Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik
Yer ostida ishlaydiganlar mehnati
Download 58.11 Kb.
|
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligidagi mutaxassislarga
- Quyish sexlari, domna va prokat ishlab chiqarish mutaxassislari.
Yer ostida ishlaydiganlar mehnati. Uzoq vaqt joyidan siljishlar va majburiy holatlarda (bukilib, o‘tirib, tizzalab, yotib) mehnat operatsiyalarini bajarishda, quyosh nuri va kislorodning yetishmasligida, nafas olishdagi qiyinchilik va havoning gazlashganligi, yorug‘likning pastligida, shuningdek, katta hajmdagi turli axborotlarda kuzatiladi.
Charchoq, ko‘pincha, og‘ir jismoniy mehnat va uning asab zo‘riqishiga ko‘ra paydo bo‘ladi, shuningdek, diskomfort sharoit, ya’ni changga to‘lalik, yuqori namlik va hokazolar tufayli ham yuz beradi. Bunday mehnat ishchilardan mustahkam sog‘liq, yuqori darajadagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Ilmiy texnika inqilobi yer ostida ishlovchilarning mehnat sharoitini tubdan o‘zgartirib yubordi. Qazib olib uni tashqariga chiqaruvchi texnika va transport mehnatidagi jismoniy qiyinchiliklarni sezilarli kamaytirdi, qisman yer ostida bo‘lish paytidagi diskomfort sharoitni bartaraf qildi. Natijada o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislar ishida asab-ruhiy zo‘riqish nisbatan kamaydi. Qishloq xo‘jaligidagi mutaxassislarga: agronomlar, zootexniklar va boshqalar mehnati kiradi. Ish kunining uzunligi va dam olishning yetishmasligi, doimiy faol harakat, yil davomidagi umumiy ish va harakat yuklamasidagi mavsumiy nomutanosiblik, aralash ish, manzildan manzilga siljishda piyoda yurishdan, otdan, mototsikldan, avtoulovdan foydalanish, tayanch-harakat apparatiga tushadigan katta yuklama, sezilarli jismoniy va ish kuni oxiriga borib aqliy-emotsional charchash ularga xos xususiyatlardir. Bu kabi mutaxassislardan mehnat va dam olish tartibi haqida, turli mashina va mexanizmlardan foydalanish paytida xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida, chiniqishning asosiy usullari haqida, quyi bo‘g‘inlarning mehnat usullari o‘zgarishi to‘g‘risida, ishlovchilarning faol dam olishlari uchun jismoniy madaniyat va sport vositalaridan foydalanish haqida bilimga ega bo‘lish, turmush sharoitini ko‘ngildagidek tashkil qilish talab qilinadi. Quyish sexlari, domna va prokat ishlab chiqarish mutaxassislari. Ular xomashyoni tayyorlash, metallarni silliqlash, ularni qoliðga solish va kesib, tozalash operatsiyalarini atrofni o‘rab turgan havo haroratining keskin o‘zgarishi paytida, har xil shovqin va umumiy tebranishlar sharoitida bajaradilar. Bu kasb egalari texnologik jarayonni vizual va instrumental kuzatib, mashina va agregatlarda ishlaydilar. Shu bois, ushbu kasb egalari quyidagi sifatlarni o‘zlarida tarkib toptirgan bo‘lishlari kerak: chaqqonlikning yuqori darajasi, yaxshi rivojlangan muvoza-natni saqlash va vestibulyar turg‘unlik, atrofni o‘rab turgan havo haroratining keskin o‘zgarishiga chidashni; irodaviy sifatlarning yuqori darajasi — jasurlik, jasorat, qat’iyatlikni; yurak qon-tomir va nafas olish hamda asab tiziminingyaxshi holatini. Zamonaviy domna va prokat ishlab chiqarishining mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi ishchilar va muhandistexnik xodimlarning mehnatini yengillashtirdi. Kemada suzuvchilar tarkibidagi ishchilarning jismoniy mehnati ham avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning o‘sishi bilan kamaymoqda. Dengizchilar mehnati va turmushida yetishmayotgan harakat faolligi jismoniy mashqlarga katta e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun dengizchilarga suzish, sho‘ng‘ish, suvga sakrash, eshkak eshish va boshqalar bilan ko‘proq shug‘ullanish zarur bo‘ladi. Chaqqonlik va harakat koordinatsiyasi, tezkorlik va sezgirlik harakati, ya’ni reaksiyalar aniqligi, chayqalishga chidamlilik, o‘zgaruvchan iqlim va haddan tashqari issiqlikka moslashish kabi zaruriy jismoniy sifatlar dengizchilarda tarkib topgan bo‘lishi kerak. Download 58.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling