Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.79 Mb.
bet15/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

Nazorat savollari
1.Sanaot sohasi negizida birinchi majburiy ijtimoiy sug‘urta qachon tashkil etilgan?
2.Ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning sog‘ligiga va mehnatga layoqatiga zarar yetishni qoplash ish beruvchilarning fuqaroviy huquqiy javobgarligi qpy holatda yuz beradi?
3.Nemis olimlari A.Vagner va G.Shmoller qaysi majburiy ijtimoiy sug‘urta qilishni taklif etadilar?
Test savollari
1.«Ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonunga kachon va kim tomonidan qabul qilingan?
A) 1884 yilda Germaniyada, Germaniya kansleri Otto Bismark tomonidan
B) 1890 yilda AQShda, Otto Bismark tomonidan
S) 1894 yilda AQShda, A.Smit tomonidan
2. Majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi nechanchi asrda Yevropa davlatlari va jahon hamjamiyatining aksariyat mamlakatlari foydalana boshladi.?
A) XX asrning 30-60 yillarida
B) XVII asrning 30-60 yillarida
S) XIX asrning 30-60 yillarida
3. Rossiyada nechanchi yildan boshlab fuqaroviy-huquqiy javobgarlik instituti faoliyat ko‘rsata boshlagan?
A) 1930 yildan
B) 1980 yildan
S) 2001 yildan
4. 1970-2000 yillarda «sotsialistik davlat» deb atalgan iqtisodiy rivojlangan davlatlar aholini ijtimoiy himoya qilish uchun YAIM hajmining necha foiziigacha moliyaviy mablag‘lar ajratilgan.?
A) YAIM hajmining 20-25 foiziigacha
B) YAIM hajmining6-10 foiziigacha
S) YAIM hajmining 30-35 foiziigacha
5. Sobiq Ittifoq davrida pensiya taʼminotiing katta qismi qanday moliyalashtirilgan?
A) davlat budjeti tomonidan
B) Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari tomonidan
S) Xususiy sektor tomonidan
Mustaqil taʼlim mavzulari:
1.Ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish
2.ijtimoiy sug‘urta institutlarini tashkil qilishning g‘oyasi va konseptual modeli
3.Yevropa Ittifoqi davlatlarida olib borilayotgan davlat ijtimoiy siyosat
4.Ijtimoiy himoyani sug‘urtalashga oid mexanizmlar
Xulosa
Yevropa Ittifoqi davlatlarida olib borilayotgan davlat ijtimoiy siyosatining negizi bo‘lib xizmat qilayotgan davlat ijtimoiy himoyasining asosini ikkita muhim institut tashkil etadi: ijtimoiy sug‘urta va davlat ijtimoiy taʼminoti. Ular yordamida YAIM umumiy qiymatining 30 foizidan ko‘p miqdoriga moliyaviy resurslar shakllanadi. Bunda Yevropa Ittifoqning ko‘pchilik davlatlarida (Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya) ijtimoiy sug‘urta ulushiga ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablag‘ning 60-70 foizi to‘g‘ri keladi. Skandinaviya mamlakatlari va Buyuk Britaniyada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini davlat budjeti tomonidan moliyalashga sarflanadigan mablag‘ va aholini ijtimoiy himoyalashga sarflanadigan mablag‘ bilan deyarli teng. Rossiyada esa ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 45 foizi ijtimoiy sug‘urtalashga sarflanadi.
Ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘lar quyidagi asosiy ijtimoiy risklar taʼsirini pasaytirish uchun yo‘naltiriladi: kasalliklar, nogironlik, keksalik, oila boquvchisining o‘limi, homiladorlik, bola parvarishi, ishsizlik, katta yosh guruhlaridagi kasal va keksa kishilarni qo‘llab-quvvatlash. Bu kabi maqsadlar uchun Yevropa Ittifoq davlatlarida YAIM hajmining 27,5 foizi sarflanadi. Bunda ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablag‘larning 2/3 qismi – bu nafaqalar va sog‘likni saqlash ishlari uchun sarflanadigan mablag‘lardir.
Ijtimoiy himoyani sug‘urtalashga oid mexanizmlar yordamida tashkil etilgan, yollanma ishchi va ularni oila aʼzolarini ijtimoiy risklarning moddiy zararlaridan himoya qiluvchi asosiy institut deb atash mumkin. U bir qator mexanizmlar va qoidalar birikmasidan iborat: rivojlangan va qonuniy boshqarilib turiladigan ijtimoiy mehnat va sug‘urta munosabatlaridan; sug‘urtalashga zarurat tug‘ilganda joriy etilgan sug‘urta badallaridan; ijtimoiy rikslarning barcha sug‘urtalagan shaxslar o‘rtasida taqsimlanishiga; qiymati kafolatlangan sug‘urta to‘lovlarini to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish. Bu mexanizm va qoidalarning ahamiyati juda muhim, chunki ular yordamida industrial jamiyatda mehnatkashlar va ular oilalarining ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi. Bundan tashqari, ular jamiyatdagi mehnat va ijtimoiy munosabatlarga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, ish beruvchi va ishchilar o‘rtasidagi munosabatni uyg‘unlashtiradi, mehnat qilish va bir tekis doimiy oylik maosh bilan taʼminlash jarayonining uzluksiziligini taʼminlaydi.
Sodir bo‘lishi kutilayotgan ijtimoiy risklarga kompensatsiyalar to‘lash va ularni sug‘urtalangan shaxslar o‘rtasida taqsimlash ijtimoiy himoyaning iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlarining mazmun-mohiyati hisoblanadi. Ishchi o‘zining mehnatga layoqatini yoki ish o‘rnini yo‘qotgan hollarda iqtisodiy mehnat va sug‘urta munosabatlarining muhim asosi bo‘lmish daromadni yo‘qotishda beriladigan kompensatsiyalar hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarni to‘plash sug‘urta institutlariga majburiy huquqiy xarakter beruvchi qonunlar orqali taʼminlanadi. Mazkur qonunlar aholiga davlat tomonidan kafolatlangan zarur sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish vaqtida sug‘urta institutlariga moddiy taʼminot va boshqaruv masalasida katta umid beradi.
Sug‘urta to‘lovlari: ishchilarning joriy ish haqi miqdorini eʼtiborga olgan holda hisoblab chiqiladi; ishchilarning o‘z ishlab topgan mablag‘lari hisobiga to‘ldirilib turiladi; faqat mehnat qilish layoqatini yo‘qotishdagi ochiq oydin ko‘rinib turgan hollarda to‘lanadi (kasallik holati va nogironlik tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlanadi, keksalik nafaqasiga chiqish yoshi qonunchilik meʼyorlari asosida aniqlanadi); vaziyatga qarab oqilona taqsimlanadi – ishlashni boshlash va yakunlash muddatiga qaraladi, ishsizlikda, keksalikda to‘lanadi (sog‘lom odamga ham, kasal va nogironga ham vaziyatga qarab to‘lanadi); ishchilar (ularning joriy oylik maoshidan) va ish beruvchilar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu holat ijtimoiy subʼektlar o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtiradi, ishchilar joriy daromadini noqonuniy ravishda pasaytirishga to‘sqinlik qiladi, sug‘urta to‘lovlarining foydalilik va kafolatlanganlik darajasini oshiradi.
Sug‘urta badallarining miqdori ijtimoiy himoyaning qabul qilingan standartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bu standartlar, nafaqat, sug‘urtalangan shaxslarning, balki ular oila aʼzolarining ham ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kiritilgan, yaʼni aholining ish bilan taʼminlanishi jarayoni ham hisobga olingan. Mehnat qilish layoqatini vaqtinchalik va qisman yo‘qotish holatini sug‘urtalash tufayli fuqarolarga faol mehnat qilish faoliyatiga yana qaytishlari uchun sharoitlar yaratiladi, ularning kasallik davrlarida farzandlarini parvarish qilish choralari ham ko‘riladi.
Daromadlarni qayta taqsimlash jarayoni turli yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: bitta ijtimoiy tuzilma tomonidan taʼminlanib turilgan, daromadiga ko‘ra bitta guruhga tegishli bo‘lgan ishilar o‘rtasida «gorizontal» yo‘nalishda amalga oshirildi; katta miqdorda oylik maoshi oluvchilardan past darajada oylik maoshi oluvchi sug‘urtalanuvchilar tomon amalga oshiriladi, yaʼni o‘tmishda kam oylik olgan ishchilar endilikda katta miqdorda oylik oluvchi ishchilar bilan teng miqdorda nafaqa ola boshlaydilar. Bunda u yoki bu ishchilar toifalari bir xil protsent stavkasida sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiradilar. Tibbiy sug‘urta tizimlarida daromadlarni «vertikal» ravishda qayta taqsimlash jarayoni ham shu tarzda amalga oshiriladi. Daromadlarni «vertikal» ravishda qayta taqsimlash mexanizmi yordamida moddiy resurslarni turli kasblar, hududlar, shaharlar va qishloqlar o‘rtasida bahamjihat holda qayta taqsimlashga erishiladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling