Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Hisob ma’lumotlarining aniqligi va to‘g‘riligiga sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari
qanday bo‘lsa shundayligiga aks ettiriladi. Hisob ma’lumotlarining to‘g‘ri ko‘rsatilishi buxgalteriya 12 hisobi to‘g‘risidagi qonun bilan muhofaza qilinadi. («Buxgalteriya hisobi to‘g‘rsida»gi qonun 6 - modda). Hisob ma’lumotlarining to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi hisob xo‘jalik jarayonining hamma tomonini egallashi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak. Ma’lumotlar qat’iy o‘rnatilgan muddatda berilishi kerak. Qachonki hisob o‘z vaqtida va to‘liq olib borilsagina, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, yashirin zahiralarni qidirib topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hisobning ravshan va hammabopligi. Hisob ma’lumotlari faqat hisob xodimlarigagina tushunarli bo‘lib qolmay, balki butun mehnatkash ommaga tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun hisob ko‘rsatkichlari sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Ravshan va hammabop tarzda olib borilgan hisob subyektni ta’sis etuvchisi va qatnashuvchilarini ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb qiladi. Hisobning rejaligi va arzonligi. Hisobni rejaligi olib borish va arzonga tushirish uchun hisob apparatini qisqartirish, hisob ishlarini to‘la avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, zamonaviy hisob shakllari va buxgalterning avtomatlashtirilgan ish joylarini qo‘llash, hisob xodimlarining sonini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirib, markazlashgan ish joylarini tashkil etish kerak. 1.2. Xo‘jalik hisobining turlari Xo‘jalik faoliyati juda murakkab ko‘p qirralidir. Bunday sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va butun xalq xo‘jaligida ro‘y beradigan turlicha xo‘jalik faoliyatlari va muomalalarini qamrab oladigan, halq xo‘jaligiga rahbarlik va uni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlay oladigan hisobning yagona tizimi talab qilinadi. Hisobning bu tizimiga operativ texnika hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblar kiradi. Bu uchala hisob turi birgalikda halq xo‘jaligi hisobi deb ataladi. Bu uchta hisobning har biri o‘z aniq obyekti, vazifalari va xususiyatlariga ega. Operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob ma’lum xo‘jalik jarayoni va operasiyalari haqidagi ma’lumotlarni ular yuz bergan joyning o‘zida kechiktirmay tezda yetkazib berish, joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishda bu hisob yordamida reja ko‘rsatkichlari haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar bilan son va sifat jihatdan solishtiriladi. Operativ(tezkor) hisobning xususiyatlaridan biri shundaki, uning yordamida xo‘jalikning hamma tomoni emas, balki ba’zi bir ko‘rsatkichlarigina nazorat qilib boriladi. Ikkinchi xususiyati esa – bu hisob ma’lumotlari xo‘jalik faoliyati va operasiyalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Ular og‘zaki, telefon, faks yoki telegraf orqali berilishi ham mumkin. Operativ hisob yordamida mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, mehnatga haq to‘lash fondining kundalik sarfi, mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi, ishchi va xizmatchilarning ishga o‘z vaqtida kelishlari to‘lov muddatlari 13 bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar olinadi. Xo‘jalikda, asosan operativ rejalashtirish va operativ rahbarlik qilishda operativ(tezkor) hisobdan foydalaniladi. Statistik hisob–ommaviy ijtimoiy xodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidir. Statistika ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan ommaviy va ayrim tipik hodisalarni miqdor va sifat jihatidan aks ettiradi. U faqat xo‘jalik jarayonlarinigina emas, balki jamiyat hayotidagi madaniy va siyosiy hodisalarni o‘rganish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Statistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, statistik yig‘ish, statistik guruhlash, o‘rta miqdorni olish va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo‘jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyat hayotidagi siyosiy va madaniy jarayon rivojlanishining miqdoriy ko‘rsatkichlarini beradi. Shuning uchun ham xalq xo‘jalik hisobi tizimi statistik hisob talablariga mos holda umumiy metodologiya asosida yuritiladi. Statistikada buxgalteriya va operativ–texnika hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Statistik hisobning asosiy manbai hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Statistika hisobotining maxsus shakllarida mehnat hajmi (miqdori) va sifati, ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va uning unumdorligi, ish haqi, subyektlarda ishlovchi xodimlarning soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi va shu kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Statistik hisobning boshqa turlari kabi xalq xo‘jaligi hisobi tizimida muhim o‘rin tutadi. Undan hisobning boshqa turlari singari xalq xo‘jaligi rejalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot olish, rejani tuzish, ichki zaxiralarni aniqlab ularni ishlab chiqarishga joriy etishda keng foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi –bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va xo‘jalik muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir. Buxgalteriya hisobi – bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda uning qo‘yidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin. Buxgalteriya hisobi, birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘larining joylashuvi va ularning tashkil topish manbalarining o‘zgarishlariga sabab bo‘luvchi barcha xo‘jalik jarayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi; ikkinchidan, bu jarayon va o‘zgarishlar ikki yoqlama yozish usuli bilan muntazam, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda qayd qilinadi; uchinchidan, yozuv faqat hujjatlargagina asoslanadi; to‘rtinchidan, hamma xo‘jalik operasiyalari buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning quyidagi ikki asosiy guruhi mavjud: - Tashqi foydalanuvchilar; 14 - Ichki foydalanuvchilar. Ichki foydalanuvchilari, ya’ni korxonaning boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish va moliyaviy xarakterdagi turli qarorlarni qabul qiladi. Hisobot asosida subyektning keyingi yilgi moliyaviy rejasi tuziladi, mahsulot sotishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, sotiladigan tovarlar narxlari, korxona resurslarini investisiya qilish yo‘nalishlari kreditlarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi kabi qarorlar qabul qilinadi. Moliyaviy va boshqaruv hisobi moliyaviy ma’lumotlaridan foydalanuvchilar turli guruhining mavjudligi, buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida ikki bo‘linishga olib keldi: 1. Moliyaviy hisob; 2. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob – Korxona faoliyati to‘g‘risida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun umumlashgan holda ma’lumot beradigan hisob turi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling