Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish
Download 30.38 Kb.
|
3 Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish 1. Inson mehnat faoliyatining turlari: 1. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi. Mehnat faoliyati turlari ichida eng ko‘p uchraydigan mehnat turi bo‘lib, maxsus mehnat vositalari yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab qilinadi, ya’ni sutkasiga 4000-6000 kkal va undan ortiq energiya sarflanadi. Ushbu mehnat turi ko‘p hollarda qo‘llanilishi bilan bir vaqtda, bir qancha kamchiliklarga ega. Hususan, ish unumdorligining past bo‘lishi, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, tez toliqish oqibatida ish kunining ko‘p vaqtini dam olishga sarflanishi (50%ga yaqin) va boshqalar. 2. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faoliyati turida ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi 3000-4000 kkal atrofida bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va asosiy ish texnika va texnik vositalar yordamida bajariladi. Bunday mehnat turida maxsus bilim va malaka talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida ishchi kuchining samaradorligi pasayadi, ammo masofadan turib qo‘l harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Demak, bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma’lumotlar asosida muayyan ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. 3. Yarim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insonning uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan mexanizmlar boshqaradi. Insonning vazifasi avtomatlashgan liniyalarga xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. Ushbu mehnat faoliyatida – ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, lekin inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 4. Avtomatlashgan mehnat turi. Fiziologik jihatdan ishchining ishga doimiy tayyorgarligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxushliklarni darhol bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday funksional holat “operativ kutish” deyiladi. Ish unumdorligi ishchining ishga bo‘lgan munosabati uning tezlik bilan ish ko‘rishi, vazifasiga masuliyat bilan yondashishi va boshqa holatlarga bog‘liq. 5. Konveer mehnat turi. Ushbu mehnat turining e’tiborli jihati - umumiy ish jarayonining alohida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, konveer tasmasi orqali biron-bir detalning har bir ish joyiga avtomatik tarzda yetkazib berilishidan iborat. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir maromda va berilgan ish su’ratida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi boshqaradigan ish operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Monotoniya - bu konveer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan biri bo‘lib, o‘z navbatida tez-tez toliqishga va asabiylashishga olib keladi. Buning oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlarning qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 6. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish bilan bog‘liq mehnat turi Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, uning hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunga fiziologik nuqtai nazardan qaralsa, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga bo‘linadi: birinchisida masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e’tiborini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi. 7. Aqliy mehnat turi Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqarishga aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnatda turli xil ma’lumotlarning tahlil qilinishi inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va bir kunlik energiya sarfi 2000-2400 kkal bo‘ladi. Aqliy mehnat uchun “gipokenziya” xarakterli xisoblanib, bu nafaqat inson faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o‘z navbatida, inson organizmining buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi. Gipokeneziya - ishlab chiqarishdagi noxush omillardan xisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak xastaligi kelib chiqishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: Operator ishi - zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga yetkazish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv mehnati - korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo‘lib, katta hajmdagi muammolarni, ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy muammolar yechimini topishni o‘z ichiga oladi. Ijodiy mehnat - anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo‘lib, bunda xotira va e’tibor kuchli bo‘lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizaynerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, konstruktor va boshqalar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo‘riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana xaroratining oshishi, organizning kislorodga bo‘lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati - ular har doim odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari sababli, ularda javobgarlikning oshishi, vaqt etishmasligi, ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilmasligi natijasida asabiy hayajonning oshishiga olib keladi. O‘quvchilar va talabalar mehnati – bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘z ustida mustaqil ishlash psixologik funksiyalarni: xotira, e’tibor, qabul qilish susayishiga, asabiy holatlarga tushib qolishga, zo‘riqishlarga olib keladi. Download 30.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling