Ишланма мавзу
Download 31.1 Kb.
|
Ertak terapiya ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu maqola zamonaviy psixologiyada bola bilan ishlashda keng foydalaniladigan psixokorreksion metod – ertak terapiyasi haqida.
- The article is about psycho-correctional method fairy-tale therapy which is used widely to train with the children in contemporary psychology.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- O’quvchi yoshlar o’rtasida suisid holatlarning oldini olish.
- Foydalanilgan adabiyotlar
1-Республика психологлар конференцияси учун тақдим этилган ИШЛАНМА МАВЗУ: Эртак терапия орқали болага таъсир этиш усуллари МУАЛЛИФ: Жалгасбаева Айнура, Хоразм вилояти Гурлан тумани, 25-мактаб амалиётчи психологи. Ushbu maqola zamonaviy psixologiyada bola bilan ishlashda keng foydalaniladigan psixokorreksion metod – ertak terapiyasi haqida. Это статья о психокорреционном методе который широко используется в современной психологии работа с детьми–о сказке терапие. The article is about psycho-correctional method fairy-tale therapy which is used widely to train with the children in contemporary psychology. Ertakterapiya bu bolani ertaklar orqali tarbiyalash va davolash metodidir. Ertakterapiya atrof-muhit bilan o’zaro munosabatni mukammallashtirish hamda emotsionalbuzilishlarni to’g’rilashda foylaniladigan usuldir. Ertaklar bolaga umid beradi. Bola qanchalik Yangi yil kechasi sovg’a olib keladigan Qorboboga ishonsa, u shunchalik hayotga optimist ko’z bilan qaraydi.Ertaklar orqali biz bolani tarbilaymiz,uningichki dunyosini boyitamiz,qalbini davolaymiz,hayot haqida bilib beramiz,xayolini o’stiramiz. Haqiqiy ertakning asosiy belgisi bu - uning yaxshilik bilan tugashidir.Bu bolaga psixologik himoyalanganlik tuyg’usini beradi.Ertaklarda nimaiki sodir bo’lmasin,yaxshilik bilan yakun topadi,ertak qahramonlarining boshiga tushgan barcha sinovlar ularni yanada kuchli va aqlli qiladi.Boshqa tomondan, bola yomon xatti-harakatlarni amalga oshirgan qahramonlarning, albatta, qilmishlariga yarasha jazo olishlarini ko’radi.Barcha sinovlardan mufaqqiyatli o’tgan,o’zining barcha ijobiy xislatlarini namoyon qilgan qahramonlarning esa albatta mukofotlanishiga amin bo’ladi.Ana shunda hayotning asosiy qonuni yaqqol ko’rinadi: Sen hayotga qanday munosabatda bo’lsang, u ham senga shunday javob qaytaradi. Korney Ivanovich Chikovskiy shunday yozgan edi: ,, Menimcha ertakning maqsadi bolada birovning g’am-tashvishi uchun qayg’urish, o’zganing shodligi uchun xursand bo’lish,begona insonning taqdirini xuddi o’ziniki kabi boshdan o’tkazish kabi insoniylikni qanday bo’lmasin tarbiyalashdan iboratdir’’. E’tibor bering-a, bu yerda ikki insonning o’zaro bir-birini tushunishi,bir-biriga g’amxo’rlik qilishi haqida gap bormoqda. Ertaklarga o’z ijodida jahon psixologlaridan E.Fromm,E.Bern,E.Gordner, I.V.Vajkov,M.Osorina,E.Lisina kabi psixologlar murojaat qilganlar. Ertaklardan bolalar adolat va adolatsizlik haqida o’zlarining ilk tasavvuriga ega bo’ladilar. Ertak bolaning murakkab hayotiy muammolarini hal qilish usullarini ongida saqlab qolishga va qayg’urishgamajbur qiladi.Bunda hayotga qarama-qarshi kuchlarning to’qnash kelishi va ularni hal qilish borasidagi tajriba ortib boradi hamda ijodiy tasavvur rivojlanadi. Aynan xotira bilan uyg’ulashgan tasavvur bolaga hayotda shu kabi muammolarga duch kelganda qisqa vaqt ichida to’g’ri va samarali yechimni topishga imkon beradi.Ertak esa qahramonlarning xatt-harakatlarini misli ko’rilmagan holatlarda aks ettiruvchi, ammo bolaning xotirasi va ongiga eng asosiy, ba’zan esa ilojsizdek tuyulgan, qiyin holatlarning ham baribir yechimi bor, degan tushunchani singdiruvchi hayotning o’zidir.Hayotda boshi berk ko’chalar bo’lmaydi.Ko’pincha inson shunchaki, ulardan chiqib ketishga tayyor bo’lmaydi. Ertakterapiya bolaga nima beradi? 1.Ertakterapiya yordamida xayol,ijodiy tasavvur rivojlanadi,ko’ngil xotirjamligiga erishiladi. 2.Bola o’zgalar xatti-harakatlarini tahlil qilishni va bu bilimlarini o’z xatti-harakatlarida qo’llashni o’rganadi. 3.Guruhdagi muloqot orqali ishtirokchilar o’rtasida kommunikativ aloqa o’rnatiladi. 4.Ertakterapiya kattalarga ham o’z fobiya,qo’rquvlarini yengishga yordam beradi,ulardagi agressivlik va xavotirlikni kamaytiradi. Ertaklar orqali biz bola qalbidagi muammolarni ochishimiz va yechishimiz mumkin.Bunday ertaklar terapevtik ertaklar deb nomlanadi. Ko’pincha ertakalar kechqurun uyquga yotishdan oldin aytiladi,sababi bola bu paytda tinch bo’lib,bu aynan unga ta’sir o’tkazish uchun qulay paytdir. Shuning uchun kechqurun yaxshilik bilan tugaydigan pozitiv mazmunli ertaklar aytib berish kerak.Shuningdek, oila davrasida, kattalarning muhokamasi bilan tinglangan ertaklar muammoni hal qilishga,korreksiyalashga zamin yaratadi. Ertaklar bolani ulg’aytiradi.Birinchi navbatda ertakni bolaga bajonidil aytib bermoq lozim,shunda xalq ijodidan bola ko’proq narsa oladi. Ertak aytish jarayonida bola ruhan xotirjam, muhit tinch bo’lsa, samarasi yaxshi bo’ladi. Bolaga ertak aytib berayotib unga quyidagi savollarni berishingiz mumkin: 1.Bu ertak nima haqida? 2.Ertak qahramonlari qanday sifatlarga ega? Ular kimga o’xshaydilar? 3.Nega ertak qahramonlari bunday xatti-harakatlarni amalga oshiradilar? Bu nima uchun kerak? 4.Bosh personaj qiyin vaziyatlardan qanday chiqib ketadi? Buni uning o’zi uddalaydimi yoki unga bu ishda kimdir yordam beradimi? 5.Qahramonlarning xatti-harkatlari atrofdagilarga nima beradi – quvonchmi,qayg’umi? Qahramonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qanday? 6.Ertak, uning ayrim qismlari qanday tuyg’ularni uyg’otadi? Bolalar uchun ertaklar ularning xayolini,mantiqiy va obrazli tafakkurini rivojlantirib,nutqini o’stiradi. Ertaklar xavotirlikni yo’qotib,o’ziga ishonchni orttiradi.N.L.Kryajeva qizg’anchiq,egoist bolalarga - ,,Baliqchi va baliq’’haqidagi ertakni, qo’rqoq bolalarga - ,,Qo’rqoq quyonlar’’ haqidagi ertakni, ishonuvchanlariga ,,Buratinonaning sarguzashtlari’’ni, qaysar bolalarga ,,No’xat ustidagi malika’’ ertagini,tinib-tinchimas bolalarga esa ,,Etik kiygan mushuk”ertagini aytib berishni taklif qiladi. Xuddi shunday mazmundagi ertaklar o’zimizning o’zbek xalq ertaklari orasida ham uchraydi. ,,Zumrad va Qimmat’’ertagi bolalardagi erinchoqlik va dangasalikka, ,,Ur to’qmoq’’ ertagi yolg’onchilikka, ,,Susambil’’ ertagi noahillikka qarshi kurashadi.Bunday misollarni yana ko’plab keltirish mumkin.Barcha ertaklar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib,bola qalbiga ezgulik urug’ini sochadi. 1-1,5 yoshdagi bolalar uchun ertak mazmuni tushunarsiz bo’lishi mumkin,lekin ertakdagi ,,bobo’’, ,,buvi’’, ,,sichqoncha’’ kabi so’zlar biroz tanish bo’lib,bu ertakni bola uchun qiziqarli qiladi hamda uyqu oldidan aytib berish uni tinchlantiradi. 3yoshdan keyin bolada obrazli tafakkur shakllana boshlaydi,u endi tasavvur qila oladi.Ularga endi murakkabroq mazmundagi sehrli ertaklarni taklif qilish mumkin. Ota-onalarga maslahatlar: 1.Ota-onalar farzandiga ertakni o’qib emas,balki aytib bersalar maqsadga muofiqdir.Chunki bu ota-onaga dilbandining ertakga qanday munosabat bildirganligini kuzatish imkonini beradi. Qolaversa, ota-ona farzandi bilan birgalikda ertaklar olamiga sayr qiladi, bu esa bolaning unga yolg’iz sayohatidan ko’ra avzaldir. 2.Bolalar o’zgalar tomonidan tasvirlangan obrazlarni yaxshiroq qabul qilish qobiliyatiga ega.Shuning uchun farzandingizga ertak aytib berish chog’ida unda yozilgan barcha manzaralarni tasvirlab berishga harakat qiling. 3.Bolangizga ertakni o’zi tanlash imkonini bering.Agar u o’n martalab ,,Qizil qalpoqcha’’ haqida eshitishni xoxlasa,demak bu bekorga emas.Bu ertak uning ongi shakllanishiga nimadir bermoqda,unda qandaydir jarayon sodir bo’lmoqda. 4.Muhim bo’lgan yana bir qoida – bolaga ertaning chuqur ma’nosini tushuntirib bermaslik karak.Aks holda ertak o’ladi - o’z ahamiyatini yo’qotadi va undan hech qanday naf bo’lmaydi. 5.Xalq ertaklariga iloji boricha tuzatish va o’zgartirishlar kiritmaslik kerak,aynisa real hayot bilan bog’liq bo’lgan.Bu o’zgartirishlar bolaning ertaklar olamini qabul qilishida qiyinchilik tug’diradi. Ertakterapiyaning maqsadi va vazifasi bolalardagi agressivlik kayfiyatini yo’qotish, o’z-o’zini emotsional boshqarish va o’zgalar bilan ijobiy munosabatni rivojlantirishdir.Buning uchun ertakterapiya soddaligi va bolalarning ertakka bo’lgan qiziqishi tufayli ular uchun tushunarli bo’lgan ertak uslubi va bolalar bilan ishlash yo’llaridan foydalaniladi. Har bir bolabir yoki boshqa ertakni o’zicha tushunadi va qabul qiladi.Shuning uchun bir ertak unda kata ta’surot qoldiradi,boshqasi esa uning his-tuyg’ularini qo’zg’atmay, yonidan o’tib ketadi.Lekin bu ,, Hayotiy vaziyatlar daftarchasi yana bir katakchaga ko’paymadi’’ degani emas, u shunchaki bola bu kabi muammoga,masalan, kuyov va qaynona,kelin va qaynona o’rtasidagi tanlov muammosi,biror bir muhim va aziz narsasini yo’qotish yoki o’g’irlatish va hokazolarga duch kelmaguncha ta’sir kuchiga ega bo’lmaydi. Ertak nafaqat insonning ongiga, balki ongostiga ham ta’sir qiladi, ,,ajdodlar xotirasi’’ga yoki genetik xotiraga tayana olar ekan, syujetning murakkabligidan qo’rqish kerak emas. Xatti-harakatdagi emotsional salbiy o’zgarishlarni to’g’rilashga qaratilgan ertaklarda syujetni chuqur anglash emas,balki insonlarning o’zaro munosabatlarini, ularning ko’rsatgan qahramonliklarini, u yoki bu tanlovning natijasini, o’zining ma’lum bir vaziyatga shaxsiy munosabatini, o’zining shaxsiy xayoti bilan o’zaro aloqalarini voqea va qahramonliklari yordamida eshitayotgan,o’qiyotgan insonning qalbidadir. Buni hisobga olish zarur, zero ko’p holatlarda ota-onalar o’zlarining shaxsiy qo’rquvlarini bolaning qo’rquvi deb ta’kidlaydilar. Hayotiy qo’rquv kabi o’lim oldidagi qo’rquv ham nafaqat bolalarga, aksincha, bolalardan ko’ra,ko’proqota-onalarga xos bo’ladi. Shu bilan birga bu hayotda o’z o’rnini topmaslik qo’rquvi,turmush o’rtog’ini yo’qotish oldidagi qo’rquv, oilaning buzilishidan qo’rqish, ishda obro’-e’tiborga ega bo’lmaslikdan qo’rqishdir… Bu siz bilan bizning qo’rquvimiz, ularni bolalarimizniki deb hisoblash kerak emas. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki,bola xatti-harakatidagi emotsional buzilishlarni, albatta o’yinlar,o’yinchoqlar bolaning tasviriy faoliyati, musiqa, teatr va umuman aytganda san’at yordamida ham to’g’rilasa bo’ladi.Lekin, bolalar uchun eng tushunarli va sevimli usul bu – ertakdir.To’g’ri tanlangan ertak yordamida boladagi ko’plab muammolar – qo’rquv,injiqlik kabilarni yo’qotish, bolada qat’iyat va irodani shakllantiradi.Ertaklarni faqatgina psixologik terapiyadagina qo’llamay, balki oila davrasida muntazam qo’llash bolalik davridagi eng iliq hislarni bola xotirasida muhrlashga imkon beradi.Ertaklar bolaning muammolaridan kelib chiqqan holda tuzilishi,ertak terapiyasini o’tkazish mobaynida bolaning har bir xatti-harakatiga ahamiyat berib borilishi lozim.Bolaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ertakni qabul qilish darajasini muntazam kuzatib borish lozim.
1.Nishonova Z.T., Xodjaqulova D.I., Djumaboyeva M.B., Baykunusova G.Yu. ,,Kichik maktab yoshidagi bolalar xavotirlanish psixokorreksiyada ertak terapiyasidan foydalanish uslubiyati”, Toshkent, 2013 yil, 27- bet; 2.Стрелкова Л.П Уроки сказки. – М.: Педагогика, 1989, 53 ст; 3.Соколов Д.Ю. Сказки и сказкотерапия. – М.:Класс,1997, 94 ст; O’quvchi yoshlar o’rtasida suisid holatlarning oldini olish. 9-10 yoshda deyarli barcha bolalarda ,,o’limga qiziqish’’ paydo bo’ladi. Bola ulg’ayar ekan,o’z ustida eksperiment o’tkazib ko’rishi mumkin.Lekin o’smir ,,u yoqdan’’qaytmasligini anglamab yetmaydi. Suisid holatlar barcha zamonlarda ham bo’lgan.Lekin bizning zamonamizda bunday holatlar soni kundan-kunga o’sib bormoqda,ayniqsa,o’smir yoshdagi bolalar orasida. Nima uchun? Bunga kim aybdor? – degan savol tug’iladi.Mavjud statistik ma’lumotlar bu savolga javoban, 92% holatlarda o’smirlar orasidagi suisitlarga maktab va oila sabab bo’lishini ko’rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra,deyali barcha davlatlarda o’z joniga qasd qilish kasallik va baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko’z yumishdan keyin uchinchi o’rinda turadi.Kundalik statistikaga binoan,har yili milliondan ko’proq yer sayyorasi aholisi o’z hayotiga nuqta qo’yadi.Qiz bolalar orasida o’z joniga qasd qilish holatlari o’g’il bolalarga nisbatan 2,5 barobar ko’p uchraydi.O’limning yuqori formasiga qiziqishga 15 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan o’smirlarning 4,5% duchor bo’ladi.Bolalarning ota-onalari bilan yaxshi munosabatlari suisit holatlarni 1% ga kamaytirar ekan,aksincha oiladagi doimiy janjallar bu holatning 18% ga ko’payishiga sabab bo’lar ekan. Suisidal holatlarga sabab bo’luvchi omillar: 1.Tug’ma; 2.Individual-psixologik; 3.Orttirilgan; Tug’ma omillarga nasliy-psixik kasalliklar,psixik-asab kasalliklari,o’g’ir endogen kasalliklar,yaqin qarindoshlaridan birining o’z joniga qasd qilish holatlari kiradi. Individual-psixoligikomillarga xavotirlik,agressivlik,odamovilik,depressiya,o’z-o’zini past baholash,tashqi ko’rinishdan qoniqmaslik,yosh davrlari o’zgarishlarni og’ir qabul qilish,jamoaga moslashishdagi qiyinchiliklar,hayotda maqsad bo’lmaslik kabilar misol bo’la oladi. Orttirilgan omillarga oiladagi,maktabdagi,muloqat jarayonidagi va qiziqishlar doirasidagi yuzaga kelgan muammolar kiradi. Suisidal holatlarning belgilari quyidagilar: 1.O’z olamiga sho’ng’ish; 2.Qaysarlik; 3.Depressiya; 4.Agressivlik; 5.Ishtaha yo’qolishi; 6.Atrofdagilarga sovg’alar ulashish; 7.Psixologik jarohat olish; 8.Xulq-atvordagi o’zgarish; 9.Tahdid; 10.Oldindan faol tayyorgarlik ko’rish; 1.O’z olamiga sho’ng’ish. Ba’zan yolg’iz qolishni istash har bir inson uchun normal holat.Lekin,e’tiborli bo’ling,o’smirning yolg’iz qolish istagi uzoq va chuqur davom etsa, kechagi do’stlari va tanishlaridan o’zini olib qochsa bu xavfli. 2.Qaysarlik. Barchamiz vaqti-vaqti bilan qaysarlik qilamiz.Bu holat ob-havo, horg’inlik, sog’lik bilan bog’liq bo’lishi mumkin.Ammo o’smirning qaysarliklari har kun davom etsa hamda haddan tashqari bo’lib ketsa bu uning yaqinlarini ogoh bo’lishga chorlaydi. 3.Depressiya.Bu chuqur emotsional holat bo’lib,har bir insonda turlicha namoyon bo’ladi.Ba’zilar odamovi bo’lib qolishadi,ammo o’z hislarini shunchalik uddaburonlik bilan berkitishadiki,atrofdagilar buni uzoq vaqt sezishmaydi.Bunday vaqtda eng to’g’ri yo’l o’smir bilan ochiq va to’g’ri muloqat hisoblanadi. 4.Agressivlik.Ko’pincha o’z joniga qasd qilish moyilligi bor o’smir xulqida nafrat,g’azab,atrofdagilarga nisbatan bag’ritoshlik kabilar kuzatiladi.Bularning barchasi o’smirning atrofdagilar e’tiborini tortishga bo’lgan urininshi bo’ladi.Ammo bu ko’pincha teskari natija beradi.O’smirni tushunish o’rniga yaqinlari uni qoralashadi. 5.Ishtaha yo’qolishi.Ishtahaning yo’qolishi yoki aksincha ishtahaning haddan ortiq ko’payib ketishi ham o’smir o’y-xayollarining buzilayotganligini bildiradi va bu uning yaqinlari tomonidan xavf sifatida qaralishi kerak. 6.Atrofdagilarga sovg’alar ulashish. Ba’zi suitsit haqida o’ylab yurgan insonlar yaqinlariga,do’stlariga o’z buyumlarini tarqatishadi.Tajribalar bu holat baxtsizlikning sodir bo’lish belgilaridan biri ekanligini ko’rsatadi. 7.Psixologik jarohat olish.Har bir inson o’zining emotsional his-tuyg’ulariga ega.Yaqinlaridan ayrilish,uyidan mahrum bo’lish,o’zi moslashgan turmush tarzining o’zgarishi,jismoniy va moddiy yo’qotishlar bilan to’qnashish,notanish muhit kabilar ham o’smir uchun katta fojiya bo’lishi mumkin.Agar bunga yana ota-onasining ajrashishi,shaxsiy kelishmovchiliklar,yaqinlaridan birining o’limi yoki baxtsizligi kabilar ham qo’shilsa suisit holat haqida o’smirda fikr paydo bo’lishi mukin. 8.Xulq-atvordagi o’zgarishlar. O’smir xulq xulq-atvorining birdaniga va kutilmaganda o’zgarib qolishi uni jiddiy kuzatishga sabab bo’lishi mumkin.Agar jiddiy,kamgap inson birdaniga atrodagilarga hazil qiladigan,ko’p gapiradigan,ko’p kuladigan bo’lib qolsa,o’ylanishga keladi.Bunday o’zgarish o’smirning o’z yolg’izligidan qattiq siqilayotganliginiva buni niqob ostida yashirayotganligini bildiradi.Boshqa bir xavfli belgi energiyaning pasayishi, faolsizlikning kuchayishi, hayotga, muloqatga befarlik bo’lishi mumkin. 9.Tahdid.O’smir tomonidan hayotdan ketish haqida aytilagan har qanday ogohlantirish jiddiy qabul qilinishi kerak.Bu arzlar tayyorgarlik ko’rilayotgan suisit holatdan ogohlantirish sifatida qabul qilnishi kerak.Bunday holatlarda unga nisbatan qo’pollik,agressivlikka yo’l qo’ymaslik kerak.Aksincha, unga nisbatan sabrli bo’lishni,yordam taklif qilishni,mutaxassis bilan bamaslahat ish ko’rishni taqozozo etadi. 10.Oldindan faol tayyorgarlik ko’rish.Bunga quyidagilar kiradi:Zaharlovchi dorilar,jarohat yetkazuvchi buyumlarni yo’qotish,o’z joniga qasd qilishni yengil o’lim sifatida o’ylashiga yo’l qo’ymaslik,qabristonlarni ziyorat etishi, ,, u dunyo’’ to’g’risida suhbatlarni cheklash va hakozo. Suisid holatlarning oldini olish: 1.O’smirni jiddiy qabul qiling.Bunga yengil qarab bo’lmaydi,shuni unutmanki, u ,,bolalikning yuqori pog’onasida’’ va ,,Kattalikning quyi pog’onasida’’. 2.Tinglang. ,,Men seni eshitaman’’.Birdaniga o’smirni umumiy ,,Buni qilish yaramaydi’’,,,Hammasi unchalik ham yomon emas’’ kabi so’zlar bilan yupatishga urinmang. Savollar bering va uni diqqat bilan tinglang. Agar uning javoblari sizni qo’rquvga solsa,bu haqida ochiq-oydin ayting.Bunday o’smirlarga yordam berish yupatish kerak, lekin also yolg’ondan uni ,,hammasi joyida’’ ligiga ishontirishga urinish yaramaydi. 3.Xarakterini o’rganing.Uning muammolarini jiddiy qabul qilib,uning sizga ishonishi mumkinligini,unga yordam berishingizni bildiring.Shuningdek, bu vaziyatda unga yana kim yordam bera olishini ham biling.Agar bu mavzu bo’yicha yetarli ma’lumotga ega bo’lmasangiz,uni tegishli mutaxassis huziriga olib boring,ular bilan birgalikda ish ko’ring.Aks holda o’zingizning hurmatingizni yo’qotib qo’yishingiz mumkin.Vaziyat yumshab,masala oydinlashgach o’zingizning maslahatingizni berishingiz mumkin. 4.Savollar bering. ,,Go’yoki sen rostdan ham gapirayotgandeksan…’’, ,,Ko’pchilik odomlar o’z joniga qasd qilish haqida o’ylaganlar’’, ,,Sen qachondir bu haqida o’ylab ko’rganmisan?’’. Agar siz kutilgan javobni olsangiz unda aniqlikka o’ting. ,,To’pponcha? Sen uni qo’llab ko’rganmisan? Uni qayerdan olasan? Unda nima bo’ladi? Mo’ljalga noto’g’ri olsang nima bo’ladi? Unda seni kim topadi? Sen o’zingning dafn etilishing haqida o’ylab ko’rdingmi? Unga kimlar keladi? Aytilmagan,mavhum narsalarga siz oydinlik kiritishingiz kerak.O’smirga o’z o’y-fikrlari,his-tuyg’ulari haqida ochiq-oydin o’ylashiga yordam bering. 5.E’tiborli bo’ling. Har bir o’lim haqida hazil aralash aytilgan gap jiddiy qabul qilinishi kerak.O’smirlar ko’pincha jiddiy gapirganlarini inkor etishlari,suhbatdoshini chalg’itishga urinishlari mumkin.O’smirga uni jiddiy qabul qilishingizni ayting. 6.Muhokama qiling. Rejalar va muammolar haqida ochiq-oydin gaplashish xavotirlikni yo’qotadi. Bu mavzuda suhbatlashishdan qo’rqmang - ko’pchilik suisid haqida gaplashishda o’zini noqulay sezadi,bu mavzuda gaplashishdan qochishadi.Suhbatlar suisitga moyillik uyg'otmatdi,aksincha bu mavzudan qochish xaxfni oshiradi va suhbatdoshga nisbatan shubha uyg'otadi. Unga bosim o’tkazmang.Ammo uning taqdiriga befarq emasligingizni ko’rsating. 5.Hahotiga mazmun kiritishga va oldiga maqsad qo’yishiga yordam bering.Hayotda maqsad bo’lishi unga yo’nalish beradi,hayot mazmuni esa o’zingga nima kerakligini anglab yetishga,hayotiy o’z-o’zingni anglab yetishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Oilaviy muhit va bolalar// Qalqon-2006, №-1.-B.14-15 2.Шустов Д.У. Аутоагрессиия,суицид и алкоголизм. – М.: 2005-214с 3.Амбрумова А.Г. Диагностика суцидального поведения.-М,1980-48с. Download 31.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling