Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval Milliy pensiya taʼminoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlari
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar 2010 yil 2011
- 4.3-rasm. 2019-2028 yillarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari, xarajatlari, defitsitining prognozi va o‘zgarish tendensiyasi (trln. so‘mda) 125
- 4.4-jadval Xalqaro meʼyorlariga muvofiq pensiya miqdorlarining minimal standartlari 127
- Stajga nisbatan talablar Qoplanish koeffitsiyenti (ilgari olingan daromadiga nisbatan moddiy to‘lov miqdori)
- Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
4.3-jadval
Milliy pensiya taʼminoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlari120
Shuni alohida qayd etish kerakki, 2010-2021 yillar davomida 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar soni muntazam o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 2010-2021 yillar mobaynida barcha omillarning taʼsiri ostida tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya miqdori 5,38 martaga o‘sgan bir sharoitda o‘rtacha oylik ish haqi 6,34 martaga o‘sgan, yaʼni o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish surʼati tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya miqdorining o‘sish surʼatidan yuqori bo‘lgan. Bu va yuqorida qayd etilgan holatlar pensiya taʼminoti tizimida istiqbolga qaratilgan samarali islohotlar yo‘nalishlarini tadqiq qilish zaruriyatini yanada oshirmoqda.
fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilindi (2019 yilgacha fuqarolarning oylik daromadidan 8% gacha miqdorida sug‘urta badali to‘langan); davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi; xususiy korxonalar, shuningdek, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yuridik shaxslarga yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi. 4.3-rasm. 2019-2028 yillarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari, xarajatlari, defitsitining prognozi va o‘zgarish tendensiyasi (trln. so‘mda)125 Shuningdek, 2019 yil 1 oktabrdan boshlab, Pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘langan yagona soliq to‘lovi summasi mahalliy budjetlarga o‘tkazildi hamda «2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat korxonalari, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga pasaytirildi»126. Natijada, 2019 yildan boshlab Pensiya jamg‘armasi budjetida defitsit yuzaga kelgan. Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirishdagi jiddiy o‘zgarishlarni hamda 2019-2028 yillar mobaynida yiliga o‘rta hisobda 335297 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlanishini ham hisobga oladigan bo‘lsak, defitsit darajasi o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda (4.3-rasm). Bu esa Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligining taʼminlanishi uchun respublika budjetidan transfert shaklida subsidiya ajratish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini taqozo etadi. Shuni alohida qayd etish zarurki, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan qabul qilingan «Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiya hamda Yevropa ijtimoiy taʼminot kodeksida barcha mamlakatlar pensionerlar uchun ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlariga erishish lozimligi ko‘rsatilgan (4.4-jadval). Ijtimoiy taʼminotning minimal xalqaro meʼyorlariga ko‘ra, pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizdan kam bo‘lmasligi tavsiya etilgan. 4.4-jadval Xalqaro meʼyorlariga muvofiq pensiya miqdorlarining minimal standartlari127
Ammo, O‘zbekistonda 2010 yildan to 2021 yilgacha bo‘lgan davrlarning birortasida ham pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizlik darajani qayd etmagan (3.4-rasm). Jumladan, 2010-2021 yillar davomida ushbu koeffitsiyent o‘rtacha 35,4 foizni tashkil etib, talab etilgan xalqaro meʼyordan 4,6 foizga kam. Ushbu holat hanuzgacha munosib pensiya miqdorlariga erishilmaganligini ko‘rsatadi va pensionerlarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish nuqtai nazaridan salbiy omildir. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlarida ham 2016-2020 yillarda pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizlik darajani qayd etmagan. Biroq, «Yevropa mamlakatlarida qoplanish koeffitsiyenti 60 foiz atrofida tebranadi, IHTTga aʼzo mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 54,5 foizni tashkil qiladi»128. YEOII mamlakatlarining barchasida o‘rtacha umr ko‘rish davri ham uzayib bormoqda. 2021 yilda pensiyaga chiqish yoshining o‘rtacha darajasi Armanistonda 63, Belorusda 60, Qozog‘iston 61,5, Qirg‘isistonda 60,5 va Rossiya Federatsiyasida 59 yoshni tashkil qilgan. «YEOII mamlakatlari bo‘yicha jami aholi tarkibida mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi 7 foizdan yuqoridir»129. Bunday holat pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va pensionerlarning turmush farovonligini yaxshilash nuqtai nazaridan milliy pensiya modellarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyentining mavjud holati tayinlangan pensiya miqdorlarining ham kichikligini ko‘rsatadi. «Pensiya miqdori, eng avvalo, ish staji davriga bog‘liq bo‘lib, erkaklar – 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda hamda ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar»130. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling