Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa XIL zararlanishlarini tekshirish hamda


IV. BAXTSIZ HODISALAR TO‘G‘RISIDA HISOBOT VA ULARNING KELIB ChIQIShI SABABLARI TAHLILI


Download 154.5 Kb.
bet4/9
Sana19.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1364990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish hamda hujjatlashtirish

IV. BAXTSIZ HODISALAR TO‘G‘RISIDA HISOBOT VA ULARNING KELIB ChIQIShI SABABLARI TAHLILI
1. N-1 shaklidagi dalolatnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga hamda uch ish kuni ichida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi.
2. N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar chog‘ida jabrlanuvchilar to‘g‘risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi va uni tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Shuningdek, jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilishi lozim.
3. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularning mehnat jamoasida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
4. Boshqaruv organlari barcha baxtsiz hodisalarning hisobini va tahlilini olib boradi, uni o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga ma’lumot uchun yuboradi. Tegishli kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
5. O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda yuqori turuvchi xo‘jalik organlarida va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va “O‘zenergoinspeksiya” hay’atida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi obyektda yuz bergan bo‘lsa) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori ishtirokida muhokama qilinadi.
6. Ikki va undan ziyod kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashida, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiyasi” hay’atida, baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir.
7. Baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish olib borayotgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining talabiga binoan hududiy ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash organlari (sud-tibbiy ekspertiza), yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati, yong‘in xavfsizligi davlat xizmati 3 sutkadan kechiktirmay, baxtsiz hodisaga taalluqli hujjatlar va materiallar nusxalarini taqdim etishlari shartdir.
8. Hududiy ichki ishlar organlari Davlat mehnat inspeksiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga hamda “O‘zenergoinspeksiya”ga ishning borishi to‘g‘risida axborot berib turadi.
9. Ushbu Nizomni buzishda ayblanuvchilar mavjud qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

1-ILOVA


“TASDIQLAYMAN”




N-1 shakli









Ish beruvchi





Bir nusxadan yuboriladi:



____________________________
(imzo, imzo yoyilmasi)

— jabrlanuvchiga (o‘lgan bo‘lsa oilasiga);

19 _____ yil ______________________

— mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga;

korxona muhri




— hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasiga























Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling