9-mashg‘ulot. 5-semestr pul oqimlari to‘G‘risidagi hisobot


Download 60.77 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi60.77 Kb.
#1349467
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mashg‘ulot.

9-mashg‘ulot. 5-semestr


PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT




1. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning maqsadi va zarurati
2. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni va shakli
3. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti
4. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari .
5. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha yoritishlar


  1. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning maqsadi va zarurati




Xalkaro va mahalliy amaliyotda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot majburiy hisobotning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi, moliyaviy hisobotlarning foydalanuvchilarini korxonada hisobot yilida pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risida axborot bilan ta’minlashdir. Bu axborot quyidagi savollarga javob berishi lozim:
■ korxona o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida asosiy va aylanma aktivlarni sotib olishi uchun yetarli miqdorda pul mablag‘lari bilan ta’minlanganmi ?
■ korxona faoliyatini rivojlantirishni ta’minlash uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyalashtirishga extiyoj mavjudmi ?
■ korxona o‘z qarzlarini uzishi uchun yoki yangi mahsulotni o‘zlashtirish maqsadida ishlab chiqarishga yetarli darajada mablag‘ sarflash imkoniyatiga egami ?
■ korxona hisobot davrida qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshirganmi va bu xo‘jalik muomalalaridan olingan mablag‘lar qaysi maqsadlarda ishlatilgan ?
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yilning 4 noyabrida 519-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Pud oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» deb nomlangan buxgalteriya hisobning milliy standartida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hi-sobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‘lib xizmat kilishi bilan foydalidir.




  1. Download 60.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling