Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YICHA NAFAQALAR TAYINLASH VA TO‘LASH TARTIBI
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................................ 324
164
236
KIRISH O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining barqaror sur’atlarini taʼminlash Oliy taʼlim muassasalarida malakali va kuchli raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash tizimini isloh etishni taqozo etadi. Mustaqillik davrida taʼlim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlari va malaka talablari ishlab chiqildi, amaliyotga joriy etildi va muttasil takomillashtirilib borilmoqda. 5520100 – Ijtimoiy ish (pensiya taʼminoti) yo‘nalishi Davlat taʼlim standarti va malaka talablarida «Ijtimoiy sug‘urta» fanini o‘qitish nazarda tutilgan. «Ijtimoiy sug‘urta» fani iqtisodiyot sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu holatni mamlakatimizda olib borilayotgan faol ijtimoiy siyosat doirasidagi islohotlarda ijtimoiy sug‘urtaning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganligi orqali kuzatish mumkin. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi bandi aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish va 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish va ijtimoiy sug‘urtani samaradorligini oshirishga qaratilgan qator ustuvor vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida»1 jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida: 2026 yilga qadar ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tizimi bilan to‘liq qamrab olish; ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish; kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish; «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida maʼlumotlar bazasini yaratish, jumladan «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ni «Ijtimoiy himoya yagona ryestri» bilan integratsiya qilish; ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash taʼtilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish; bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash amalga oshirilmoqda. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ijtimoiy sug‘urta aholini ijtimoiy himoya qilish instituti, moliya tizimi va sug‘urta sohasining muhim elementi hisoblanib, iqtisodiyoti rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining eng muhim ijtimoiy kafolati sifatida namoyon bo‘ladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tarkibidagi Bolalar fondi (ЮНИСЕФ), Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, «dunyo aholisining bor-yo‘g‘i 45 foizi ijtimoiy himoya tizimi doirasidagi pulli to‘lovlarning kamida bitta turi bilan taʼminlangan, qolgan 55 foizi (yaʼni, 4 milliardga yaqini) hech qanday moliyaviy yordam olmagan»2. Bir vaqtning o‘zida, dunyo aholisining boshqa guruhlari yetarli darajada ijtimoiy himoyaga ega emas, jumladan, «jami ishsizlarning faqat 22 foizi ishsizlik nafaqasini, nogironlikning og‘ir shaklida bo‘lgan shaxslarning faqat 28 foizi nogironlik nafaqasini oladi»3. Bunday sharoitda aholini ijtimoiy himoya qilishda ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish masalalari alohida dolzarblik kasb etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadi talabalarga ijtimoiy sug‘urta nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha chuqur bilim berish, ularda atroflicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday maqsadga erishish uchun sohaning bo‘lg‘usi mutaxassislari ijtimoiy sug‘urtaning kelib chiqish tarixi va shakllanishi, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida ijtimoiy sug‘urtaning roli, majburiy pensiya sug‘urtasini tashkil etish nazariyasi va amaliyoti, majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani tashkil etish nazariyasi va amaliyoti, majburiy kasbiy sug‘urtalashning turlari va kasb kasalliklari sug‘urtasini tashkil etish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashni tashkil etish nazariyasi va amaliyoti, ijtimoiy sug‘urta rivojlanishining xorij mamlakatlari tajribasi to‘g‘risida aniq tasavvurga va mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lmoqlari darkor. O‘quv qo‘llanmaning I va II boblarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi hamda XVI-XIX asrlarda sug‘urta institutlari faoliyatiga asoslangan ijtimoiy himoya haqidagi nazariy tasavvurlarning shakllanishi yoritilgan. Qo‘llanmaning III, IV va V boblarida majburiy pensiya sug‘urtasini, majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani, majburiy kasbiy sug‘urtalashning turlari va kasb kasalliklari sug‘urtasini, vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashni tashkil etish nazariyalari va amaliyoti bayon qilingan. O‘quv qo‘llanmaning VI, VII, va VIII boblarida ijtimoiy sug‘urta rivojlanishining xorij mamlakatlari tajribalari qiyosiy o‘rganilgan. O‘quv qo‘llanmada har bir mavzuning kontenti ma’ruza matni, nazorat savollari, mustaqil taʼlim mavzularidan tashkil topgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning yaratilishida yaqindan yordam bergan Ustozimiz, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Vaxabov Abduraxim Vasikovichga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Eʼtiboringizga havola etilayotgan ushbu kitob ayrim kamchiliklardan holi bo‘lmasligi, tabiiy. Uning sifatini oshirishga xizmat qiluvchi taklif-mulohazalarni muallif samimiylik bilan qabul qiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling