ISHLAB CHIQARISHDAGI ASOSIY XARAJATLAR . BILVOSITA SOLIQLAR XIKMATOV ISLOM - 1. Ishlab chiqarish xarajatlari haqida tushuncha
- 2. Ishlab chiqarish xarajatlari turlari
- 3.Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
- 4.Bilvosita soliqlar
- KIRISH :
- ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
- Ishlab chiqarish xarajatlarini oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, xarajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi turlarga boʻlinadi: 1)doimiy xarajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati xarajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqalar; 2)oʻzgaruvchan xarajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar.
- 3)Umumiy (yalpi) xarajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisi. 3)Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — faqat mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan xarajatlar.
- 4)Bilvosita xarajatlar — maxsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan xarajatlar. 5)Oʻrtacha xarajatlar — maʼlum vaqt oraligʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar guruhi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan xarajatlarning oʻrtacha kattaligi. 6)Ekspluatatsiya (foydalanish) xarajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab chiqarish vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar
- Soliqlar,odatda,hukumat yoki shahar hokimiyati tomonidan jismoniy shaxslarning daromadlariga,biznes foydasiga yoki iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ayrim tovarlarga qo’shiladigan majburiy pul yig’imi yoki boshqa turdagi yig’imdir . Soliqqa tortish orqali to’plangan pul kasalxonalar va infratuzilmalar qurilishini o’z ichiga olgan davlatning harajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
- Soliqlar 2 turga bo’linadi :
- 1) Bevosita soliqlar
- 2) Bilvosita soliqlar
- Bilvosita soliq nima?
- Narxni yakuniy to'lovchidan vositachi tomonidan olinadigan bilvosita moliyaviy to'lov. Vositachi keyinchalik soliq deklaratsiyasini topshiradi va to'plangan summani vakolatli organga yoki hukumatga topshiradi. Egri soliqlarning ba'zi misollariga qo'shilgan qiymat solig'i, markaziy soliq, bojxona to'lovlari, xizmat ko'rsatish solig'i va qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar solig'i kiradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT - XULOSA
- Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyatidagi eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi .hamda bu mustaqil ishimiz orqali yuridik shaxslar to’laydigan bilvosita soliq tizimining bir bo’lagi hisoblanib , amalga oshirilayotgan soliq tizimidagi islohatlar mamlakatning iqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli ta’sir etishini ko’rib o’tdik .
- Foydalanilgan adabiyotlar.
- www.uz.thelittlecollection.uz sayti
- www.NORMA.uz sayti
- www.Oriens.uz sayti
- www.uz.unansea.com sayti
- www.uz.delachieve.com sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |