» gi Nizom, 2000 yil 26 mayda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun va buxgalteriya hisobi 21 – son milliy 
andozasi yangi schyotlar rejasi hamda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonun O‘zbekiston 
Respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati meyorlarini huquqiy 
ta’minlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish va statistika vazifasini 
bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlar, masalan ular tasarrufidagi mavjud bo‘lgan 
moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror 
qabul qila olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash uni 
qayta ishlash vauzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi halqaro 
biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni 
saqlash vako‘payishiga xizmat qilishi kerak. 


20 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalterlar faqat xo‘jalik operasiyalarini qayd qiluvchigina 
emas, balki ular ko‘p darajada taxlilchi, prognozchi ham bo‘lishi kerak. Buning uchun ular yuqori 
darajadagi malakaga ega bo‘lishi kerak. 
Islohotlar barcha sohalarda keng quloch yozayotgan hozirgi sharoitda xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda hisob – kitob va hisobot ishlarini zamon talablariga javob beradigan tarzda yuritish 
muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi davrda davlat, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, xususiy va boshqa mulk shakliga 
ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri tartibli boshqarilishi ko‘p jihatdan 
xo‘jalikning moliyaviy xo‘jalik muomalalari kabi omillarni ifodalashga yagona tartibda 
yondoshilishiga bog‘liq. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o‘rganish va boshqarishda 
asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Qayerda hisob – kitob ishlari puxta tashkil etilsa, ko‘zlangan 
maqsadga erishish oson bo‘ladi. Buxgalteriya hisobini puxta o‘rganish bu fanni fundamenti 
hisoblangan buxgalteriya hisobi nazariyasidan boshlanishi lozim. Chunki, bu fan buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha, hisob, schyot, ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, baholash, 
kalkulyasiya qilish. Balans hisobot, yo‘qlama qilish, buxgalteriya hisobining predmeti va usuli 
to‘g‘risida batafsil tushuncha beradi. 
Buxgalteriya hisobi nazariyasi buxgalteriya hisobining hamma tarmoq kurslari, ya’ni sanoatda 
buxgalteriya hisobi, savdoda buxgalteriya hisobi, qurilishda buxgalteriya hisobi, qishloq xo‘jaligida 
buxgalteriya hisobi. moddiy t’minotda buxgalteriya hisobi, davlat bankida buxgalteriya hisobi va 
boshqalar uchun umumiy bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va ularning 
tarmoq kurslari birgalikda buxgalteriya hisobi fanini tashkil etadi. Bu fan xo‘jalik faoliyatini tahlili 
va audit fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Chunki, buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan 
foydalanish usullarini xo‘jalik faoliyatini tahlili va audit fanlari o‘rgatadi. 
Buxgalteriya hisobi xalq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi, statistika, rejalashtirish, moliya 
kredit, mikro va makro iqtisodiyot va xuquqshunoslik bilan o‘zaro bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi 
fanida xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari va ularning manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini 
aks ettirishning metodologik asoslari iqtisodiy qonunlar talablariga muvofiq yoritiladi. 
Buxgalteriya hisobi fani jamiyat rivojlanishida turli ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash bo‘yicha 
barcha formasiyalarda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vujudga kelgan. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling