Ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash


ISHLAB CHIQARISHNI TAYYORLASHNI REJALASHTIRISH


Download 251.73 Kb.
bet2/2
Sana25.04.2023
Hajmi251.73 Kb.
#1397895
1   2
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISHNI 25.03

3. ISHLAB CHIQARISHNI TAYYORLASHNI REJALASHTIRISH
Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni (ishlarni bajarish, hizmat ko‘rsatish) tayyorlashning ushbu bosqichi rejalashtirilayotgan davr uchun loyihalashtirilishi yoki modernizatsiya qilinadigan mahsulotlar turlarini aniqlashtirishdan boshlanadi. Loyihalashtirilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi ishlab chiqarish rejasi va bozorni o‘rganish natijalari asosida aniqlanadi. Ishlab chiqarishni tayyorlash rejasiga shuningdek ishlab chiqish muddatlari uzoq bo‘lgan o‘tuvchi ob’ektlar ham kiritiladi. Ularga avvalgi jarayon davrida tugallanmagan, keyingi davrga o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish rejasda ko‘zda tutilmagan mahsulotlarni loyihalashtirish uchun ishlar hajmi zahirasi kiritiladi.
Har bir tadbir uchun texnik tayyorlashning bosqichlari va hajmlari ishlab chiqarishning texnologik murakkabligi, korxona ko‘lami va boshqa qator omillar bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Me’yorlar, namunaviy bosqichlar va ish turlari ro‘yhati asosida har bir bosqich bo‘yicha tayyorgarlik bosqichlari, ularni bajaruvchilari, har bir bosqichni boshlanish va yakunlash muddatlari ko‘rsatilgan ishlab chiqarishni texnik tayyorlash reja-grafigi tuziladi.
Texnik tayyorlashni rejalashtirish bilan bosh muhandis hujurida yoki korxonaning texnik bo‘limlaridan birida tuziladigan maxsus guruhlar shug‘ullanadi. Ular oldiga loyihani amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida texnik tayyorlash muddatlarini qisqartirish, uni amalga oshirish sarflarini kamaytirish, bajaruvchilar ishi sifati va reja ijrosi bo‘yicha intizomini oshirish vazifasi qo‘yiladi. Buning uchun bajarishning eng maqbul ketma-ketligi belgilanadi va bajariladigan ishlarni texnologik bo‘linmalar va ishlab chiqarish hizmatlari bilan parallel va parallel-ketma-ket olib borish hisobiga maksimal darajada birga olib borish ko‘zda tutiladi.
Loyihalash ishlarini boshlash va yakunlash muddatlari mahsulot ishlab chiqarish rejasi va uni ishlab chiqarishssikli davomiyligi asosida aniqlanadi. Mahsulotni (ishlarni, hizmatlarni) ishlab chiqarish bo‘yicha tayyorgarlik muddatlarini belgilash bilan bog‘liq barcha hisoblashlar ishlab chiqarishni tashkil etish me’yorlari (mahsulotdagi original detallar soni, ishlab chiqish kerak bo‘lgan moslama talab etiladigan texnologik jarayonlar soni) va mahsulotni loyihalashtirish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, moslamani yasash mehnat sig‘imlari me’yorlari asosida bajariladi. Bu me’yorlar asosida ishlab chiqarishni tayyorlashning barcha bosqichlari bo‘yicha ishlar hajmi, mehnat sig‘imi va davomiyligi aniqlanadi. Ishlar hajmi miqdoriy qiymatlarda (chizma listlari, texnologik jarayon xaritalari) va odam-soatlarda hisoblanadi.
Korxonalarda ishlarni loyihalashtirish mehnat sig‘imini aniqlashning turli usullari qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash mehnat sig‘imini hisoblashda detal (shartli detal) uchun, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda esa operatsiya yoki opretsiyalar guruhi uchun sarflanadigan mehnat sig‘imi olinadi.
Download 251.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling