2-MAVZU
ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH TIZIMLARINING TASNIFI.
TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN
TIZIMLARINI TARKIBI VA STRUKTURASI
(4-soat)
Kimyo-farmatsevtik va biotexnologik ishlab
chiqarishlarni loyihalashda
muhandis-texnolog muhim o‘rin tutadi, u:
- jarayonning texnologik sxemasini ishlab chiqadi;
- jihoz-uskunalar tanlashni amalga oshiradi;
- moddiy balansni hisoblashni bajaradi (jarayonning
moddiy-texnik
boyliklarini harakatlantirishni miqdoriy baholashni o‘tkazadi);
- loyihaning umumiy muhandislik bo‘limlarini (qurilish, santexnik,
elektrotexnik qismlari va hokazo) ishlab chiqish
uchun texnik topshiriqni
tayyorlaydi.
2.1-rasm. Ishlab chiqarishni loyihalashtirish ketmaketligining blok-sxemasi.
Bir so‘z bilan aytganda,
- ishlab chiqilgan ob’ektning asosiy maqsadi:
- uning texnik tavsiflari;
- sifat ko‘rsatkichlari va texnikiqtisodiy talablari;
- hujjatlarni yaratishning kerakli bosqichlarini
bajarishga oid topshiriq va
uning tarkibi;
- buyumga maxsus talablarni belgilaydi.
Mutaxassislarning harakatlarini muvofiqlashtirish va loyihaning barcha
bo‘limlarini o‘z vaqtida bajarish uchun ushbu harakatlarni
bajarish davriga
loyihaning bosh muhandisi tayinlanadi.
Loyihaning bosh muhandisi:
- loyihaning texnik echimlarining to‘g‘riligi;
- bajarilishi muddatlari;
- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun javobgar bo‘ladi.
Bosh muhandis loyihani ishlab chiqish va
uni amalga oshirish davrida
loyihaning texnik rahbari bo‘ladi. Ushbu lavozimga muhandis-texnologni tayinlash
samaraliroq bo‘ladi, u boshqa yo‘nalish mutaxassislariga nisbatan tezroq va
malakali tarzda texnologik jarayonning mohiyatini
tushunib olishi va qabul
qilingan loyihaviy qarorlarning to‘g‘riligini baholashi mumkin (2.1-rasm).