30
4. Hujayralar morfologik va metabolik atipizmi.
5. Qon yaratish a’zolarida metaplaziya.
6.
Periferik qonga yyetilmagan, atipik hujayralar chiqadi.
7. Gemopoezda ishtirok etmaydigan a’zolar va to‘qimalarda
qon yaratish
o‘choqlari paydo bo‘lishi (jigar, buyrak, teri osti kletchatkasi, ichak va b.).
Leykozlar o‘sma hujayralar differensirovkasi va yetilish xususiyatlariga ko‘ra
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. O‘tkir leykoz (o‘sma substrati yyetilmagan blast hujayralari).
2. Surunkali leykoz (o‘sma substrati yetilayotgan va yyetilgan hujayralar).
O‘tkir leykoz - yyetilmagan hujayralaridan
tashkil topgan qon tizimi
geterogen, klonli xavfli o‘sma kasalliklaridir.
Leykemik hujayralar sitomorfologik va sitoximik hususiyatlariga ko‘ra o‘tkir
leykozlar uch guruhga bo‘linadi:
1. O‘tkir mieloblast leykoz;
2. O‘tkir limfoblast leykoz;
3. Differensiallashmagan leykoz.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, o‘tkir leykozda periferik qon va suyak ko‘migida
blast hujayralar 20% va undan ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: