Ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash


Download 251.73 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi251.73 Kb.
#1397895
  1   2
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISHNI 25.03


ISHLAB CHIQARISHNI
KONSTRUKTORLIK VA TEXNOLOGIK TAYYORLASH

Reja
1. Ishlab chiqarishni tashkiliy tayyorlash.
2. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash.
3. Ishlab chiqarishni tayyorlashni rejalashtirish

1. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKILIY TAYYORLASH


Ishlab chiqarishni tashkiliy tayyorlash quyidagilarni qamrab oladi: ishlab chiqarishni tayyorlash reja-grafigini tuzish; tezkor rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish usullarini tanlash va takomillashtirish; korxonani boshqarish tarkibi; mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va chiqarishni rejalashtirish uchun kalendar-rejali me’yorlarni ishlab chiqish;ssexlar va uchastkalar ixtisoslashuvini rivojlantirish; qo‘shimcha jihozlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash; eng maqbul ishlab chiqarishssikli va partiya o‘lchamini aniqlash; jihozlar o‘rnashuvini qayta rejalashtirish, ularga hizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish; texnologik jarayonlar va tayyorlangan texnologik jihozlarni attestatsiyadan o‘tkazish; asosiy va qo‘shimcha jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash vositalarini tadbiq etish; yordamchi ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalari rejalashtirish va ishlab chiqarishini tashkil qilishni yaxshilash;
asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlari orasidagi bog‘lanishlarni takomillashtirish; yangi mahulotlarni ishlab chiqarish uchun materiallar, yarim tayyor materiallar, asboblar va moslamalarni sinash; ichki va zavodlararo kooperatsiyalashuvni kengaytirish; mahsulotlarga sotuvdan keyingi hizmat ko‘rsatilishini tashkil etish va boshqalar.
Tashkiliy tayyorlash shuningdek ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish uchun me’yorlarni (ishlab chiqarishni tayyorlash bo‘yicha alohida ish turlarini bajarish mehnat sig‘imi me’yorlari, ishlab chiquvchining bir soat ishi narxi, mahsulotni ishlab chiqarish uchun turli asosiy va yordamchi materiallarning sarfi me’yorlari) ishlab chiqishni ham ko‘zda tutadi. Me’yorlar va nomativlar ilgari o‘zlashtirilgan mahsulotlar bo‘yicha amaldagi va me’yor bo‘yicha ko‘rsatkichlarni to‘plash va tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi.
Tashkiliy tashkil etish texnik tashkil etish bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, korxonaning deyarli barcha bo‘limlari tomonidan bajariladi.
Korxonalardagi tashkiliy tayyorlash ishlari hozirgi kunda material-texnik ta’minoti va sotish bo‘limlarini marketing bo‘limiga kiritish orqali qayta tashkil etish yo‘li bilan katta o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ularning vazifasi – korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Strategiyaning asosiy maqsadi sotish hajmini oshirish, kerakli iste’molchilar va ta’minlovchilarni izlash, talablarni bashorat qilish, bozorni o‘rganish va segmentlarga ajratish va boshqalardan iborat.
2. ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK TAYYORLASH
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash – yangi turdagi mahsulotlar va texnologik jarayonlarni tezkor yaratish va ishlab chiqarishni joriy etish, shuningdek mavjudlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq ilmiy, loyiha-konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish-ho‘jalik tadbirlari majmuidir (1-rasm).

“Ilm-fan – texnika – ishlab chiqarish – iste’mol qilish” tizimida texnik tayyorlash ilm-fan mahsulotlari yangi va ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsulotlariga aylanuvchi bo‘g‘im vazifasini bajaradi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning quyidagi shakllari ma’lum:
• to‘liq, yangi yoki modernizatsiyalanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish va ta’mirga tayyorlashni tashkil qilishda foydalaniladi, u “Ilm-fan – texnika – ishlab chiqarish” tizimi bo‘yicha ishlarni to‘liqssiklini qamrab oladi;
• kichik, unchalik murakkab bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil qilishda, standart jihozlar va boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni joriy etishda keng qo‘llaniladi;
texnologik, murakkab jihozlar, oqim liniyalari, boshqaruv tizimlarini joriy etishda qo‘llanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash qator bosqichlardan tarkib topadi:
• ilmiy-tadqiqiy tayyorgarlik – ilmiy tadqiqotlar va texnik marketing. Korxonada marketing hizmati tomonidan bajariladi va ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini ishlab chiqarishni tayyorlash bilan uzviy bog‘lanishini ko‘zda tutadi.
• konstruktorlik tayyorgarlik – yangi mahsulotni yaratish va maromiga etkazish bo‘yicha loyiha-konstruktorlik va tajriba-eksperimental ishlarni, mahsulotlarning mavjud konstruksiyalarini modernizatsiyalashni, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishni, chizma ho‘jaligini tashkil etishni qamrab oladi (1-jadval).
1-jadval
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning turli bosqichlarida echiladigan masalalar


Bunday tayyorgarlik mashinasozlik korxonalarida, qisman lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarida amalga oshiriladi. Konstruktorlik hujjatlarining unifikatsiyasi Konstruktorlik hujjatlarini yagona tizimi (KHYAT) standartlaridan foydalanish orqali erishiladi. Tizimdan foydalanish:
• ishlab chiqarishni tayyorlash mehnat hajmini kamaytiradi va muddatlarni qisqartiradi;
• mavjud ishlab chiqarishni tezda qayta sozlash uchun hujjatlarni tezkor tayyorlash vaqtini kamaytiradi;
• ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari yagona axborot bazasini yaratish imkonini beradi;
• mahsulotni sertifikatsiflashdan o‘tkazishga yordam beradi.
Ta’mirlash ishlab chiqarishida konstruktorlik tayyorlash texnik-iqtisodiy asoslash, yig‘ish birliklari va detallarni ishlab chiqishga, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalashga eskizli va texnik loyiha tuzish, texnik shartlar va ta’mirlash o‘lchamlarini ishlab chiqish, yig‘ish birliklari va detallarini unifikatsiyalash va standartlashtirish. U lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarida tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlash qoidalari va alohida yig‘ish birliklarini ta’mirlash uchun texnik shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar alohida rahbariy hujjatlar bilan reglamentlanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash – ishlab chiqarishni texnologik tayyorligini ta’minlovchi tadbirlar majmuidir. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorligi korxonada belgilangan hajmdagi mahsulotni o‘rnatilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tayyorlash uchun kerakli konstruktorlik va texnologik hujjatlarning to‘liq komplekti hamda texnologik jihozlash vositalari mavjudligini tavsiflaydi. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash konstruktorlik tayyorlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, mahsulot mazkur korxonadagi mavjud sharoitlarda qanday ratsional usul (muddatlari va resurslar sarfi), texnik usullar va vositalar yordamida ishlab chiqarilishi yoki ta’mirlanishi lozimligini belgilaydi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning asosiy vazifasi – mahsulotni ishlab chiqarish va ta’mirlashning yuqori sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish prinsiplariga rioya qilish uchun sharoitlar yaratish, jihozlar va ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishni yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, materiallar va energiya resurslari sarfini kamaytirishdir.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni tashkil etish va boshqarish tizimi Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimi (ITTYAT) davlat standartlari bilan reglamentlanadi. ITTYATni doriy etish namunaviy texnologik jarayonlardan foydalanishni 14-60 % ga, standart qayta sozlanuvchi jihozlardan foydalanishni 20-80 % ga, agregatli qayta sozlanuvchi texnologik jihozlardan foydalanishni 2-10 % ga oshirish, ishlab chiqarishni yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun tayyorlash muddatlarini 1,5-2 barobar kamaytirish imkonini beradi; ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish uchun asos yaratadi. Bunda texnologik jarayonlarni loyihalashtirishda muhandislik ishlari sarfini 15-35 % ga kamayishiga erishiladi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashda hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va aylanmasi Texnologik hujjatlar yagona tizimi (THYAT) standartlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. THYAT ni joriy etish texnologik hujjatlarni ishlab chiqish vaqtini 35-40 % ga qisqartirish imkonini beradi.
Tashkil etish belgilari va texnologik tayyorlash ishlari xarakteri bo‘yicha korxonalar (ishlab chiqarish turi va sohasiga ko‘ra) qator guruhlarga bo‘linadi:
• yirik diversifikatsiyalangan (eng avval yalpi ishlab chiqarish), texnologik loyihalashtirishning butun hajmini mustaqil bajaruvchi, xususiy ehtiyojlari uchun texnologik tayyorgarlikni amalga oshiruvchi, shartnomalar asosida boshqa korxonalarga texnologik yordam ko‘rsatuvchi;
• o‘rta, texnologik hizmat etarli rivojlanmagan va butun ishlar kompleksini bajarishga tayyorlanmagan. Ular ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida mustaqil ravishda texnologik hujjatlarni ishlab chiqadilar va o‘z korxonalarining mavjud sharoitlaridan kelib chiqib texnologik tayyorlash bo‘yicha kerakli ishlar kompleksini bajaradilar;
• kichik, ular uchun barcha texnologik hujjatlar shartnoma asosida ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash quyidagilarni ta’minlaydi:
• barcha korxonalar uchun fan, texnika va ishlab chiqarishning ilg‘or yutuqlariga mos (xususan, ularni kompyuterlashtirish) texnologik tayyorlashning usullari va vositalarini tanlash va qo‘llash bo‘yicha yagona tizimli yondashuv;
• yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni qisqa muddatlarda, mahsulotni yaratishning barcha bosqichlarida uni tayyorlash uchun mehnat va material sarflari bilan (tajriba namunalari, shuningdek yakka ishlab chiqarish mahsulotlari bilan birgalikda) o‘zlashtirish;
• yuqori darajada moslashuvchanlikka ega (uni uzluksiz takomillashtirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tez qayta sozlashni amalga oshirish imkoniyati mavjud) ishlab chiqarishni tashkil etish;
• muhandislik-texnik ishlar kompleksini (EHM negizida jihozlar va texnologik hujjatlarni loyihalashtirish) mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan xolda ratsional tashkil etish.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash lokomotivlarni ta’mirlash korxonasida asosiy hisoblanadi. YAngi mahsulotni (ishlar, hizmatlar) loyihalashtirishning barcha bosqichlarida va ishlab chiqarishni boshlash haqida qaror qabul qilishda yangi mahsulot yaratishning iqtisodiy jihatdan eng maqbul varianti tanlanadi, u texnik mukammallikligi bilan bir vaqtda ishlab chiqarish va foydalanishda ham samarali bo‘lishi kerak. SHuning uchun loyiha ustida ishlashda muhandis-tadqiqotchilar bilan bir qatorda ovoz berish huquqiga ega marketologlar va iqtisodchilar ham faol ishtirok etadilar.

Download 251.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling