3.2-jadval
Yollanma ishchilarning kasallik vaqtlarida beriladigan yordam pullarining qonunan belgilangan bosqichlari va davomiyligi (2009 yil)
Davlatlar
|
Kutish davri
|
Yordam pulining boshlang‘ich bosqichi
|
Yordam pulining navbatdagi bosqichi
|
Davomiyligi
|
Oldingi ish haqi %
|
Maksimal davomiyligi
|
Oldingi ish haqi %
|
Avstraliya
|
7 kun
|
Maksimum davomiylik yo‘q
|
Turg‘un stavka (mamlakatdagi o‘rtacha ish haqining taxminan 25 %)
|
|
|
Braziliya
|
|
15 kun
|
100
|
52 hafta
|
91
|
Germaniya
|
|
6 hafta
|
100
|
78 hafta
|
70
|
Norvegiya
|
|
52 hafta
|
100
|
|
|
Slovakiya
|
|
3 kun
|
70
|
52 hafta
|
90
|
Yaponiya
|
3 kun
|
18 oy
|
60
|
|
|
Vaqtinchalik mehnatga layoqatini yo‘qotishdan sug‘urtlash predmeti sifatida ijtimoiy risklarning quyidagi guruhlari maydonga chiqadi:
sug‘urtalangan shaxsning kasallik yoki jarohat tufayli vaqtinchlik mehnatga layoqatsiz holatga tushishi sababli daromadini yo‘qotishi;
oilaning sug‘urtalangan aʼzosining vaqtinchalik mehnatga layoqatini yo‘qotishi yoki oilasidan biror kishining (masalan farzandining) karantinga tushishi hamda unga parvarish zarurligi tufayli daromadini yo‘qotishi;
sug‘urtalangan shaxsning bevosita statsionar davolanish kursini olganidan so‘ng, sanotoriya-kurort muassasasida davolanishi lozimligi sababli daromadini yo‘qotishi.
Mehnat qilishga bo‘lgan layoqatini vaqtinchalik yo‘qotishi tufayli yordam pullarining ijtimoiy iqtisodiy jihatdan belgilanishi sug‘urtalangan shaxsning yoki uning sug‘urtalangan shaxs kasalligi yoki jarohati tufayli yo‘qotgan daromadiga to‘lov to‘lab berishdan iboratdir.
Sug‘urtalangan shaxsning kasallik yoki jarohat tufayli vaqtinchlik mehnatga layoqatsiz holatga tushib qolganida, bunday ko‘rinishdagi sug‘urta tizimida to‘lanadigan barcha mablag‘ning taxminan 80 foizi sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |