Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
Download 27.96 Kb.
|
Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ixtisoslashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlari
Optimal yiriklikdagi korxonalar deb, texnika taraqqiyotining hozirgi davrida mahsulot ishlab chiqarilishi va uni iste’molchilarga yetkazilishining minimal darajadagi ijtimoiy mehnat xarajatlari evaziga ta’minlaydigan korxonalarga aytiladi.
Optimal yiriklikdagi korxonalar o’zaro bog’langan yirik, o’rtacha va kichik ishlab chiqarishlarni o’z ichiga olib, agar ularning har biri oqilona ixtisoslashgan bo’lsa, yirik korxonalarning barcha afzalliklarini o’zida saqlab qoladi. Demak, kelajakda O’zbekistonda madaniy-lashgan, to’laqonli, bozor iqtisodiyotini yaratish, iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish jarayoni yirik va o’rta korxonalarni oqilona uyg’unlashtirishni taqozo etadi. 3. Ixtisoslashtirish, uning shakllari va ko’rsatkichlariIjtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda uni ratsional tashkil etish, jumladan, ixtisoslashtirish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish (frans. – specialisatian, lotincha specialis – ayrim, maxsus) – ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish xilma-xil mahsulotlarni, ularni ishlab chiqarishning turli bosqichlarini bir biridan ajralib chiqishi tufayli yangidan yangi ko’pgina ishlab chiqarish sohalarining vujudga kelish jarayonidir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida qishloq xo’jaligi, sanoat, qurilish va boshqa har xil ishlab chiqarishlar mustaqil soha bo’lib ajralib chiqqan. Bu sohalarning o’z ichida ham ajralib chiqish sodir bo’lishi natijasida biron alomatiga ko’ra bir-biriga yaqin korxonalarni birlashtiruvchi ixtisoslashgan tarmoq vujudga kelgan. Alohida ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar bir xil yoki turli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga quyishga erishganlar hamda maxsus, o’ziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlar bilan ajralib turgan va turishi mumkin. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning eng birinchi va elementar shakli sanoatning boshlang’ich shakli bo’lmish hunarmandchilik bilan birga vujudga keldi. Mehnat taqsimoti asosida rivojlanayotgan tovar xo’jaligi natural xo’jaligi, ishlab chiqarishning universalizmini yemirib tashladi. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling