Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval «O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasining parametrlari
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chora – tadbirlar va masʼul vazirliklar Loyihaning qiymati, ming.doll.da 1
- 5.9-rasm. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan xarajatlari tarkibi (29.12.2020 yil holatiga ko‘ra, foizda)
5.8-jadval
«O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasining parametrlari199
Jumladan, koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va budjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatimizda tashkil etilgan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra 2020 yil 29 dekabrgacha bo‘lgan davrda jami 16,0 trln. so‘m mablag‘ kelib tushgan. Jumladan, Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot bankining budjeti qo‘llab-quvatlash uchun jalb qilingan mablag‘lar 2,02mlrd. so‘mi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 3,8 mlrd. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 1,6 mlrd. so‘m va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi loyihasi doirasida 5,8 mlrd. so‘m hisobidan shakllantirildi. Ushbu xarajatlarning 4,0 trln. so‘mi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan, ushbu mablag‘larning 37,5 foizi dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan taʼminlash hamda karantinda saqlash xarajatlarini qoplash maqsadida ishlatilgan bo‘lsa, 62,5 foizi esa tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirishga yo‘naltirildi (5.9-rasmga qarang).
Jahon banki ekspertlari tomonidan 2020 yilda boshlangan Covid-19 pandemiyasining jahon xo‘jaligi va mamlakatlarning turli guruhlari iqtisodiyotiga taʼsirini o‘rganish va global iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» nomli maʼruzasida keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, pandemiya inqirozi oqibatida jahon iqtisodiyoti 5,2 foizga, jumladan, rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o‘sish darajasi 7 foizga, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 2,5 foizga, aholi jon boshiga daromadlar 3,6 foizga kamayishi natijasida, dunyoda 60 mln. odam o‘ta qashshoq ahvolga va millionlab insonlarning kambag‘allik chegarasiga tushishi mumkinligi prognoz qilindi.201 Mamlakatlarda koronavirus inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan turli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ishlab chiqilib, global hamkorlik bitimlari imzolandi va aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida tezkor choralar amalga oshirildi. Shuningdek, pandemiya sababli ishsiz qolgan aholi guruhlari, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarini qashshoqlik holatiga tushib qolishini oldini olish va ularni maʼlum bir darajada turmush farovonligi bilan taʼminlash maqsadida ijtimoiy himoya tadbirlarini moliyalashtirish uchun mamlakatlar budjeti, xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratildi. Jumladan, «108 mamlakatda jami 550 ga yaqin inqirozga qarshi kurash dasturlari qabul qilindi. Ularning 289 tasi aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari bo‘lib, shundan 27 tasi sog‘liqni saqlash tizimini qamrov darajasini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini takomillashtirishga yo‘naltirildi»202. Xalqaro ekspertlarning fikricha, pandemiya sharoitida ishsizlarning soni keskin ortib, ularning soni 40 mln.dan ziyodni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Jumladan, Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlari bo‘yicha ishsizlik ko‘rsatkichi 2020 yilning boshida o‘rta hisobda 6,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, pandemiya sababli yil oxirida ushbu ko‘rsatkich qariyb 1,5 marta ortishi mumkinligi bo‘yicha prognoz ko‘rsatikichlar berildi. Xususan, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Gretsiya kabi mamlakatlarida aholining ishsizlik darajasi 12 foizdan ortdi.203 Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlarining fikricha, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari natijasida global iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichi 3 foizga qisqarishi prognoz qilingan. Ilmiy prognozlar natijalariga ko‘ra, «iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichi taraqqiy etgan mamlakatlrda 6,1 foizga (jumladan, AQShda 5,9 foizga, YEI mamlakatlarida o‘rta hisobda 7,5 foizga), rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlarda esa 1,0 foizga (masalan, Rossiyada 5,5 foizga, Qozog‘istonda 2,5 foizga) pasayadi»204. Koronavirus pandemiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham o‘z salbiy taʼsirini ko‘rsatdi. Pandemiya sababli joriy etilgan krantin tadbirlari natijasida ko‘plab korxonalar faoliyatining toxtatilishi, mamlakat chegaralarining yopilishi sababli 2020 yilda aholining ishsizlik darajasi 15 foizdan ortdi.205 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 9 oy moboynida iqtisodiy o‘sish surʼati 4,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga (5,7 foiz) nisbatan 1,6 foiz kamayishi kuzatilgan. Covid-19 pandemiyasi davrida koronavirusga chalingan insonlarni davolash va aholi salomatligini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar turli mamlakatlarda turlicha amalga oshirilmoqda. Bunday davrda eng katta bosim sog‘liqni saqlash tizimiga tushmoqda. Koronavirus bilan kasallanganlarni davolash ham mamlakatning iqtisodiy o‘sish surʼatlariga hamda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish modeliga qarab farq qilmoqda (5.9-jadvalga qarang). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling