Ishlab chiqarishdagi shovqin va vibratsiyani
Shovqin tasnifi va uni me’yorlashtirish
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliy mashg\'ulot
Shovqin tasnifi va uni me’yorlashtirish.
Shovqin - bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalarning mexanik tebranishidir. Bu tebranishlar to’lqinsimon ravishda tarqalib kishi qulog’iga borib yetadi va quloq pardasini bosadi, natijada tovush eshitiladi. Tovush eshitilishi uchun to’lqin ma’lum kuchga ega bo’lishi kerak. Bu kuch esa tovush to’lqining paskalda (Pa) o’lchanadigan bosimi bilan belgilanadi. Kishi qulog’i tovush bosimining 2x10 -5 dan 2x10 2 Pa gacha bo’lgan diapazonini qabul qila oladi. Pastki chegara ya’ni (R 0 =2x10 -5 Pa) kishi qulog’i ilg’ay oladigan minimal tovush bosimi - eshitish chegarasi deb ataladi. Yuqorigi chegara, ya’ni (R max =2x10 2 Pa), kishi qulog’i og’riq sezguncha chiday oladigan maksimal tovush bosimi –og’riq chegarasi deb ataladi. Og’riq chegarasidan yuqorida quloqlardan qon sizib chiqishi va quloq pardasining yirtilishi hollari bo’lishi mumkin. Ikki kishining o’zaro suhbati odatda 0,1 Pa bosimda kechadi. Chastotalari bo’yicha kishi qulog’i 20 dan 20000 Gers oralig’idagi tovushlarni qabul kiladi. Bu kichik va o’rta yoshdagi odamlarga xos. Kishi qariganda esa yuqorigi chegara 15000 Gs larga tushib qoladi, shuning uchun ko’pchilik kishilar qariganda yomon eshitadigan bo’lib qoladi. Kishi qulog’i ayniqsa 37,5-9600 Gs oralig’idagi chastotalar diapazonini yaxshi qabul qiladi. 20 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta chastotali tovushlar infratovush va ultratovush deyiladi. Bu oralardagi tovushlarni kishi qulog’i eshita olmaydi. 1985 yili London shahrining otchoparida, 49 yoshli Djeyms Leming ismli ixtirochi fizik, o`zi yasagan ul’tratovush miltig’i yordamida qirolicha poygasida birinchi bo`lib kelayotgan Grevill Ctarkni 110 ming funt sterling uchun otidan qulatadi. Bunda katta tezlikda chopib kelayotgan ot kutilmaganda yo`nalishini o`zgartirishi natijasida chavandoz otdan qo`lab tushadi. Keyinchalik sudda Starkning aytishicha, o`sha daqiqada uning qulog’i miya qobig’ini yorib yuborgudek kuchli tovush impul’sini sezgan ekan. Umumiy xavfsizlik talablari» (davlat standarti) ishchi joylarda tovush bosimini quyidagicha bo`lishiga ruxsat etiladi. 12500 Gts 75 dB 16000 Gts 85 dB 20000 Gts 110 dB Agar bir qancha shovqinlar birgalikda ta’sir qilganda, birinchisi boshlang’ichdan, ya’ni asos qilib olinganidan 10 marta katta bo’lsa, J j /J 0 =10. Bunda shovqin 1 B ga katta deb olinadi, chunki lg10=1. Agar J j /J 0 =100 bo’lsa 2B ga katta deb olinadi, chunki lg 100=2 va hokazo. Bel ancha katta qiymat. Odamning qulog’i odatda tovush kuchi o’zgarishning 0,1B ni payqaydi. Shuning uchun tovush kuchining o’lchov birligi qilib amaliyotda Belning undan bir bo’lagi bo’lgan detsibel (dB) qabul qilingan. Eshitishning yuqorigi maksimal chegarasi 13 B (130 dB) ga to’g’ri keladi. Bundan yuqori shovqinlarda quloqda og’rik paydo bo’ladi. Chastotasi bo’yicha shovqinlar uch sinfga bo’linadi: past chastotali-350 Gs gacha; o’rta chastotali-350 dan 800 Gs gacha; yuqori chastotali-800 Gs dan yuqori bo’lgan chastotali. Inson tanasiga ta’siri bo’yicha yuqori chastotali shovqinlar zararli hisoblanadi. Shovqinlar tovush bosimi, chastotasi, shovqin turi (tonal, keng mintaqali, impulsli) va ta’sir qilish vaqtining uzunligi bilan normalashtiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling