Ishlab chiqarishdagi shovqin va vibratsiyani
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliy mashg\'ulot
Umumiy ma’lumotlar
20-asr 70-yillarida shahar koʻchalaridagi Sh. 60—70 detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi . Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo’shilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi. Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada og’riq turgizadi va quloq shang’ib asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa fikrni to’plab, aqliy ish bilan shug’ullanishiga imkon bermaydi, butun diqqat-e’tiborni berib ishlash lozim bo’lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to’xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi. Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning ko’tarilishi) va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi. Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi: 1. Sanoat shovqin. 2. Transport shovqini. 3. Maishiy shovqinlar. Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijasida ham shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi. Shovqin darajasi yuqori bo’lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashi natijasida “vibratsion kasalik” ham uchrab turadi. Shovqin, titrash va ultra-infratovush qattiq jism, gaz hamda suyuqlik moddiy qismlarning mexanik tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya talablaridan ortiq bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra- infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli ta’sir qilib, keyinchalik og’ir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalaqit beradigan har qanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning ahvoliga yomon ta’sir qiladi, tez charchatadi, asab va yurak-tomir sistemasi ishini buzadi. Eshitish infratovush bilan og’riqning boshlanishi o’rtasidagi oraliq bo’lib, u taxminan 140 dB ni tashkil etadi . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling