Ishlab chiqarishni boshqarishda ―ob‘ekt va sub‘ekt tushunchalari


chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon


Download 0.9 Mb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1003954
1   2   3   4
Bog'liq
MENEJMENT 2-JN

chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon
bo’ladi.
Xom-ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:
• materiallar sarfi normalarining kamayishida;
• unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;
• pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida;
• mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi.
Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:
• mehnat unumdorligining oshishida;
• mashinalar chidamliligining uzayishida;
• zaxiradagi mashinalarga bo’lgan talabning qisqarishida;
• ta'mirtalab mashinalar sonining kamayishida;
• kapital sarflariga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va hk.
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta'sir ko’rsatadi:
 ishlab chiqarish vositalari sifati; xom-ashyo va materiallar sifati;
ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi,
izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi;
 ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san'ati.
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat
haqida qayg’urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni
quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
• ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani,
standartlarni ishlab chiqish va hk.;
• ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
yo’l qo’ymaslik;
• ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat
ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
• kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni
tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;
• ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat
ehtiyot yoki joriy nazorat;
• tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga
bo’linadi.
Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan
talablarga muvofiqligini tekshirishdir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
KAMCHILIKLAR BÒLSA UZR SÒRIYMAN.
DARSDA QATNASHGANLARIMIZNI HAM INOBATGA OLASIZ DEGAN UMIDDAMAN
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling