Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Vabo 60 mln 28,51 1347-1351 Qora o‘lat
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ispaniya grippi yoki «ispanka»
Maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki ming yil ichida insoniyat tarixidagi eng xavfli kasallik «Qora o‘lat» 1347-1351 yillardagi pandemiyasi bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, o‘sha davrdagi dunyo aholisining 42 foizi yoki 200 million kishi vafot etgan. 541-542 yillardagi Vizantiya imperatori Yustinian I davrida tarqalgan vaboda esa yer aholisining 28,5 foizi yoki 60 million kishi vafot etgan. Koronavirus kabi kasalliklar mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi va uning taʼsirini yumshatish mamlakatdagi aholi jon boshiga sarflanadigan sog‘liqni saqlash xarajatlari miqdori va sug‘urta tizimining rivojlanganligiga darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasi davrida jahon iqtisodiyoti, jumladan jahon sug‘urta bozori zarar ko‘rmoqda. Dunyo YAIM hajmida sug‘urta sohasining ulushi 6,1 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida ko‘rayotgan AQShda yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari hajmi dunyo sug‘urta bozorining 25,0 foizini tashkil etmoqda, jumladan AQShda sug‘urta sohasining YaIMdagi ulushi 11,3 foizni tashkil etmoqda. Pandemiyadan zarar ko‘rayotgan Yevropa davlatlarida (Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va boshqalar) sug‘urta sohasining YaIMdagi ulushi 8,4 foizni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich Rossiyada 1,5 foizni, Qozog‘istonda 0,9 foizni, Armanistonda 0,6 foizni, O‘zbekistonda 0,4 foizni tashkil etmoqda197. Ushbu raqamlar mamlakatimizda sug‘urta bozorining rivojlanmaganligini ko‘rsatmoqda, jumladan sug‘urta tizimini, tibbiy sug‘urtani pandemiya sharoitidan kelib chiqib, qayta isloh qilish zarurligini belgilab bermoqda. Majburiy tibbiy sug‘urta tizimini rivojlantirish aholini ijtimoiy himoya qilishda har qiluvchi rol o‘ynaydi. «Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi amal qilayotgan Fransiyada aholi tibbiy xarajatlarining 60-80 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi»198. Qolgani fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan yoki ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi doirasida ish beruvchi hisobidan qoplanadi. Mamlakatimizda aholini davlat tomonidan ijtimoiy himoya tadbirlari bilan to‘liq qamrab olish, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini yanada kengaytirish, sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya xizmatining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyuldagi «Jahon banki ishtirokida «O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ-4772-son Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, umumiy qiymati 106,75 mln. AQSH doll.ga teng bo‘lgan loyihaning 53,3 foizi mamlakatimizda kam taʼminlangan oilalarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirish va ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi (5.8-jadvalga qarang). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling