Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


I BOB. IJTIMOIY SUG‘URTA FANINING


Download 0.79 Mb.
bet7/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

I BOB. IJTIMOIY SUG‘URTA FANINING
PREDMETI VA METODLARI


1.1-§. Industrial jamiyatgacha boʼlgan davrda aholini ijtimoiy himoya qilish
shakllarining rivojlanishi
Qadimgi davrlardan to XVIII asr oxirigacha jamiyat tuzumining asosiy ko‘rinishi aholini ijtimoiy himoya qilish darajasi juda past bo‘lgan agrar jamiyat hukm surgan.«Agrar jamiyatda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi (70-80 %)ni dehqonlar, qolganini esa hunarmandlar, jangchilar va boshqa maxsus guruhlar tashkil etgan. Rossiyada aholining bunday tarkibi XX asrning 30 yillarigacha saqlanib qolgan»4.
Agrar jamiyatda aholining bunday qatlami uchun ijtimoiy himoya qilishtizimining o‘z shakli mavjud bo‘lgan. Chunonchi:

  • dehqonlar uchun – oila, jamiyatning iqtisodiy (ishlab chiqaruvchi) hamda ijtimoiy jabhasi sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi katta ko‘p aʼzoli oila;

  • yolg‘iz yashovchi qishloq aholisi (yetimlar va keksalar) uchun – qishloq jamoasi (tashkiloti);

  • hunarmandlar uchun – hunarmandchilik sexlari va savdogarlar uyushmasining ijtimoiy tuzilmasini o‘zida namoyon etuvchi hamkorlik;

  • G‘arbiy Yevropada yashovchi yolg‘iz shahar aholisi uchun – cherkov va o‘zini o‘zi idora qiluvchi shahar boshqarmalari organlari;

  • jangchilar uchun – o‘zaro hamjihatlikdagi yordamning korporotiv shakllari, mayib-majruh va keksa jangchilar uchun – davlat g‘amxo‘rligi.

Hayotni sug‘urta qilishning o‘xshash namunalarini tarixchilar Rim sexlari va harbiy jamoalari faoliyatining tashkil qilinishida ham topadilar. Rim davlatining hunarmandlari va harbiylari o‘zaro yordam kassasini tashkil qilishgan. Ular bu kabi kassalarga o‘lim holati, shuningdek jangchilarning o‘z yashash hududidan juda uzoqlarga xizmatga ketishi yoki jangda mayib majruh bo‘lib qolishi kabi holatlar harajati uchun badallar to‘lab qo‘yishgan.
Ijtimoiy himoya qilish tizimining agrar jamiyatdagi asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘lgan:

  • insonlarning o‘tmishdagi (ko‘pchilik holatlarda hozirgi kunlardagi ham) mentalitetini ifodalovchi o‘zi va o‘z oilasiga bo‘lgan shaxsiy javobgarligi. Bu javobgarlik ularni o‘z moddiy farovonligini har kuni nazorat qilishga va oilaasi ehtiyoji doirasida don, mulk va pul zahiralarini jamlab qo‘yishga undadi;

  • oila, qishloq va cherkov jamoalari, hunarmandlar va savdogarlar sexlari doirasidagi o‘zaro yordamning yo‘lga qo‘yilganligi, nafaqat, tez-tez va favqulodda kutilmaganda yuz beradigan noxush voqealar (hosilning yaxshi bo‘lmasligi va ocharchilik, yong‘in va epidemiyalar, urushlar va nogironlik) ning, balki insonlarning biologik va ijtimoiy muammolari (kasallik va keksalik, nogironlik va yetimlik) bilan bog‘liq kundalik muammolarining mavjudligi bilan ham izohlanadi.

Agrar jamiyatda aholini ijtimoiy himoya qilishning turli shakllari yaxshi rivojlanmagan edi. Aholini ijtimoiy himoya qilish xizmati davlat tomonidan juda kam hollarda ko‘rsatilgan. Bu xizmatlar davlat tomonidan ahyon-ahyonda, asosan, favquloddagi vaziyatlarda (hosilsiz qolib ketish va ocharchilik, epidemiyalar va kutilmagan falokatlar vaqtida) ko‘rsatilgan.
Agrar jamiyatdagi ijtimoiy himoya bo‘yicha meʼyoriy qonunlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1. Ilk sug‘urta elementlarini o‘z ichiga olgan o‘zaro jamoaviy yordam asosida Qadimgi Finikiya, Gretsiya va Rimda tashkil etilgan savdogarlar va hunarmandlar jamoasi aʼzolari o‘rtasidagi o‘zaro shartnoma munosabatlari shakllangan(noxush vaziyatlar tufayli zarar ko‘rganlarga birgalikda yordam berish, baxtsizlik yuz berganda ko‘makka umid qilish, savdogarga uning savdo kemasi dengiz to‘fonidan jabr ko‘rganda, uning zararini qoplash uchun o‘zaro yordam berish);
2. Davlatning ommaviy, tavsiyaviy tipdagi qonunlari. Tarixchilar bunday qonunlarning eng qadimgisi sifatida Mesopotamiya hukmdori Xammurapi (eramizdan avvalgi XVIII asr)ning tavsiyalarini eʼtirof etishadi. Bu tavsiyalar bir xil nomdagi qonunlar to‘plamini, noxush vaziyatlar tufayli savdogarlarning mol-mulkiga zarar yetganda, ularning bir-birlariga o‘zaro yordam berishlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘z ichiga olgan. Qadimgi Misrda esa (eramizdan avvalgi XXII asrda) hosil juda kam olinadigan yillar holatini hisobga olgan holda, davlat omborlariga don zaxirasini to‘plash zarurligi to‘g‘risida firʼavnning farmoyishlari ham eng qadimgi qonun sifatida tarixchilar eʼtiborini o‘ziga tortgan;
3. Kambag‘allarni o‘ziga to‘q, moddiy ahvoli yaxshi kishilar va cherkov tuzilmasi (Injil, xristian soborlari qonunlari, Kurʼon) tomonidan qo‘llab- quvvatlanishi to‘g‘risidagi diniy qonunlar;
4. O‘rta asrlar (V-XV asrlarda) ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ommaviy va davlatga xos shakllari quyidagilardan iborat bo‘lgan: cherkov xayriyalari – shaharlardagi kasalxonalar va yolg‘iz keksalar uchun mehr-shafqat uylari;Rossiyadagi knyaz va boyarlar yordamlari; O‘rta Yevropa davlatlaridagi shaharlar (hududiy) yordamlari (yetimlar va yolg‘iz keksalar uchun mehr-shafqat uylari uchun).
Sug‘urtaning ilk ko‘rinishi eramizdan oldingi ikki ming yillikda yashagan Bobil podshohi Hammurapi qonunlarida mavjud bo‘lgan5. Unga ko‘ra savdo karvonlarining birortasini yukiga tabiiy hodisalar yoki qaroqchilar hujumi, o‘g‘riliklar natijasida zarar yetganda, ko‘rilgan zararni o‘rtada to‘lab berishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolanishi belgilab qo‘yilgan6. Keyinchalik, eramizning ilk davrlarida avval Gretsiyada, keyin qadimgi Rimda, Hindistonda va Misrda turli maqsadlarda tashkil etilgan shu kabi sug‘urta jamiyatlari amal qilgan7.
XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Angliya, Niderlandiya va Fransiyada sanoat revolyusiyasi boshlandi va bu holat mehnat va hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, uyida va dalada yumush bilan band bo‘lganlarning mehnati zavod va fabrikalarga ko‘chirildi, shu bilan birga bu mamlakatlarda yollanma mehnat bilan band bo‘lganlarning ulushi umumiy iqtisodiy faol aholining 50 foizigacha oshdi8. Natijada aholi hayotida tub o‘zgarishlar yuz berdi: aholining shaharlarga ommaviy ko‘chishi, urbanizatsiya9, jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o‘zgarishlar va boshq. Bu holat, yollanma mehnat xodimlarining ish beruvchilar tomonidan ishga joylashish (mehnat) sharoitlariga va eng avvalo, ish haqi darajasi va ularni olishning munatazamligiga moddiy jihatdan yuqori darajada bog‘liqligini oldindan belgilab berdi. Mehnatga layoqatsizlik va ish haqini yo‘qotish bilan bog‘liq ijtimoiy xavf bo‘lgan hollarda ishchilar va ularning oila aʼzolari daromadlari bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irlashadi (murakkablashadi).
Ko‘p jihatdan, bunday o‘zgarishlarga jahon moliya va ishchi kuchi bozorining shakllanishi sabab bo‘lib, XIX asr oxirida bir qator jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan va quyidagilarni talab qilgan:

  • sanoat mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish;

  • mehnat munosabatlarini tartibga solish;

  • yollanma ishchilar uchun barqaror ish haqi;

  • mehnat qobiliyati uchun kompensatsiya (qoplab berilishi)ning barqaror shakllari.

Yollanma ishchilarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi bu talablar ish haqining bir qismini har oyda maxsus jamg‘armalarga muntazam zaxiralash (jamlab borish, jamg‘arish) asosida tashkil etiladigan ijtimoiy sug‘urta institutlarini shakllantirish orqali hal qilinadi. Bunda ushbu jamg‘arilgan mablag‘lar nogironlik, qarilik va boquvchisidan mahrum bo‘lish tufayli ish haqini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy risklar yuzaga kelgan taqdirda sarflanadi. Bu davrda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan daromad taqsimoti sohasidagi davlat, biznes va aholining o‘rni va roli o‘zgardi. Fuqaroning moliyaviy ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi tamoyiliga asoslangan liberal qarashlarda ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Shunday qilib, keng ko‘lamli ishlab chiqarish bosqichida ijtimoiy sug‘urta paydo bo‘lishining asosiy jihatlaridan biri yollanma ishchilarning o‘z daromadlarining yagona manbai – ish haqiga moddiy qaramligi edi. Obʼektiv va ommaviy sabablarga (kasallik, baxtsiz hodisa, qarilik, ish o‘rnini yo‘qotishi) ko‘ra, uni yo‘qotish riski (xavfi) xodim va uning oilasini tirikchilik vositalaridan butunlay mahrum qiladi. Shu nuqtai nazardan bu mavjud yondashuvlarni – shaxsiy masʼuliyat va ehtiyotkorlik hamda yangilarini – ijtimoiy adolat va o‘zaro birdamlikni qamrab oluvchi ijtimoiy himoyaning tubdan yangi shakli talab qilindi. Biroq, bozor sharoitida yollanma mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning aksariyatining o‘zini o‘zi himoya qilishning obʼektiv ravishda imkoni yo‘qligi, degan tushuncha asta-sekin kelib chiqdi10. Xullas, aholining ommaviy qashshoqlashuvi, Angliyadagi majburiy mehnat va Fransiyadagi jamoat ishlarida muvaffaqiyatsiz tajribalar, davlat yordamining samarasizligi, ijtimoiy noroziliklarning kuchayishi shartnomaviy (mehnat shartnomasi) va jamoaviy-huquqiy (xodimlarni ommaviy va obʼektiv ijtimoiy risklardan himoya qilish bo‘yicha) munosabatlarni qamrab oluvchi yangi ijtimoiy himoya institutini tashkil etish zarurligini anglatgan. Shu tariqa ijtimoiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shakli sifatida shakllana boshlagan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling