Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-§. O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta xizmatlari bozorini shakllanishi, xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari va muammolari
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.10-rasm. Sug‘urta to‘lovlari tarkibida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari ulushi nisbatan, foiz hisobida 220
5.5-§. O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta xizmatlari bozorini shakllanishi, xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari va muammolari
Aholini ijtimoiy himoya kilish tizimini rivojlantirishda ijtimoiy sug‘urta muhim o‘rin egallaydi. Bugungi kunda sug‘urtalash mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Hukumat tomonidan sug‘urta sohasini isloh qilish borasida qator chora-tadbirlar va dasturlar amalga oshirildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatda aholini ijtimoiy himoya kilish tizimida sug‘urta bozori shakllanishini taʼminladi. O‘zbekistonda sug‘urta sohasi iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining jadallik bilan rivojlanayotgan sektorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekistonda 40 ta sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyatini amalga oshirib, kompaniyalarning 3 tasi hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyat yuritmoqda. «2019 yilda sug‘urta summasi jami 690462,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 15,6 foizga ko‘paydi. Ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 68,0 foiz bo‘lsa, 32,0 foizi majburiy sug‘urtaga to‘g‘ri keladi. 2019 yilda sug‘urta mukofotlari tushumi 2138,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shundan ixtiyoriy sug‘urta 1832,1 mlrd. so‘m (85,7 foiz umumiy summadan), va majburiy sug‘urta 306,7 mlrd. so‘m (14,3 foiz) tashkil etmoqda. 2019 yilda jami sug‘urta to‘lovlari hajmi 808,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi”219. 2013-2019 yillarda jami sug‘urta to‘lovlari tarkibida majburiy sug‘urta to‘lovlari hajmi jadal surʼatlarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi (5.10-rasmga qarang). 5.10-rasm. Sug‘urta to‘lovlari tarkibida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari ulushi nisbatan, foiz hisobida220 Majburiy sug‘urta to‘lovlari tarkibida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish turiga to‘g‘ri keladi. Ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari hajmi esa pasayish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Tahlillar ko‘rsatishicha, ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlari tarkibida tibbiy sug‘urta salmoqli o‘rin tutmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta bozorida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi, «Alskom» sug‘urta kompaniyasi va «Ingo-Uzbekistan» sug‘urta kompaniyalari tibbiy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ushbu kompaniyalar tibbiy sug‘urta qilingan shaxs to‘satdan kasal bo‘lganda, shaxs hayoti va sog‘ligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatganda, dasturda belgilangan tibbiy xizmatlar va sug‘urta summasi doirasida ro‘yxatdagi tibbiy muassasalariga murojaat etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beradi. Kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi kutilmagan tibbiy xarajatlar vujudga kelganda sug‘urtalangan shaxsning mablag‘ini tejovchi zamonaviy vositadir. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash shartlariga muvofiq sug‘urta shartnomasi (polisi)da nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda, dasturda belgilangan tibbiy xizmatlar va sug‘urta summasi doirasida ro‘yxatdagi tibbiy muassasalariga murojaat etishi bilan bog‘liq xarajatlar qoplamasini taʼminlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 2019 yilda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘plash bo‘yicha «O‘zbekinvest-hayot» sho‘ʼba sug‘urta kompaniyasi, yetakchi o‘rin egalladilar. Taxlillar ko‘rsatishicha ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining ulushi «O‘zbekinvest-hayot» sho‘ʼba sug‘urta kompaniyasi sug‘urta portfelida 25,8 foizni, «Kafolat» sug‘urta kompaniyasi sug‘urta portfelida 12,3 foizni va «Alskom» sug‘urta kompaniyasi sug‘urta portfelida 11,0 foizni tashkil qildi. ««Alskom» sug‘urta kompaniyasining mijozlari soni 21000 dan ortiq kishini tashkil etmoqda, va hozirda tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalangan mijozlarga 2,9 mlrd. so‘mdan ortiq tibbiy xizmatlar xarajatlari qoplab berildi»221. Sug‘urta kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan sug‘urta dasturlari bir-biridan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning hajmi, taqdim etilayotgan imkoniyatlari bilan farq qiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling