Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-rasm. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
4.6-rasm. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
daromadlari tarkibining o‘zgarishi140 Shuningdek, 2019 yil 1 oktabrdan boshlab, Pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘langan yagona soliq to‘lovi summasi mahalliy budjetlariga o‘tkazildi hamda «2020 yil 1 yanvardan davlat korxonalari, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga pasaytirildi»141. Natijada, Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalarining 3 ta yo‘nalishi bekor qilindi, ayrimlari qisqardi (4.6-rasmga qarang). Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining boshqa daromad manbalarini quyidagilar tashkil etadi: qonunchilikka muvofiq boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek, «mehnatda jarohatlanganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (daʼvolar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘larning 85 foizi»142; muddatidan ilgari tayinlangan pensiyalarni (yoshga doir) to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; «vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 80 foizi (qolgan 20 foizi Pensiya jamg‘armasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi)»143; «hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar»144; «yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar»145; Davlat budjetidan transfertlar. 2019-2021 yillar mobaynida pensionerlar soni hamda yangi tayinlangan pensiyalar soni 8 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2022-2028 yillar davomida pensionerlar soni 31,5 foizga, yangi tayinlangan pensiyalar soni 27,7 foizga o‘sishi prognoz qilingan (4.5-jadvalga qarang). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling