Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Mustaqil taʼlim mavzulari
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB . PENSIYA SUG‘URTASI 4.1-§. Pensiya sug‘urtasining tarixi, predmeti va kategoriyalari
Mustaqil taʼlim mavzulari:
1.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashning normativ-huquqiy asoslari. 2.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashda sug‘urta badallari. 3.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashda o‘rtacha ish haqini hisobga olish. IV BOB. PENSIYA SUG‘URTASI 4.1-§. Pensiya sug‘urtasining tarixi, predmeti va kategoriyalari Eramizdan avvalgi I asrda qadimgi Rimda birinchi marta harbiy xizmatni o‘tay olmaydigan keksa yoshdagilarga va janglarda jarohat olgan harbiylarga «pensiyalar – muntazam to‘lovlar joriy etilgan. Ko‘plab manbalarda pensiyalar Yuliy Sezar tomonidan harbiylar uchun o‘ylab topilganligi qayd etilgan »70. «VII asrda Xalifa Umar tomonidan pensiyalar Islomning beshta ustunidan biri bo‘lgan zakot (xayriya) shaklida joriy qilingan»71. Bunda hukumat xazinasiga yig‘ilgan soliqlar (zakot, juzya) hisobidan muhtojlarga, shu jumladan, kambag‘allarga, qariyalarga, yetimlarga, beva ayollarga va nogironlarga moddiy yordam berilgan. Fransiyada 1673 yilda harbiy-dengiz floti ofitserlari uchun pensiya taʼminoti joriy qilingan. 1790 yildagi «Buyuk fransuz inqilobi» davrida Davlat xizmatchilari uchun fuqarolik pensiyasi haqidagi qonun qabul qilindi. U 30 yil mehnat qilgan va 50 yoshga to‘lganlar uchun mo‘ljallangan edi. Fransiya pensiya tizimi birdamlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bunda pensiya to‘lovlari iqtisodiy faol aholining ijtimoiy to‘lovlari hisobidan shakllantiriluvchi daromadlar hisobiga amalga oshiriladi. Pensiya taʼminotini boshqarish davlat nazorati asosida Kasaba uyushmalari va assotsiatsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Pensiya badallari ish beruvchilar va ishlovchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Erkin kasb egalari, jumladan, kichik tadbirkorlik subʼektlarining, dehqonlarning Pensiya fondiga to‘laydigan har oylik to‘lovlari miqdori ish haqining 16,35 foizni tashkil qiladi. Fransiyada pensiyalar o‘rtacha ish haqining 50 foizini tashkil qiladi va bunda so‘nggi 11 yillik mehnat staji hisobga olinadi. Biroq, Fransiyada minimal va maksimal davlat pensiyasi amal qiladi. Bugungi kunda minimal davlat pensiyasi taxminan yiliga 6 ming yevroni tashkil qiladi, maksimal davlat pensiyasi miqdori esa bundan 2 barobarga ko‘p. Pensiyaga chiqishning minimal yoshi 60 yilni tashkil qiladi. Agar fuqaro 41 yil ishlagan bo‘lsa, u to‘liq miqdorda pensiya oladi. Agar mehnat staji kam bo‘lsa, pensiya miqdori 1,25 foizga kamayadi. Agarda fuqaro 65 yoshida munosib tarzda pensiyaga chiqadigan bo‘lsa, u holda u qachon mehnat faoliyatini boshlaganidan qatʼiy nazar o‘z pensiyasini to‘liq oladi. Fransiya Qariyalar ishlari bo‘yicha vaziri Mishel Delone mamlakatda 60 yoshdan oshganlar umumiy aholi ulushida 23,4 foizni tashkil etayotganini taʼkidlar ekan, keksalarni ishlab chiqarishga faol jalb qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Ular istiqbolda, nafaqat, davlat xizmatlari uchun, balki, ko‘plab kompaniyalar uchun ham bag‘oyat foydali shaxslarga aylanishlari mumkinligini alohida qayd etadi. «Rossiyada pensiya qonunchiligi Nikolay I davrida (1825-1885-yy.) qabul qilingan bo‘lib, shu asosda pensiyalar 25 yil xizmat qilgan ofitserlarga va harbiy xizmatchilarga to‘langan»72. Buyuk Britaniya pensiya tizimi dunyodagi eng qadimiylaridan biri bo‘lib, ommaviy va universal pensiya taʼminoti 1908 yilda joriy qilingan. Mazkur tizim tashkil etish, tartibga solish va imkoniyatlar tanlovi bo‘yicha bir muncha murakkab hisoblanadi. Buyuk Britaniyalik pensionerlar oylik maoshi va ish stajidan kelib chiqib, davlatdan bazaviy pensiyani ham, milliy sug‘urta tizimidan mehnat pensiyasini ham olishi mumkin. Davlatning bazaviy pensiyasini 65 yoshdan oshgan erkaklar va 60 yoshdan oshgan ayollar olishadi, uning miqdori ish stajiga bog‘liq bo‘ladi. Pensiyaning miqdori cheklangan va inflyasiyadan kelib chiqib, davlat tomonidan indeksatsiya qilinadi. Ishchi-xodimning o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida davlat tomonidan kafolatlanadi. Mehnat pensiyasi ham ishchi-xodimning badallari hisobiga shakllantiriladi, biroq, bunda ish beruvchi bilan teng ikkiga bo‘linadi. Mehnat pensiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar miqdoriga bog‘liq bo‘lib, daromadning 20 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada xususiy pensiyalarni jamg‘arishning turli-tuman usullari – korxonada korporativ dasturlardan tortib, to nodavlat pensiya fondlariga ixtiyoriy tarzda pensiya jamg‘arishning rivojlangan tizimi ham – mavjud. Daniyada 1891 yilda va Yangi Zellandiyada 1989 yilda kambag‘allarga maqsadli yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan pensiya tizimi shakllangan va bu tizimni moliyalashtirish soliq tushumlari hisobidan amalga oshirilgan. Avstraliyada dastlabki davlat pensiyalari keksa fuqarolarga 1908 yilda to‘langan. «Pensiya taʼminoti tizimi Italiyada 1919 yilda, Kanadada 1927 yilda, AQShda 1935 yilda joriy qilingan»73. Yaponiyada esa 1941 yil, yaʼni Ikkinchi jahon urushi davrida shakllangan. «Birinchi marta umumiy pensiya sug‘urtasi qonuniy jihatdan Shvetsiyada 1913 yilda joriy qilingan»74. Biroq, qonun bilan belgilangan pensiya to‘lovlari miqdori o‘sha davrda ahamiyatli bo‘lsa-da, kambag‘allikdan holi bo‘lish imkonini bermagan va qariyalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning davlat tizimini yaratish zarurligini ko‘rsatgan. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining aksariyati o‘z pensiya sug‘urtasi tizimini Germaniya modeli asosida shakllantirdi. Angliya-Sakson (AQShdan tashqari) va Shimoliy Yevropa davlatlari pensiya tizimini shakllantirishda Daniya va Yangi Zellandiya modellaridan foydalanishdi. Pensiya tizimining ushbu ikki turi turli vazifalarni bajarishgan. «Pensiya tizimining Germaniya modeli ishchining pensiyaga chiqqanidan so‘ng uning ijtimoiy maqomini saqlab qolishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, Angliyada joriy qilingan Daniya modeli esa kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgandir»75. Shuni alohida qayd etish zarurki, pensiyalar qadimiy tarixga ega bo‘lib, avvalo, harbiylarga berilgan. Xalifa Umar davrida barcha qatlamni, avvalo, muhtojlarni nafaqa tayinlash orqali ijimoiy muhofaza qilish amaliyoti birinchi bo‘lib keng joriy etilgan. Hozirgi ijtimoiy himoyalanganlik, kam taminlanganlarni keng ko‘lamda davlat tomonidan adolatli moddiy, moliyaviy taminlash tizimi va mexanizmini, aynan, uning sof insonparvarlik g‘oyasi, amalda qo‘llagan ijtimoiy siyosati, ilk boshlab bergan samarali, halqchil islohoti mevasi, samarasi, deyish mumkin. Pensiya tizimi tarixi va taraqqiyotining dastlabki bosqichi XVIII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi va «birinchi marta ijimoiy sug‘urtaga asoslangan davlat pensiya taʼminoti tizimi Germaniyada Otto fon Bismark tomonidan 1889 yilda joriy qilingan»76. Diqqatga sazovor jihati shundaki, O.Bismarkning pensiya islohotlari va g‘oyalari sabab, ijtimoiy himoya tizimi va ijtimoiy sug‘urta taraqqiyotiga zamin yaratilgan, ushbu modelda mehnat va pensiya sug‘urtasi tadbirlari nisbatan puxta ishlab chiqilgan va boshqa mamlakatlar ushbu modelni o‘z amaliyotida qo‘llay boshlagan hamda kelgusidagi pensiya islohotlari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. O.Bismark tomonidan yaratilgan pensiya modeli77 (Bismark modeli – pay-as-you-go) «avlodlar birdamligi”ga asoslangan «taqsimlanuvchi” pensiya tizimini nazarda tutadi, bunda hozirgi pensionerlarning pensiyasi hozirgi ishlayotgan avlod tomonidan to‘lanadi. Bugungi kunda ishlayotgan fuqarolar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy to‘lovlar miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, keyinchalik ular tomonidan to‘langan to‘lovlarga mutanosib ravishda pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi. Germaniya fuqarolari tomonidan Pensiya fondiga to‘lanadigan har oylik to‘lovning o‘rtacha miqdori ular ish haqining 20 foizini tashkil qiladi, uning teng yarmini ish beruvchi to‘laydi. Fuqaro harbiy xizmatni o‘tayotgan vaqtida yoki ayollarning dekret taʼtili davomida to‘lovlar davlat hisobidan amalga oshiriladi. Pensiya hisob-kitoblari individual koeffitsiyentlar asosida (butun mehnat faoliyatida) amalga oshiriladi. U pensiyaga chiqish yoshiga, mehnat stajiga, ish haqi miqdoriga va pensiyaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Germaniyada ishlovchilarning ko‘pchiligi nodavlat pensiya fondlarida ishtirok etishadi va xususiy pensiya rejalariga ega bo‘ladi. Ushbu model demografik omillarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrlarda jami aholi tarkibida keksalar soni katta ulushga ega bo‘lmagan va davlat tomonidan ularni pensiya bilan taʼminlashda moliyaviy muammolar ham yuzaga kelmagan. Angliyalik iqtisodchi, 1942 yilda Buyuk Britaniyada ijtimoiy sug‘urta tizimining asoslarini yaratgan U.Beveridj tomonidan yaratilgan model esa ijtimoiy sohada davlatning rolini kuchaytirish zarurligini nazarda tutadi. Uning fikriga ko‘ra, oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar (yordam) va milliy sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari davlat budjeti hisobidan, ijtimoiy himoyaning boshqa xarajat (tadbirlari)lari ish beruvchilar va ishchilar hamda davlat subsidiyalari hisobidan amalga oshirilishi kerak. Beveridj modelining o‘ziga xos xususiyati: davlat – barcha aholining ijtimoiy himoyasini kafolatlashi; ish beruvchi – yollanma ishchilarning ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirishi; ishchi – qo‘shimcha shaxsiy sug‘urtalashni amalga oshirishi zarur. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling