Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Hisob-siyosatining tarkib topishi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Hisob-siyosatining tarkib topishi 
 
Hisob siyosatining tarkib topishi nafaqat hisob uslubiyatini usullarini, variantlarini tanlashni 
o‘z ichiga oladi, balki uni tashkil qilish va yuritish shakllarini ham aniqlash lozim. 
Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.Ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish. 
2.Buxgalteriya hisobi shakllarini tanlash. 
3.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish. 
4.Mulk va majburiyatlarni inventarizasiyasini o‘tkazish muddati va sonini aniqlash. 
5.Xo‘jalik aylanishi va hisob ma’lumotlarini qayta ishlash texnologiyasini qoidalarini ishlab 
chiqish va boshqalar. 
Endi bularni har qaysisi bo‘yicha alohida to‘xtalamiz. 
1. Ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish. Har bir korxona mustaqil ravishda, markazlashgan 
tartibda tasdiqlangan schyotlar rejasi asosida ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi 21-sonli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti bo‘lib, u 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan (23.10.2002yil). Mazkur 
schyotlar rejasi asosida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z ishchi schyotlar rejasini ishlab 
chiqadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt hamma schyotlardan, o‘zi uchun haqiqatda zarur bo‘lgan 
schyotlarni tanlashi, bo‘sh schyotlar kodlaridan yangi schyotlarni kiritishda foydalanishi mumkin. 
2. Buxgalteriya hisobi shakllarini tanlash. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mustaqil ravishda 
o‘zida qo‘llashi lozim bo‘lgan hisob shaklini tanlaydi. Jurnal-order shakli yoki boshqa shakl 


29 
bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobi shaklini tanlash bilan birga, qo‘llaniladigan hisob registrlari 
ro‘yxati, ularning tuzilishi, registrlarga yozuvlar ketma-ketligi va boshqalarni aniqlaydi. 
3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mustaqil ravishda 
buxgalteriya tuzilishini tashkiliy shakllarini tanlaydi. Buxgalteriya qanday bo‘limlardan tashkil 
topishi kerak. U o‘zining xo‘jalik va ishlab chiqarishlarini alohida balansga ajratishi mumkin va h.k. 
4. Mulk va majburiyatlarni inventarizasiyasini o‘tkazish muddati va sonini aniqlash. 
Inventarizsiyani tashkil qilish va o‘tkazish qonun-qoidalari 19-sonli Buxgalteriya hisobi milliy 
standartida ko‘rsatib berilgan. 
Milliy Standartda ta’kidlanishicha, hisobot yilida o‘tkaziladigan inventarizasiya soni, ularni 
o‘tkazish muddati, mulk va moliyaviy majburiyatlar ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari 
tomonidan o‘rnatiladi. 
5.Hujjat aylanishi va hisob ma’lumotlarini qayta ishlash texnologiyasini qoidalarini ishlab 
chiqish
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt mustaqil ravishda hujjat aylanishi va hisob ma’lumotlarini 
qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining xarakterli 
xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u xo‘jalik operasiyalarini hujjatlashtirishga asos-langan. 
Hisob ma’lumotlari hujjatlardan olinadi. Dastlabki hujjat-bu bo‘lib o‘tgan xo‘jalik operasiyasining 
yozma holdagi isbotidir. 
Shuning uchun ham buxgalteriyada hujjatlarni o‘z vaqtida to‘lg‘azish, to‘g‘ri to‘lg‘azish, 
hujjat aylanish tizimini har bir hujjat bo‘yicha ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 
“Faoliyatning xilma-xil turlari bo‘yicha yangiliklarni joriy etishning tezligi shunday 
operasiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday operasiyalar va vaziyatlar bo‘yicha 
BHMS hali ishlab chiqilmagan. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga hisob 
siyosatini tanlash va qo‘llanish yo‘li bilan erishiladi. Bunday siyosat xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan ushbu standartga muvofiq ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.”
3
Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish subyektning mablag‘larini hisobot yilida 
baholashning uslubiy qoidalarining yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling