Ishlab chiqaruvchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana09.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1473285
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi o\'quv uslubiy qollanma (1)

 
 


32 
1.7. Surunkali leykoz, tushunchasi, klassifikatsiyasi, asosiy klinik-
laborator markerlar. Surunkali leykozda qon va suyak ko‘migi 
sitologik diagnostikasi. 
Mashg’ulot maqsadi: surunkali leykoz, surunkali miyeloleykoz, surunkali 
miyeloleykoz surunkali, akseleratsiya va terminal bosqichi sitologik diagnostikasi
surunkali miyeloleykoz sitologik diagnostik mezonlari, surunkali limfoleykoz
surunkali limfoleykoz surunkali va terminal bosqichi sitologik diagnostikasi bilan 
tanishtirish. 
Surunkali leykoz qon yaratuvchi a’zolar o‘sma kasalligi bo‘lib, o‘sma 
hujayralari 
yetilish 
hususiyatlarini 
saqlagan 
holda 
yyetilgan
hujayralargachadifferensatsiyalanadi. Surunkali leykozlar orasida surunkali 
mieloleykoz va surunkali limfoleykoz eng ko‘p uchraydi. 
Surunkali miyeloleykoz miyelopoez oldi hujayrasidan rivojlangan qon 
yaratish tizimi o‘sma kasalligidir. Surunkali miyeloleykoz asosiy sitomorfologik 
substrati yetilayotgan va yyetilgan granulotsitlar - promiyelosit, miyelosit, 
metamielosit, tayoqcha yadroli va segment yadroli neytrofillar.
Surunkali miyeloleykoz asosan 30 - 60 yoshda uchraydi. Klinik kechishi 3 
bosqichdan iborat: 
1) surunkali (yaxshi sifatli); 
2) akseleratsiya bosqichi; 
3) terminal bosqich (poliklon, xavfli). 
Surunkali miyeloleykoz surunkali bosqichi sitologik diagnostikasi 
Periferik qonda: 
1. Yengil darajadagi normoxrom anemiya. 
2. Leykotsitoz 50-1000x10
9
/l. 
3. Tayoqcha yadroli neytrofillar oshishi. 
4. Qonda metamiyelosit, miyelosit, promielositlar paydo bo‘lishi. 
5. Granulositlar anizositozi, yadro va sitoplazma vakuolizatsiyasi, yadro 
polimorfizmi, neytrofill granullalari bo‘lmasligi (gipo- va agranulyatsiya). 
6. Kam miqdorda blastlar chiqishi mumkin. 


33 
7. Eozinofil-bazofil assotsiatsiya (eozinofil va bazofillar oshishi). 
8. Limfotsitlar kamayishi. 
9. 40% hollarda trombotsitoz 600-1000x10
9
/l gacha. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling