15
3. Gyemopoetik sinflar hujayralari.
4. Gyemopoez o‘siqlari.
5. Gyemopoez o‘siqlari rivojlanishi.
6. Gyemopoez regulyatsiyasi
7. Gyemopoez uchun zarur moddalar
1.3. Anemiyalar differensial diagnostikasida qon va suyak ko‘migi
sitologik diagnostikasi.
Mashg’ulot maqsadi: anemiya,
anemiyalar tasnifi, temir tanqislik
anemiyasida qon va suyak ko‘migidagi o‘zgarishlar, megaloblast anemiyada qon va
suyak ko‘migidagi o‘zgarishlar, o‘tkir postgemorragik
anemiyada qon va suyak
ko‘migidagi o‘zgarishlar, gemolitik anemiya da qon va suyak ko‘migidagi
o‘zgarishlar, gipo-, aplastik anemiyada qon va suyak ko‘migidagi o‘zgarishlar bilan
tanishtirish.
Anemiya - klinik-gematologik sindromlar guruhi bo‘lib,
ularning umumiy
belgisi qonda gemoglobin va eritrositlar miqdorining kamayishi bilan
xarakterlanadi.
Eritrositlar tarkibidagi gemoglobin kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga va
karbonat angidridni to‘qimalardan o‘pkaga transport qiladi.
Anemiya bilan
kasallangan bemorlarda to‘qimalarda kislorod tanqisligi - gipoksiya belgilari
rivojlanadi.Yengil anemiyalarda
bemorlarni umumiy holsizlik, tez charchash,
diqqat buzilishi bezovta qiladi.Og’ir darajali anemiyada biroz jismoniy zo‘riqishda
hansirash,
yurak urib ketishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi,
quloqda shovqin,
ishtaha buzilishi qo‘shiladi.O‘ta og’ir darajali anemiyada,
ayniqsa xamroh
patologiya bo‘lganda yurak yetishmovchiligi qo‘shiladi. Anemiya kuchayishi teri
va shilliq qavatlar rangparligining oshishi bilan xarakterlanadi.
Anemiyalar tasnifi:
1. Eritrosit o‘lchami bo‘yicha:
mikrositar anemiya (temir tanqislik anemiyasi)
16
makrositar anemiya (vitamin B
12
tanqislik,
foliy kislota tanqisligi
anemiyasi)
normositar anemiya (gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metaplastik
anemiya)
Do'stlaringiz bilan baham: