Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi obyektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
1.5. Buxgalteriya hisobi obyektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning
shakllariga bog‘liqligi Subyektlarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish lozimki, u iqtisodiy ma’lumotlar tizimini iloji boricha to‘la aks ettirishni ta’minlashi kerak. Buxgalteriya hisobi ayrim subyektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan asoslangan holda ro‘yxatga olish va pulda baholab 21 umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimidir. U subyektning xo‘jalik faoliyatini boshqarish va unda xo‘jalik hisobini joriy ettirishning muhim vositasi hisoblanib, subyektning mablag‘laridan to‘g‘ri va unumli foydalanish va uning butligini ta’minlash ustidan ham dastlabki, hamkorlik) va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va subyektlarning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati bilan qarorlar qabul qiluvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lash uchun xizmat qiladi. U xo‘jalik faoliyatini, uning ma’lumotlaridan keyinchalik foydalanish maqsadida ma’lum tartibda qayd kilib o‘lchaydi, olingan ma’lumotlarni ishlab, ma’lum vaqtgacha saqlaydi, so‘ngra ularni kerakli axborotga aylantirish uchun qayta ishlab chiqadi va keyinchalik bu axborotni hisobotlar vositasida qarorlarni qabul qiluvchilarga foydalanish uchun topshiradi. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini boshqaruv axborot tizimining moliyaviy markazi deb ham ta’riflashadi. U boshqaruv xodimlariga ham va tashqi foydalanuvchilarga ham subyekt fao- liyati hakida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishlik imkoniyatini yaratadi. Subyektlarning faoliyati bozor iqtisodiyotida oldingiga qaraganda ancha farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar bilan bog‘liq: 1) Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi o‘zgarib, davlat mulkchiligi jamiyatdagi mulkchilikning fakat bir turiga aylanadi, subyekt faoliyatidan manfaatdor bulgan kuplab yangi mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu subyektga o‘z mablag‘larini qo‘yadilar. 2) Subyektlar raqobatchilikda yengib chiqish va samarali moliyaviy natijalar beradigan qarorlarni qabul qilishga harakat qiladilar va shu maqsadda bozor konYukturasini o‘rganadilar, o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradilar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx-navolarni mustaqil belgilaydilar va hokazo. 3) Byudjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashqari endilikda subyektlar faqat xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun raqobatchilik kurashida qatnashibgina qolmay, undan tashqari, tijorat banklarining kredit resurslari hamda potensial investorlarning shunday mablag‘lari uchun raqobatchilik kurashini olib boradilar. Shuning uchun subyektda birinchidan boshqaruv qarorlarini chiqarish va ularning natijalarini baholash uchun o‘z vaqtida va to‘liq bo‘lgan axborotni olish extiyoji tug‘iladi. Ikkinchi tomondan, subyektlar tegishli axborotni shu subyektlarga o‘z mablag‘larini qo‘ygan mavjud investorlar va bo‘lg‘usi investorlarga ham topshirishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq ajratmalarining to‘g‘riligi haqida ham hisobot berish saqlanib qoladi. 22 Shunday qilib, buxgalteriya hisobi bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan hisobchilik va statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan subyektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, ishlash va topshirish quroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar o‘z ixtiyoridagi vaqtincha ortiqcha mablag‘larni samaraliroq investisiya qilish to‘g‘risidagi asoslangan qarorlar qabul qilish uchun foydalanadilar. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini biznes tili deb atashadi. Uni o‘rganish har qanday tilni o‘rganishga juda o‘xshab ketadi va buxgalteriya hisobida ishlatiladigan ko‘pchilik so‘zlar hayotda qo‘llaniladigan xuddi shunday so‘zlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega bo‘lganligi sababli uni o‘rganish biroz qiyinroq tuyuladi. Har qanday til ham buxgalteriya hisobidek, jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojiga javoban rivojlanib va o‘zgarib boradi. Buxgalteriya hisobida qo‘llanib kelinayotgan qoidalar ham yoki ularning bir qismi jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling