Ishlab chiqarishni boshqarish


-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti


Download 21.15 Kb.
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi21.15 Kb.
#1029684
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1447862839 62347

5-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti


Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har bir tsexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi:


Ik Ich Т А I

IChv


Bu erda: Ik - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil);


IChv - ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmetlari, ya'ni xom-ashyo, materiallar va mehnat qurollari, ya'ni mashina, asbob-uskunalar, o’lchash, hisoblash asboblari va hk.);
Ich - ishlab chiqarish jarayoni;
T - taqsimot;
A - ayirboshlash;
I - iste'mol.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali iste'mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:

Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Chunonchi:

  • ishchi kuchini boshqarish;

  • ishlab chiqarish vositalarini boshqarish;

  • texnikua va texnologiyani boshqarish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish;

  • mahsulot sifatini boshqarish;

  • investitsiya samaradorligini boshqarish;

  • innovatsion jarayonni boshqarish va b.

Qayd qilingan ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi.



Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling