Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-§. XVI-XVIII asrlardagi himoya tizimi shakllari rivojlanishi yoki taraqqiy etishi
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
1.2-§. XVI-XVIII asrlardagi himoya tizimi shakllari rivojlanishi yoki taraqqiy etishi
Ijtimoiy himoyaning Yangi davrdagi ommaviy ko‘rinishlari quyidagilar hisoblangan: Cherkov hayriyalari. Badavlat insonlarning o‘z mol-mulklarining maʼlum bir qismini kambag‘allarga meros qilib qoldirilishi; Davlat tomonidan kiritilgan talablar asosida o‘ziga to‘q fuqarolarning kambag‘allar va yetimlarga qiladigan majburiy yordamlari. Aholini ijtimoiy himoyalashning milliy tizimini shakllantirishdagi muhim davr Yelizaveta I (Angliya) tomonidan 1601 yilda nashrdan chiqarilgan 43-Farmon bo‘lgan. Bu farmon keyinchalik «Kambag‘allarga solinadigan soliq to‘g‘risida»gi Qonun deb nom oladi. Uning asosiy nazariyalarilan keyinchalik deyarli barcha Yevropa davlatlari o‘z milliy qonunchiligini yaratishda foydalanishgan. Ushbu Farmon asosida Angliyaning hokimlik va o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari zimmasiga ularni o‘z moliyaviy resurslari hisobiga va maʼmuriy choralar orqali ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ko‘rish masʼuliyati yuklatilgan. Bunda butun mamlakat bo‘ylab ijtimoiy himoyaning aniq meʼyorlarini belgilash zarurati bo‘lmagan. Farmonning mazmun-mohiyati kambag‘allikka qarshi kurashish uchun davlat hokimiyatining butun kuchini safarbar etish zarurligini tan olishdan iborat edi. Bunda kambag‘al fuqarolarning turli toifalariga turlicha yondashish usullari ham qarab chiqildi. Bunday yondashish ijtimoiy yordamlarning haqiqatdan ham muhtoj va kamabag‘allarga, yolg‘iz qariyalarga, nogironlarga, kasallarga berilishi hamda kambag‘allikni o‘ziga «kasb» qilib olganlarni boshqalarga ibrat tarzida jazolashda namoyon bo‘lgan. O‘zini bunday tutganlarga jazo tayinlangan va qamoqqa ham olingan. Farmonning o‘ziga xos jihati muhtojlarga yordam ko‘rsatishda mahalliy hokimiyatning javobgarligini qonuniy ravishda aniqlab olishdan iborat bo‘lgan. Har bir shahar va aholi yashash maskanlariga yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz va keksa fuqarolarga g‘amho‘rlik qilish yuklatildi. Agar ixtiyoriy qilingan hayriyalar miqdori yetarli bo‘lmasa, u holda hakamlar (sudyalar) shaharning yordamni rad qilagn barcha boy badavlat kishilariga qo‘shimcha yordam qilishni yuklashi kerak edi (sudyalarning bunga qonunan haqlari bor edi). Bunda yig‘ilgan yordamlarni taqsimlashni tashkil etish cherkovlar daromadi hisobiga amalga oshirilgan, bu narsa muhtojlar toifalarini ajratib olishni va ularga tegishli yordam berishni osonlashtirgan. Biror kishining ijtimoiy yordamni olishi yashash uchun umuman mablag‘ning va yaqin-qarindoshlari tomonidan qo‘llab-quvvatlashning mavjud emasligi bilan izohlanadi. Yangi paydo bo‘layotgan sanoat davrida muhtojlarni ixtiyoriy va majburiy ijtimoiy himoya qilishning muhtojlar ehtiyojlarini qoniqtirmagan shakllari, G‘arbiy Yevropa davlatlari (Angliya, Fransiya)da kambag‘allik ko‘rsatkichlarining jadal oshib ketishiga olib keldi. Bunda yashash joyiga ega bo‘lmagan va kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan shaxslar davlat muassalariga (qamoqxonalarga, ahloq tuzatish muassasalariga) olib kelingan. Xalqaro mehnat byurosining maʼlumotlariga ko‘ra: «...Ijtimoiy yordamning bu kabi salbiy jihatlariga qaramasdan, u avvalo yashash uchun butkul mablag‘siz qolib ketgan kishilarga nisbatan davlatning javobgarligini belgilaydi, bu maqsadda mablag‘ ajratish amalga oshiriladi, ijtimoiy himoyani talab qiladigan ijtimoiy risklar ko‘rinishlarini ham qamrab oldi, yuz yillardan keyin ham ijtimoiy himoya mohiyatini ochib bergan asosiy qonuniyatlarni tatbiq etishni ham ko‘rsatib bergan»11 . Ijtimoiy himoyaning yana bir shakli XVIII asrning oxirida Angliyada «Speenhamland» qonuni deb atalgan tushuncha asosida tatbiq qilingan. Unga ko‘ra, kam taʼminlangan kishilarga moddiy yordam aholining soliq to‘lashga qodir bo‘lgan qatlami tomonidan to‘langan mablag‘lar hisobidan berilishi ko‘zda tutilgan. Himoyaning shu kabi shakli yordamida yollanma qishloq ishchilariga maʼlum eng qisqa muddatgacha kun ko‘rib turishlari uchun pulli moddiy yordam yoki non berib turilgan. Shuni alohida taʼkilab o‘tish kerakki, G‘arbiy Yevropada aholining muhtoj qatlamiga yordam berish borasidagi tizimda uzoq yillar davomida asosiy rolni davlat emas, balki mahalliy hokimiyatlar va qishloq boshqaruv idoralari o‘ynagan. Shahar (yoki qishloq) idorasining o‘z kamabag‘allari uchun javobgarligi tamoyili yetakchi tamoyil hisoblangan. Bunda shaharlar (o‘z o‘zini idora qiluvchi shahar boshqarmalari, sexlar va savdogarlar uyushmalari)ning kambag‘allarni himoya qilish borasidagi faoliyati tizimli xarakterga ega bo‘lgan. XVII-XIX asrlarda ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida «Kambag‘allar to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi ularga ijtimoiy himoyaning dastlabki tashkiliy-huquqiy ko‘rinishini, yaʼni ijtimoiy yordam (yoki uni ilgari ijtimoiy panoh deb atashgan)ni shakllantirishga zamin yaratib berdi. Muhtojlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni moliyalashtirish va taqsimlash mexanizmi hududiy tamoyil negizida aholining turli xil o‘ziga to‘q qatlamlari ishtirokida mablag‘larni yig‘ish hamda taqsimlash asosida amalga oshirilgan. Bunda aholining ijtimoiy himoyasini moliyalashtirishda markaziy hukumatning ishtiroki amalda kuzatilmagan. Davlat xarajatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular XVIII asrning oxirgigacha davlatni tashqi xavflardan himoyalashni taʼminlashga, yaʼni armiyani va askarlarni taʼminlash, shuningdek mamlakatdagi ichki tartibni nazorat qilish kabilarga sarflangan. Davlat xarajatlarining miqdori unchalik ko‘p emas. Masalan: «Angliya, Avstriya, Ispaniya va Fransiya tomonidan XVIII asr o‘rtalarida harbiy harakatlar olib borilayotgan vaqtlarda davlat budjeti hajmi YAIM hajmining 6-10 foizini tashkil etardi. Boshqa Yevropa davlatlarida esa davlat budjeti hajmining ko‘rsatkichi yana ham past bo‘lib, YAIM hajmining 3-4 foizidan oshmagan»12. Shu tariqa, agrar jamiyatda (XVIII asr boshlarigacha, Rossiyada esa XX asr boshlarigacha) aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy shakllari bo‘lib quyidagilar xizmat qilgan: oilaviy yordamlar; o‘zaro yordamlarning jamoaviy va sexlarga xos shakllari; monastrlar qoshidagi kasalxonalar va mehr-shafqat uylarini o‘z ichiga olgan cherkov hayriya ishlari; xususiy hayriya ishlari; savdogarlarni mulkiy va shaxsiy sug‘urta qilish elementlari; sobiq jangchilar va baʼzi imtiyozlarga ega bo‘lgan aholi toifalariga davlat tomonidan beriladigan yengilliklar; davlat xizmatchilariga beriladigan ijtimoiy yordamlarning shahar yoki qishloq boshqarmalariga tegishli shakllari. XIV asrdan boshlab Shimoliy Italiya, Niderlandiya va Angliyaning rivojlangan shaharlari aholsi, XV asrdan boshlab aholining o‘ziga to‘q boshqa qatlamlari o‘z moddiy taʼminotini yaxshilash maqsadida bank omonatlaridan, XVII asrdan boshlab esa shaxsiy sug‘urtalashdan faol foydalana boshladi. Shaxsiy sug‘urtaning faol tatbiq etilishiga baʼzi bir kredit institutlari, avvalo, annuitetlar katta taʼsir o‘tkazadi. Annuitetlar kapitallashtirilgan mablag‘lar uchun joriy etilgan bir vaqtda to‘lanadigan badallar hisobidan har yili to‘lanadigan rentalarning majburiyligini o‘zida ifodalagan. XIV-XV asrlarda allaqachon maʼlum bo‘lgan va XVI asrda annuitetlar dastlab monastrlar uchun keng tarqalgan, keyinchalik esa shaharlar uchun ham, davlat hokimiyati uchun ham ularning moliyasini mustahkamlovchi, moliyaviy resurslarga diqqatni qaratuvchi muhim vosita hisoblangan. Bu polislar tez-tez moddiy muvaffaqiyatlar vaqtida olingan kapitalni keksalik vaqtida kishi olishi mumkin bo‘lgan muntazam daromadga aylantirish uchun olingan. «Annuitet – vaqti-vaqti bilan investorga muayyan daromad keltirib turadigan investitsiyalar. Pul oqimlarini ifodalashda annuitet tushunchasi qo‘llaniladi. Annuitet (inglizchadan tarjimasi – har yillik to‘lov) bir xil davr mobaynida bir xil foiz stavka asosida bir xil to‘lovlarning yoki pul oqimlarining kelib tushishini anglatadi»13. Xayotni sug‘urtalash metodologiyasi (uslubiyatini) shakllantirishda angliyalik Granta va Galleylarning ishlari katta rol o‘ynagan. Ular XVII asrning o‘rtalarida aholining o‘limi va yashash davomiyligini hisoblashning matematik va statistik usullarini, shuningdek o‘lim va yashash jadvalini taklif etishgan. Shu maqsadda o‘lim jadvalini tuzish orqali statistik baza shakllana boshlangan. Shuningdek, shaxsiy, keyinchalik ijtimoiy sug‘urtani tashkil etishda qo‘llaniladigan ehtimollar nazariyasi ham rivojlana bordi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Angliya, Fransiya va Germaniyada yollanma ishchilar uchun ularning xohishlari asosida o‘zaro yordam jamiyatlari (friendly societies) tashkil etila boshlangan. Ular kasalliklar, baxtsiz xodisalar, ishsizlik va keksalik vaqtida kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy risklarni hisobga olgan holda moliyaviy mablag‘larni ehtiyoj uchun saqlab qo‘yishning usul va choralarini ko‘rishni o‘z maqsadlari deb belgilagan. Bu kabi risklar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ularning moliyasi aslida oddiy jamg‘arma kassalarida saqlangan (nafaqa kassalari, keksalikda moliyaviy taʼminlovchi bir umrlik rentalar kassasi, kasallik yoki ishsizlik holatlari uchun yordam kassalari va h.k.). Ularning faoliyatida kam sonli omonatchilar ishtirok etsa-da, lekin ular shubhasiz ijobiy taʼsir ko‘rsatgan. Chunki ular o‘z kelajagiga shaxsiy javobgarlik madaniyatining shakllanishida asos va majburiy (ommaviy) bo‘lajak ijtimoiy sug‘urtalashning ilk belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling