Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-§. «Covid-19» pandemiyasining jahon pensiya tizimiga taʼsiri


Download 0.79 Mb.
bet42/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

4.3-§. «Covid-19» pandemiyasining jahon pensiya tizimiga taʼsiri


Covid-19 pandemiyasi va unga bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotga yalpi milliy mahsulotning (YAMM) qisqarishi, aksiyalarning narxi shok holatida bщlishi, ishsizlikning o‘sishi, firmalar faoliyatining tugatilishi, foiz stavkalarining pasayishi, davlat soliq tushumlarining pasayishi, davlat xarajatlarining ko‘payishi kabi salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Shuningdek, Covid-19 dunyo miqyosida yuz minglab insonlar o‘limiga olib keldi, bu o‘z navbatida pensiya taʼminoti va sug‘urta badali to‘lovchilariga taʼsir qildi.
Pandemiyaning pensiya dasturlariga taʼsiri. Maʼlumki, pensiya dasturlarining 3 turi mavjud bo‘lib, bular94:
1. Belgilangan daromad (BD).
2. Belgilangan ajratma (BA).
3. Gibrid dasturi.
Belgilangan daromad dasturi, odatda, ish beruvchi (homiy) tomonidan taklif qilinadi va hodimning o‘rtacha oyligi va ishlagan yil (staj)ini hisobga olgan holda pensiya to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Ish beruvchi ham, hodim ham ish haqining foizini tashkil etadigan badalga o‘z xissalarini qo‘shadilar. Keyinchalik bu mablag‘ belgilangan daromad vada qilingan pensiyalarni naqd pul bilan taʼminlash uchun sarmoya qilinadi. Misol sifatida quyidagi formulani keltirish mumkin:
Oylik pensiya= k*Uaʼzo yillar soni*Xo‘rtacha oylik maosh
Bu yerda k-maxsus koefitsiyent bo‘lib, aksionerlar tomonidan hisoblab chiqiladi va bu ko‘rsatkis pensionerning pensiyasi maoshining kamida 40 foizini tashkil etishni taʼminlaydi.
Har yili (Buyuk Britaniyada har uch yilda) vada qilingan pensiyalarni dastur bo‘yicha taqqoslaganda belgilangan daromad aktuar bahosidan o‘tadi. Bu o‘z navbatida pensiya majburiyati ish beruvchining asosiy javobgarligi bo‘lishiga qaramay, har ikki tomonga ish beruvchi va hodimning badal stavkalarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Belgilangan ajratma dasturida ajratmalar har bir aʼzo uchun individual tarzda amalga oshiriladi. Ajratmalar investitsiya qilinib, investitsiyadan kelgan pullar individual tarzda hisob-raqamda kreditlanadi. Xodimlar odatda o‘zlarining pul mablag‘larini qanday qilib sarmoya kiritishni tanlashlari mumkin (aksariyati bu imkoniyatdan foydalanmaydi), pensiyaga chiqish vaqti kelganda esa qay shaklda olishni o‘zlari hal qilishlari mumkin: mulk sotib olish, naqd ko‘rinishda olish yoki investitsiya kiritib, foydasini olish kabilar. Ushbu dasturdan AQShda keng foydalaniladi.
Gibrid dastur belgilangan daromad dasturi asosida aksiyadorlar maslahati bilan belgilangan ajratma ko‘rinishida aniq bir hisob-raqamiga to‘lab boriladi.
4.2-jadvalda belgilangan daromad va belgilangan ajratma dasturlarining mamlakatlar o‘rtasidagi hisoblangan majburiyatlarining nisbiy ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin. Jadval maʼlumotlaridan, Yaponiya, Kanada, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada belgilangan daromad pensiya sxemasi, AQSH va Avstraliyada belgilangan ajratma pensiya dasturi shakllanganligini ko‘rish mumkin. Keltirilgan mamlakatlar orasida 2019 yildagi umumiy foydaning yuqori ko‘rsatkichi AQSH hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
4. 2-jadval

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling