Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.79 Mb.
bet56/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

Tibbiy xizmatlar olish imkoniyatlari

Aholining 90 % MTS dasturlari bilan, 10% ITS dasturlari bilan qamrab olingan. Bunda MTS qilinganlarning 3 foizi ITSga ega

Aholining 80 % MTS dasturlari bilan qamrab olingan

Bemorlarning to‘lov qobiliyati cheklangan, keksalar va kam taʼminlanganlarga mo‘ljallangan dasturlar barcha muhtojlar uchun amal qilmaydi

Ko‘rsatilgan tibbiy xizmat turlari

MTS va its dasturlarining uyg‘unlashganligi uchun xizmatlar ko‘lamining kengligi

MTS va ITS dasturlarining uyg‘unlashuvi hisobiga xizmatlar ko‘lamining kengligi

Turli-tuman davolash va profilaktik tibbiy xizmatlar

Yangi texnologiyalardan foydalanish

Turli tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talab yangi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantiradi

Turli tibbiy xizmatlarlarga bo‘lgan talab yangi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantiradi

Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga qilingan investitsiyalarning aksariyat qismi sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshiriladi

Tibbiy xizmatlar narxlarini tartibga solish

Iqtisodiy vaziyat o‘zgarishiga qarab, narxlar qayta ko‘rib chiqiladi

Narxlar hukumat tomonidan yiliga 2 marta qayta ko‘rib chiqiladi va tartibga solinadi

Narxlar bemor, sug‘urtalovchi va sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida shakllanadi

Majburiy sug‘urtaning rivojlanish surʼatlari yuqori bo‘lmasin, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning shakllanishiga to‘sqinlik qila olmadi. Aksincha, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta so‘nggi 20-30 yil ichida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida mustahkam o‘rin oldi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta asosida sog‘liqni saqlash tizimida sug‘urta tamoyillarini qo‘llash imkoniyati tug‘ildi. Barcha mamlakatlarda jamlangan xorijiy tajribaning muxim xususiyati tibbiy sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy tizimlarini bir-birini to‘ldirib turadigan modeli tashkil etadi va bu barcha kasalliklar va uning oqibatlarini qoplash imkoniyatini beradi.


Iqtisodiy adabiyotda sug‘urtalashning muhim funksiyalari sifatida risk, jamg‘arma, investitsiya, profilaktika va nazorat qilishga farqlanadi. Risk funksiyasi zarar ko‘rgan subʼektlar faoliyatini qayta tiklash uchun moliyaviy resurslarni shakllantirib, hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur xarajatlarni qoplashdir. Ushbu vazifa sug‘urtalovchiga xavfni va sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta to‘lovlarini taqdim etish mexanizmida namoyon bo‘ladi, va sug‘urta hodisalarining sug‘urtalanuvchini iqtisodiy farovonligiga taʼsiri tufayli sodir bo‘laligan o‘zgarishlarni ifodalaydi. Jamg‘arma vazifasi kapitallashuv mexanizmidan foydalangan holda aholini erishilgan turmush darajasini saqlash va yaxshilashni taʼminlaydi.Ushbu funksiya uzoq muddatli sug‘urtalashning turlarida to‘liq namoyon bo‘ladi. Investitsiyalash vazifasi sug‘urta kompaniyalari tomonidan iqtisodiyotda vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni investitsyalash imkonini beradi. Profilaktik vazifa sug‘urtalashning riskni kamaytirish choralarini moliyalashtirishni taʼminlaydi va sug‘urtalovchilarga ularning yuzaga kelish ehtimolligini kamaytirish, jumladan, yetkazilgan jiddiy zararning kamaytirish imkonini beradi. N.P.Saxirova fikricha, «sug‘urta profilaktikasi vazifasi sug‘urta munosabatlaridagi barcha ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatini ifodalaydi va zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini oladi»170. Shuning uchun, N.P.Saxirova sug‘urta tashkilotlari, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning muxim vazifasi sifatida sug‘urta hodisalari yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirish, ularning salbiy taʼsiri darajasi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar orqali xavf-xatarlarni oldini olish deb taʼrif beradi.
Sug‘urta nazorati funksiyasi sug‘urta jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Sug‘urta fondi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish zararlarning o‘z vaqtida, kafolatli qoplanishini taʼminlashga mo‘ljallangan. Sug‘urtalovchilarni sug‘urtalash operatsiyalarini nazorat qilish mablag‘larni to‘plash va ulardan foydalanish bosqichida, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni investitsiyalashda amalga oshiriladi.
Milliy daromadning qayta taqsimlash funksiyasi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun davlat va mintaqaviy hokimiyat organlari (tibbiy, ijtimoiy va pensiya sug‘urtasi) darajasida markazlashtirilgan sug‘urta fondlarini shakllantirishda ifodalanadi. Milliy daromadlarni qayta taqsimlash funksiyasi davlat darajasida majburiy tibbiy sug‘urta fondini shakllantirish va uning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashni uning resurslaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Davlat budjetining mablag‘larini tejash vazifasi – tabiiy ofatlar, yirik baxtsiz hodisalar sodir bo‘lish ehtimolida mavjud bo‘lgani tufayli budjetdan naqd pul ko‘rinishidagi kompensatsiyalarni to‘lashning moliyaviy yuklamasini sug‘urta kompaniyalariga o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish funksiyasi ayrim turdagi sug‘urta turlarini qo‘llab-quvvatlashning davlat siyosati orqali amalga oshiriladi.
Davlat organlari orkali nazorat qilish funksiyasi sug‘urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish, mijozlarning faoliyati va budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha hisobotlar taqdim etiladi. T.A.Fedorova tibbiy sug‘urtaning funksiyalari bilan bir qatorda, «sug‘urta shartnomasini tuzayotganda sug‘urtalash xavfiga eʼtibor qaratishni, shaxsiy farovonlik uchun zarur bo‘lgan shart sifatida qo‘rquvni kamaytirishning muhimligini taʼkidlaydi»171.
Sug‘urtalashning moliyaviy funksiyasi davlat budjeti mablag‘laridan (tibbiy, ijtimoiy, pensiya taʼminoti) sug‘urtalashni amalga oshirishda davlat daromadining manbai sifatida sug‘urta vositasida foydalanish hisoblanadi. Tibbiy sug‘urtaning tovon funksiyasi, sug‘urtalangan shaxsga tibbiy muassasaga murojaat qilish orqali kelib tushgan xarajatlarni qaytarib berishga asoslanadi, tovon ularga fuqaroning shaxsiy mablag‘laridan emas, balki sug‘urta fondi hisobidan to‘lanadi.
Sug‘urtalashning ijtimoiy funksiyasi sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta hodisasi yuz berganda shakllangan sug‘urta mablag‘lari hisobiga tibbiy va profilaktik yordamini moliyalash, sug‘urtalangan shaxsning moddiy farovonlik darajasini saqlab qolish imkonini beradi.
Yuqorida kayd etilgan funksiyalar moliyaviy majburiyatlarni qayta taqsimlash asosida sog‘liqni saqlash sug‘urtasini shakllantirish uchun asoslar mavjud degan xulosa kelish imkonini beradi.
Iqtisodiy adabiyotda sug‘urtalashning tamoyillarini aniqlash, tahlil etish va ularning muhimlarini tibbiy sug‘urtalash amaliyotida qo‘llash maqsadga muvofiq. Jahon amaliyotida zararni tenglashtirish, kompensatsiya oldini olish sug‘urta tamoyillarini farqlanadi.
Majburiy tibbiy sug‘urta aholiga teng huquq asosida tibbiy yordam olishni kafolatlaydi va to‘langan mukofotga bog‘liq ravishda tibbiy yordamga hajmini oshirmaydi. Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga shaxs to‘lovlar bo‘yicha qarzdor bo‘lsa ham tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi. Bunday holda, ekvivalentlik tamoyili majburiy tibbiy sug‘urta badallari bilan sug‘urta qoplamasining muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyil tibbiy sug‘urta sohasida moliyaviy innovatsiyalarni qo‘llash uchun tibbiy yordamlar hajmini muvozanatlash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.
Tibbiy sug‘urtalashning birdamlik tamoyili barcha sug‘urta ishtirokchilari hisobidan tibbiy sug‘urta polisi mavjud sug‘urtalangan shaxsga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamlar uchun to‘lovni tashkil etadi va tibbiy yordam uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan to‘lanadigan badal miqdoriga muvofiq amalga oshiriladi. Tibbiy sug‘urtada ko‘rsatiladigan tibbiy yordam uchun to‘lov shakllangan sug‘urta fondidan amalga oshiriladi, uning to‘ldirilishi sug‘urta qiluvchining majburiyatlarini bajarishini taʼminlaydi.
Tibbiy sug‘urtani qoplash tamoyili sug‘urta mukofotini ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bilan to‘ldirilgan dastur doirasida va sog‘liqni saqlash sohasini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha hududiy dastur doirasida moliyalashtirishni nazarda tutadi. Tibbiy yordam ko‘rsatishning belgilangan miqdori tibbiy sug‘urta sohasida optimal ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yordamni bildiradi.
Tibbiy sug‘urtaning funksiyalari va tamoyillari tibbiy sug‘urtalash shakllari xususiyatlarini aniqlash va moliyaviy yangiliklarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar bilan tanishish imkonini beradi.
Mamlakatimizda aholining davlat va xususiy mulkchilik shaklidagi tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordamlar olishning Konstitutsiyaviy huquqlari belgilangan. Budjet mablag‘lari hisobidan aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy yordam moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish jarayonlarini davlat tomonidan boshqarilish amaliyotini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, aholini tibbiy xizmatlar bozoridagi xarajatlarini qisman yoki to‘liq qoplab beradi.
Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida mamlakatda majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish imkoniyatlari va shartlari muhokama qilinmoqda. Majburiy tibbiy sug‘urtaning joriy etilishi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi, sog‘liqni saqlash sohasida va sug‘urta bozorini isloh qilishga bag‘ishlangan hukumat dasturlari ko‘zda tutilmoqda. Tibbiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning aholi sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan shakli bo‘lib, fuqarolarga sug‘urta hodisasi ro‘y berganda jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktika tadbirlarini moliyalashtirishni kafolatlaydi.
Pullik tibbiy xizmatda ushbu sug‘urta turi tibbiy xarajatlarini qoplash uchun vosita, bepul xizmatda esa tibbiy xarajatlarni moliyalashtiruvchi qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.
Majburiy tibbiy sug‘urtaning ommobopligi aholining barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratilgan sharoitda davlat sug‘urta dasturlarida belgilangan miqdorda tibbiy, dori va profilaktika yordamlarini olishni taʼminlashda namoyon bo‘ladi. Majburiy tibbiy sug‘urtaning maqsadi sug‘urta badallarini yig‘ish va jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan aholini barcha qatlamlariga qonunchilikda belgilangan shartlarda va kafolatlangan miqdorlarda tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Majburiy tibbiy sug‘urtani moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va sug‘urtalanuvchilarning majburiy maqsadli to‘lovlari hisobidan amalga oshirish ko‘zda tutilmokda. Jamlangan mablag‘lar shu maqsadda tuzilgan budjetdan tashqari maxsus maqsadli jamg‘arma tomonidan boshqariladi. Majburiy tibbiy sug‘urta doirasida bevosita sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bilan sug‘urtalash bo‘yicha litsenziyaga ega hamda majburiy tibbiy sug‘urtaning hududiy fondlari bilan shartnoma imzolagan tibbiy sug‘urta tashkilotlari shug‘ullanadi. Ular fuqarolarga hududiy fond mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi va ushbu yordamning hajmi va maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta majburiy sug‘urta singari fuqarolarga sug‘urtaviy moliyalashtirish yo‘li bilan tibbiy yordam olishni kafolatlaydi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta majburiy sug‘urtaning to‘ldiruvchisi hisoblanadi va fuqarolarga majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarida belgilangan xizmatlardan boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni taʼminlaydi.
Sug‘urtalangan shaxs ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan xizmat turlaridan sug‘urta mukofoti to‘langan miqdorlarda foydalanadi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta dasturlarida ishtirok etish davlat tomonidan qatʼiy belgilanmaydi va u alohida shaxslarning kasbiy jamoasining talablarini amalga oshiradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta fuqarolarga kasallik yoki baxtsiz xodisa natijasidagi xarajat va yo‘qotishlarning kompensatsiyasini namoyon qiladi. Tibbiy sug‘urta umumjahon standartlariga ko‘ra, kasallik tufayli yuzaga keladigan ikki risklarini qoplaydi:
– sog‘liqni tiklash, reabilitatsiya va parvarishlash bo‘yicha tibbiy xizmatlar xarajatlari;
– nogironlik tufayli kasbiy faoliyatni amalga oshira olmaslik va undan keladigan daromadni yo‘qotish. Tibbiy xarajatlarni qoplashdan sug‘urtalovchini davolash va mehnatga qobiliyatini tiklash bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni qoplaydi. Shunday qilib tibbiy xarajatlarni sug‘urtalash mijozning kutilmaganda kelib chiqadigan xarajatlaridan ziyon ko‘rganda uning moliyaviy holatini himoyalaydi.
Tibbiy sug‘urtalangan shaxs kasal bo‘lgan kunlarida daromadini yo‘qotganda sug‘urtalovchi tovon puli to‘laydi. Tovon puli miqdori va to‘lov boshlanadigan sana shartnomada qayd etiladi va u sug‘urtalangan shaxsning oladigan daromadiga hamda kasallik natijasida yo‘qotgan daromadning ish beruvchi yoki majburiy tibbiy sug‘urtalanuvchi tomonidan qoplaydigan muddatga bog‘liq bo‘ladi, ushbu muddat mehnat qonunchiligida yoki ijtimoiy sug‘urtani amaldagi tizimida belgilangan bo‘ladi. Tibbiy sug‘urtaning maqsadi fuqarolarga sug‘urta hodisasi ro‘y berganda jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy yordam berishni va profilaktika tadbirlarini moliyalashtirishni kafolatlashdan iborat.
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati shundaki, u ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sug‘urta doirasida beriladigan kafolatlarni yuqori imkoniyat darajasida zamonaviy shartlarda amalga oshiriladi. Bu birinchi o‘rinda yuqori narxlarda davolash va diagnostika turlarini o‘tkazishga, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni qo‘llashga qulay davolash sharoitlari bilan taʼminlashga bog‘liq. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomasi boshqa sug‘urta shartnomalari kabi mijoz yoki sug‘urtalovchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchi zimmasiga olgan majburiyatlarini noto‘g‘ri bajarganda, jumladan, sug‘urta mukofoti miqdorini oshirgan holatda shartnomani bekor qilishi mumkin. Sug‘urtalovchi esa sug‘urta mukofotini belgilangan muddatda to‘lamaganda, sug‘urtalanuvchi arizada o‘z haqidagi to‘liq va to‘g‘ri maʼlumotni keltirmaganda, tibbiy ko‘rsatmaga roiya etilmaganda va tibbiy polis boshqa shaxs tomonidan foydalanilganda shartnoma bekor qilinishi mumkin. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomasini amal qilish shartnoma muddati tugaganda, tomonlar kelishuviga ko‘ra, sug‘urtalangan shaxs vafot etganda sud qarori bilan to‘xtatiladi.
Xozirgi kunda COVID-19 pandemiya oqibatida katta bosim sog‘liqni saqlash tizimlariga tushmoqda. Mamlakatlarda koronavirus bemorlarini davolash bo‘yicha xarajatlar ham iqtisodiy o‘sish suratlariga qarab farq qilmoqda. Ayrim mamlakatlarda davolanish uchun mablag‘lar davlat tomonidan to‘liq qoplanayotgan bo‘lsa, baʼzilarida esa fuqarolar tibbiy sug‘urtalari hisobidan, sug‘urta bo‘lmagan taqdirda o‘z hisoblaridan tibbiy davolanish uchun haq to‘lashlari kerak bo‘lmoqda.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy shakllari mavjud bo‘lib, majburiy tibbiy sug‘urta rivojlangan mamlakatlarda aholiga tibbiy va dori-darmonli ko‘rinishidagixizmatlarni tenglik, mavjudlik va minimal meʼyorlar asosida taqdim etishga qaratilgan. Tibbiy xizmatlar majburiy tibbiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarida belgilangan miqdor va shartlarda taʼminlanadi. Majburiy tibbiy sug‘urta aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining muhim yo‘nalishi bo‘lib, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishda budjet mablag‘larini ajratish uchun qo‘shimcha mablag‘larni taqdim etishning moliyaviy mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling