Ishlar ishlar tarkibi


Download 33.22 Kb.
bet2/4
Sana05.02.2023
Hajmi33.22 Kb.
#1167020
1   2   3   4
Bog'liq
KO

0‘tish joylarini planga olish
Uzunligi 100 m dan katta bo‘lgan ko‘priklarni loyihalash uchun tafsilotlar plani hamda yirik masshtabli plan tuziladi.
Tafsilotlar plani ko‘prikning bosh planini ishlab chi- qishda, boshqarish inshootlarining joylashish sxemasini tan- lashda, injener-geologik plan olishda asos b o iib xizmat qiladi. Bu plan qurilish ishlarini tashkil qilish va geodezik ishlar yuritish loyihasini tuzishda qo‘llaniladi.
Tafsilotlar plani o 'rtacha daryolar (eni 500 m gacha) uchun 1:5000 masshtabda, katta daryolar uchun esa 1:10000 masshtabda tuziladi. Plan olish taxeometrik usulda amalga oshiriladi.
Tafsilotlar planida asosan oqim tezligi va yo‘nalishiga ta’sir etuvchi tafsilotlar konturi va relef elementlari, daryo o ‘zani, daryoda mavjud bo‘lgan gidrotexnik va ko‘prik inshootlari, relefning tavsifli bo‘lgan elementlari, qirg‘oq va suv balandligi tasvirlanadi.
Katta daryolardagi o ‘tish joylarini planga olish, o ‘tish joyi to ‘g‘risidagi to ‘liq tasavvur beridagan aerofotogram m etrik usulda bajarilishi mumkin. Tog‘li hududlarda yerdan stereo- fotogrammetrik planga olish usuli qo‘llaniladi
Uchburchak qatorlari ko‘rinishidagi tarmoqlar plan olish uchun geodezik asos bo‘lib xizmat qiladi. Punktlar turli qirg‘oqlarda joylashgan bo‘lib, nuqtalar balandligi trigono­ metrik nivelirlash usulida uzatiladi.
0 ‘tish joyining batafsil plani ko‘prik inshootlarining ish­ chi chizmalarini va tarssaning ko‘prikka tutashish loyihasini ishlab chiqish uchun kerak bo‘ladi. Ko‘prik uzunligi 500 m gacha bo‘lganda plan masshtabi 1:1000, relef kesim balandligi 0,5 m, 500 m dan katta bo‘lganda esa 1: 2000 masshtabda, gorizontal kesim balandligi 1 m qilib qabul qilinadi.
Batafsil plan ko'prik inshootlarining ishchi loyihasi uchun topografik asos hisoblanadi, shuning uchun plan olish aniq­ ligi plan masshtabi talablariga mos kelishi kerak. Ochiq joylarda menzulaviy yoki taxeometrik plan olish usuli qo‘llaniladi. Plan olish asosi bo‘lib teodolit va nivelir yo‘llari xizmat qiladi.

Download 33.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling