Reja :
- To‘yinmagan uglevodorodlarga ta’rif.
- To‘yinmagan uglevodorodlarning nomlanishi va gomologik qatori .
- Etilen va uning gomologlarining olinishi.
- Fizik va kimyoviy xossalari.
- Ishlatilishi.
- Ta’rif. Tarkibi uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan bo‘lib, molekulasida uglerod atomlari o‘zaro bir yoki bir
nechta qo‘sh bog’ ( yoki uch bog’ ) bilan bog’langan
uglevodorodlarga to‘yinmagan uglevodorodlar deyiladi.
To‘yinmagan uglevodorodlar alkenlar ( molekulasida bitta qo‘sh bog’ bor), alkadienlar ( molekulasida ikkita qo‘sh bog’ bor ) va alkinlar ( molekulasida uch bog’ bor) ga bo‘linadi.
- Alkenlar ( Etilen qatori uglevodorodlari )
- Umumiy formulasi CnH2n bo‘lib ( n- uglerod atomlari soni ) molekulasida bitta qo‘sh bog’ bo‘lgan etilen qatori uglevodorodlari alkenlar yoki olefinlar deyiladi.
Formu-la
|
Struktura formula
|
Rasional formula
(-ilen)
|
Sistematik nomi
|
Izomer soni
|
С2Н4
|
СН2=CH2
|
etilen
(trivial )
|
eten
|
-
|
С3Н6
|
CH2=CH-CH3
|
metiletilen
|
propen
|
-
|
С4Н8
|
CH2=CH-CH2-CH3
CH3-CH=CH-CH3
CH2=C(CH3)CH3
|
etiletilen
диметилэтилен(buti len)
nosimmetrikdimetile
tilen (izobutilen
|
Buten -1
Buten -2
2- metilpropen
|
3
| - Izomeriyasi va nomlanishi. Etilen gomologik qatorining birinchi vakili uchun tarixiy nomi “ etilen “ so‘zi ishlatiladi. Ratsional nomenklantura bo‘yicha radikal nomiga “ etilen” so‘zi qo‘shilib aytiladi. Uglevodorodni etilenning xosilasi, ya’ni vodorod atomlari radikalga almashingan deb qaraladi. Sistematik nomenklantura bo‘yicha nomlashda alkanlar nomidagi -an qo‘shimchasi -en qo‘shimchasiga almashtiriladi. Qo‘sh bog’ zanjirning qaysi uchiga yaqin bo‘lsa, shu tomonidan uglerod atomlari nomerlanadi. Molekula tarmoqlangan bo‘lsa, dastlab radikal tutgan uglerod atomi nomeri, keyin radikal nomi, keyin uzun uglerod zanjiridagi uglevodorod nomi yoziladi. Aqliy xujum metodi .
Do'stlaringiz bilan baham: |