Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval 1870-1913-yillarda Yevropa davlatlarida ishchi kuchining iqtisod sektori bo‘yicha ularning umumiy soniga nisbatan taqsimlanishi


Download 0.8 Mb.
bet10/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

1.1-jadval
1870-1913-yillarda Yevropa davlatlarida ishchi kuchining iqtisod sektori bo‘yicha ularning umumiy soniga nisbatan taqsimlanishi30


Davlatlar




Qishloq xo‘jaligi


Sanoat


Xizmat ko‘rsatish sohalari


1870 y.


1913 y.


1870 y.


1913 y.


1870 y.


1913 y.

1

2

3

4

5

6

7

Shimoliy-G‘arbiyEvropa davlatlari

Belgiya

44,4

23,20

37,8

45,5

17,8

31,3

Daniya

47,8

41,7

21,9

24,1

30,3

34,2

Niderlandiya


39.4

28,3

22,4

32,8

38,2

38,9

Norvegiya


49,6

39,6

22,9

25,9

27,5

34,5

Shvetsiya


67,4

45,0

17,4

31,8

15,2

23,2

Buyuk Britaniya


22,2

11,8

42,4

44,1

35,4

44,1

Shimoliy-G‘arbiy Yevropa davlatlari bo‘yicha o‘rtacha


38,7

20,9

35,9

39,5

33,3

39,6



Janubiy Yevropa davlatlari

Fransiya


49,8

41,0

28,0

33,1

22,2

25,8

Italiya

61,0

55,4

23,3

26,6

15,7

18,0

Ispaniya

66,3

56,3

18,2

13,8

15,5

29,9

Janubiy Yevropa davlatlari bo‘yicha o‘rtacha


58,6

49,3

23,2

26,8

18,2

23,9



Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari

Avstro-Vengriya


67,0

59,5

15,5

21,8

17,5

18,7

Germaniya


49,5

34,5

29,1

37,9

21,4

27,6

Rossiya

Maʼlumot yo‘q

58,6

Maʼlumot yo‘q

16,1

Maʼlumot yo‘q

25,3

Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bo‘yicha o‘rtacha

56,6

54,9

24,4

25,8

17,6

20,7

Yevropa davlatlari bo‘yicha o‘rtacha


51,7

47,1

26,5

27,8

21.4

25,1

Hayot kechirishning bunday shartlari, shuningdek, katta jamoalarda yuzaga kela boshlagan ijtimoiylashtirish va mehnat faoliyatining turlicha jihatlari (fabrikalar, maktablar va armiyalar) timsolida savodli ishchi bo‘lish imkoniyatlari aks etdi hamda siyosiy faol fuqarolarni ham tarbiyalash imkonini yaratdi.



Bundan tashqari, XIX asrning oxirlarida vakillik organlarini saylash uchun elektoral bazaning kengayishi (umumiy saylash huquqini fuqarolarga qoldirish yo‘li bilan) yuz beradi. Shuningdek, ijtimoiy-demokratik yo‘nalishga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari yollanma mehnat faoliyatiga qo‘yilagan talablar agregatsiyasi va artikulyasiyasi mexanizmlari sifatida shakllanib bordi.
Inson huquqlarining shakllanib borayotgan tizim sharoitida davlatning biror tajovuzlarsiz mavjud huquq va erkinliklarini «qo‘riqlash» rolini cheklovchi liberal individualizm nazariyasiing inqirozi yaqqol ifoda etilgan, davlatning fuqarolar moddiy ahvolini boshqarish sohasiga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, liberal qarashlar o‘ziga o‘zi nafaqat bosqichma-bosqich barham beradi, balki Yevropaning iqtisodiy rivojlangan davlatlarida amalga oshirilgan real davlat siyosati ham uni ikkilanishlarsiz rad etadi. Bunday shart-sharoitlarda ijtimoiy va ijtimoiy taʼminot sohasida davlat qayta taqsimlab berishi mumkin bo‘lgan ahamiyatli moddiy resurslar talab qilanardi. Bunda Angliya asosiy rolni o‘ynadi. Angliyada mamlakat parlamentida davlat daromadlari va harajatlarini soliq to‘lovchilar hisobiga yuritish, shuningdek, davlatning soliq tizimini hamda ijtimoiy taʼminotning milliy tizimini boshqarish anʼanalariga eʼtibor berilgan.
Ayni vaqtda Germaniyaga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kirib kelgan, nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohada ham davlatning muvaffaqiyatlarga erishishiga olib kelgan «yetakchilik palmasi» tushunchasini ham eʼtirof etishga to‘g‘ri keladi. Bu paytda XIX asrning 20 yillarigacha majburiy ijtimoiy sug‘urta institutlarini tashkil etish borasidagi strategik uzilish ham bartaraf etildi.
Ijtimoiy sug‘urta institutlarini shakllantirish G‘arbiy Yevropa davlatlari aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davri hamda yosh tarkibida XIX asr oxiri va XX asrning 30 yillarigacha bo‘lgan vaqtda yuz bergan demografik o‘zgarishlarga, shuningdek industrial jamiyatning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ladigan yangi mehnat munosabatlariga asoslangan.
Ilgarilari faqat jamiyatning boy qatlami foydalangan moddiy resurslardan barchaning foydalanishiga yo‘l ochilishi natijasida «isteʼmol inqilobi»ning hamda taʼlim sohasida inqilobning yuz berishiga olib keldi.
Industrial jamiyatning asosiy bo‘g‘inlaridan hisoblangan «yollanma ishchilar»ga nisbatan isteʼmol mahsulotlarining yangi tuzilmasini joriy etish, ularning oilalariga ham isteʼmol mahsulotlarini jamlanmasini yangilab turish va muvozanatda ushlash imkoniyatlarini yaratdi. Gigiyenik jihatdan qulay yashash uylari ularga dam olishlarini va mehnat qilish tezligining keskin oshib ketishidan so‘ng, kuchlarini tiklab olishiga yordam berdi. Taʼlim olish vaqtining uzaytirilishi bilim va sog‘lom hayot haqidagi madaniyat darajasining oshishiga olib keldi.
Industrial jamiyat aholisi hayot kechirishining yuqori sifatga ko‘tarilishi aholining farovon hayotini tashkil qilish borasidagi sifat sakrashlarini o‘zida namoyon etdi, butun jamiyat rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatdi, ikkinchi demografik davr zamonaviy bosqichining dvigateli bo‘lib xizmat qildi. Uning asosiy xarakteristikasi o‘rtacha uzok umr ko‘rish davomiyligining 50-55 yoshdan (1920 yillarda) 75 yoshgacha ko‘tarilishi edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida industrial jamiyatga o‘tish yollanma mehnat hamda ijtimoiy mehnat munosabatlarini keskin o‘zgartirib yubordi. Ishchilarning mehnat qilishga bo‘lgan huquqi yashash huquqi kabi muhim qonunlar qatorida ko‘riladigan bo‘ldi. Jahon hamjamiyatidagi aksariyat davlatlar konstitutsiyalari mehnat qilishga bo‘lgan huquqni insonlarning asosiy huquqlaridan biri, deb hisoblay boshladi.
Ishlab chiqarish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy mehnat munosabatlari yolllanma ishchilarni ijtimoiy himoya qilishning yangi shakllarini talab qilardi. Shuning uchun ishchilar oylik ish haqqini yo‘qotganda (ishsizlikda) ularni sug‘urtalash joriy etildi.
Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishga bo‘lgan yuqori talablar, yollanma ishchilarning yangi roli va ishlab chiqarishdagi yuksak o‘rni, yangi joriy etilgan standartlarga asosan birgina yollanma ishchilarning o‘zlarining emas, balki ular oila aʼzolarining ham hayotiy ehtiyojlarini, nafaqat ish faoliyati bilan band bo‘lgan davrlarida, balki ularning mehnat qilishga layoqatini yo‘qotgan vaqtlarida ham taʼminlay olishi kerak edi.
Ijtimoiy himoya yangi shakllarining eng samaralisi bu ishchilar (ular oilalari)ni yanada samarali (tejamkor va ishonchli) ravishda ijtimoiy himoyalashni taʼminlashga yo‘l ochib beradigan majburiy ijtimoiy sug‘urta institutlari bo‘lib qoldi (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari), bu bilan ishchi kuchlarini yaratish jarayonining uzluksizligi ham taʼminlandi. Majburiy ijtimoiy sug‘urta institutlarining shakllantirilishi insoniyat tarixida yangi bosqich paydo bo‘layotganligidan dalolat berardi. Shu vaqtdan boshlab keksa kishilar, ishlab chiqarish vaqtida nogiron bo‘lib qolganlar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyalangan hamda moddiy ehtiyojlardan qiynalmaydigan bo‘ldi, keksalik ham kambag‘allik va moddiy qiyinchilikning bir shakli bo‘lib qolishdan to‘xtadi.
Ijtimoiy sug‘urtaning moddiy potensiali ijtimoiy himoyaning avval mavjud bo‘lgan shakllaridan ancha ustunlik qildi, ishchilarni himoya qilishning qulay darajasini taʼminladi va bu bilan ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasidagi muammolarni hal etishga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy himoya yangi institutlarining asosini ishchilarni ommaviy va obʼektiv risklardan himoyalaydigan mehnat shartnomasi munosabatlari va ijtimoiy ommaviy-huquqiy munosabatlar tashkil etardi. Majburiy sug‘urta institutlari paydo bo‘lishining iqtisodiy sabablari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi: mehnat faoliyatining doimiyligi, mehnat murakkabligining va ishchilar malakasining ortishi, keng ko‘lamda mahsulot ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishning ommaviyligi iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarning uzluksizligi orqali taʼminlandi. Bu mexanizmlar bir tomondan, moliyaviy resurslarni to‘plash, ikkinchi tomondan esa, sug‘urtalangan ishchilarning nafaqaga chiqish va uzoq muddatga boshqa sug‘urta huquqlarini amalga oshirishlariga imkon yaratdi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling