Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
Xomashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan
Download 35,06 Kb.
|
Ishlab chikarishni ijtimoiy tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
Xomashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan kombinatlashtirish eng rivojlangan ishlab chiqarish bo’lib juda katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Chunki bu shaklda xomashyo, materiallar va chiqindilardan to’la-to’kis foydalanish mumkin bo’ladi. Kombinatlashtirishning bunday zarurligi xomashyo tarkibida turli elementlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Masalan, Ohangaron rudalarining ko’p qismi kompleks, polimetallik tavsifga ega bo’lib, ulardan ba’zi bir elementlarning qiymati mis qiymatidan 9-10 barobar yuqoridir. Hozirgi zamon texnika va texnologiyasi yordamida u yerda mis bilan birga oltingugurt, qalay, qo’rg’oshim, oltin, selen, telur va boshqa bir qator nodir buyumlar olinmoqda.
Alohida kombinatning rivojlanish darajasi o’sha kombinat qamrab olgan tarmoqlar va ishlab chiqarish stadiyalarining soni bilan tavsiflanadi. Shu sababli odatda to’la-to’kis va to’la bo’lmagan kombinatlarni farqlaydilar. Masalan, to’la-to’kis to’qimachilik kombinati barcha bosqichlar (yigirish, to’qish va pardozlash) ni qamrab oladi. To’la bo’lmagan to’qimachilik kombinati esa o’z ichiga bir yoki ikki bosqichni oladi. O’zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori darajaga ko’tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo, to’qimachilik va oziqovqat sanoatida keng tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda yirik, dunyo miqyosida tan olingan kombinatlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular jumlasiga Navoiy tog’-kon metallurgiya kombinati, Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati boshqalarni kiritish mumkin. Qisqacha xulosalar
Download 35,06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling