Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Solishtirish imkonining mavjudligi – bu bir turdagi axborot ichida emas, balkim ikki xil
turdagi axborot orasidagi munosabatga xos belgidir. U foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarning ikki to‘plamidagi berilgan axborotlar orasidagi o‘xshashliklar va farqlarni topish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobining tamoyillari 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuning 6 – moddasida buxgalteriya hisobining qo‘yidagi tamoyillari huquqiy jihatdan asoslandi. - buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv - usulida yuritish; 2 Ushbu Qonun 4-modda 16 - uzluksiz; - xo‘jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; - aniqlik; - hisoblash; - oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik yoki korservatizm); - mazmunning shakllardan ustunligi; - ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; - moliyaviy axborotning betarafligi; - hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 1998 yil 14 avgustda 475 – son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro‘yxatga olingan O– BHMS (buxgalteriya hisobining milliy standarti) da buxgalteriya hisobining qo‘yidagi asosiy tamoyillari belgilab berildi: - hisoblash; - ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; - uzluksizlik; - xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash; - ishonchlilik; - ehtiyotkorlik (konservatizm); - mazmunning shakldan ustunligi; - ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; - betaraflik ; - hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi; - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; - tushunarlilik; - ahamiyatlilik; - muhimlilik; - haqqoniy va xolis taqdim; - tugallanganlik; - izchillik; - o‘z vaqtida taqdim etish. Hisoblash tamoyili. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini olish yoki to‘lash asosida emas, balki ularning hisoblanishi yoki paydo bo‘lishi bilan e’tirof etiladi va moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 17 Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili, xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yoritilishi kerakligini bildirada. Ikki yoqlama yozish tizimi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha tegishli summani bitta schyotning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat bo‘ladi. Uzluksizlik tamoyili. Xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy faoliyatini noma’lum uzoq muddatgacha davom ettiruvchi sifatida qaraladi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. Xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash tamoyili. Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni umumlashtirish maqsadida barcha xo‘jalik muomalalari yoki voqealar pul birligida o‘lchanishi kerak. Ishonchlilik tamoyili. Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli hisoblanadi. Muomalalar yoki voqealarning ishonchliligi birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Ehtiyotkorlik tamoyiliga rioya qilish, qarorlar qabul qilishda aktiv va daromadlar bo‘rttirib ko‘rsatilmasligi va majburiyatlar va xarajatlarni yetarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslikni anglatadi. Mazmunining shakldan ustunligi tamoyili. Agar hisob hujjatlari va moliyaviy hisobotlardagi axborotlar muomalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborotlar uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur. Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligi tamoyili. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot, boshqa hisobot davridagi xuddi shunday axborot bilan taqqoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda foydalanadigan hisob siyosatidan, undagi barcha o‘zgarishlardan va ushbu o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Bartaraflik tamoyili. Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan holi bo‘lishi kerak. Hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi tamoyili. Hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi tamoyili. 18 Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash ularning tannarxi yoki sotib olingan narxini baholash uchun asos bo‘lishni nazarda tutadi. Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin. Tushunarlilik tamoyili. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Ahamiyatlilik tamoyili. Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayonida, ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga subektning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga baho berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. Muhimlilik tamoyili. Moliyaviy hisobotlarda axborotni kiritmaslik yoki noto‘g‘ri taqdim etish axborotdan foydalanuvchilarning qabul qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u muhim hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (muhimligi) ham ta’sir etishi mumkin. Haqqoniy va xolis taqdim etish tamoyili. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, muomalalarning natijalari, pul mablag‘larining xarakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak. Tugallanganlik tamoyili. Moliyaviy hisobotlarning ishonchligini taminlash maqsadida, hisobot davridagi axborot yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak. Izchillik tamoyili. Hisob siyosati bir davrdan boshqa davrga izchil o‘tkazilishini nazarda tutadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishning yo‘nalishlarini aniqlanashi uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. O‘z vaqtida taqdim etish tamoyili. Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi natijasida u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot ba’zi jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta naf keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling